Zanjirlar va komponentlarning parametrlarini o‘lchashning raqamli usullari. Raqamli asboblarga turli o‘lchash prinsiplari asos qilib olingan. Qarshilikni dastlab unga proporsional kuchlanishga vaqtli-impulsli o‘zgartirish bilan o‘zgartirib olinadigan ko‘prik turidagi razryadli kodlashli asboblar eng ko‘p tarqalgan.
9.7-rasmda aktiv qarshiliklarni o‘lchash uchun raqamli ko‘prik sxemasi keltirilgan.
9.7-rasm.
Ko‘prikning CD diagonaliga o‘zgarmas kuchlanish manbayi ulangan. Muvozanatlangan ko‘prik uchun RxR2 = R1R3 munosabat o‘rinli, bu yerdan o‘lchanayotgan qarshilik Rx = R3R1/R2 bo‘ladi.
Ko‘prikning AB diagonaliga nol-organ ulangan bo‘lib, u R1 va R2 namuna qarshiliklarni avtomatik tanlash uchun signallar ishlab chiqaradi. Ulardan birinchisi (R1) o‘lchanayotgan qarshilik Rx ni o‘lchash chegaralarining avtomatik tanlanishini ta’minlaydi, ikkinchisi (R2) esa o‘lchanayotgan qarshilik Rx ni aniqlaydi. Namuna qarshiliklarni ulashning tanlangan ketma-ketligi kod bilan bog‘liq. Raqamli ko‘priklarda ko‘pincha 2421 koddan foydalaniladi, ya’ni dastlab 2 «vaznli», keyin 4 «vaznli», keyin 2 «vaznli» va nihoyat 1 «vaznli» namuna qarshilikni ulanadi. Yuqori dekadadan pastki dekadaga o‘tishda namuna rezistorlarning qarshiliklari 10 marta kamayadi (0,2–0,4–0,2–0,1 va keyin 0,02–0,04–0,02–0,01). Rx qarshilikni o‘lchash bosqichida R2 yelkaga vaqt davomida ketma-ket to‘rt guruh qarshiliklar ulanadi, bu bilan Rx qarshilikning 4 xonali sanog‘i olinishi ta’minlanadi.
Ko‘prik balansi nol-organ bilan fiksirlanadi (qayd qilinadi).
Raqamli ko‘prikning ish shakllari ketma-ketligi boshqarish bloki tomonidan ta’minlanadi. Bu blok yordamida avval zaruriy o‘lchash chegarasi (qarshilik R1) tanlanadi, keyin namuna qarshilik R2 ni tanlanadi va oxirgi taktda boshqarish blokidan deshifratorga signallar beriladi, deshifrator (R2 qarshiliklar bilan aniqlanadigan) o‘lchash axborotini o‘nli to‘rt razryadli kodga o‘zgartiradi. Bu bilan o‘lchanayotgan qarshilikning raqamli sanog‘ining olinishi ta’minlanadi.
Bayon qilingan o‘lchash prinsipi R, C va L ni o‘lchash uchun universal raqamli asboblarni yaratish imkonini beradi. Bunda asboblarning xatoliklari quyidagi asosiy tashkil etuvchilar bilan aniqlanadi: diskretlik xatoligi bilan va apparatura xatoligi (ko‘prik yelkalari rezistorlarining tayyorlanish aniqligi, ularning stabilligi, kommutatsiyalovchi bo‘g‘inlar sifati, nol-organ sezgirligi bo‘sag‘asining oxirgi qiymati hisobiga xatolik) bilan.
Sanoat o‘lchash apparaturasida aktiv qarshiliklarni raqamli o‘lchagichlar keng tarqalgan bo‘lib, ularda o‘lchanadigan kattalik unga proporsional kuchlanishga o‘zgartiriladi va bu kuchlanish keyin raqamli asbob bilan ulanadi. Boshqacha aytganda, bunday o‘lchagich qarshilik – kuchlanish o‘zgartirgichi va raqamli voltmetrlardan iborat bo‘ladi.
9.8-rasm.
O‘lchash prinsipi 9.8-a rasmda tushuntirilgan, bu yerda Unam – sxemaning stabil ta’minot manbasi, Rnam – namuna qarshilik. O‘lchanayotgan qarshilik Rx da ta’sir qilinayotgan kuchlanish bu qarshilikning qiymati haqidagi axborotni tashiydi. Biroq bu eng sodda hamda qarshilikni kuchlanishga chiziqli o‘zgartirish sodir bo‘lmaydi, chunki Rx ning o‘zgarishi bilan faqat undagi kuchlanish emas, balki Rnam, Rx bo‘lgich orqali oqayotgan umumiy tok Inam ham o‘zgaradi. Shu sababli o‘zgartirish funksiyasi
ux = (Rx/Rnam)Unam(1 + d)
nochiziqli bo‘ladi. Bu formulada d = –Rx/(Rnam + Rx) koeffitsiyent o‘zgartirish funksiyasining chiziqli qonundan og‘ish darajasini ko‘rsatadi. Qaralayotgan sxema o‘zgartirishning ancha katta nochiziqliligi uni raqamli asboblarda Rx ni amaliyotda qoniqarli aniqlik bilan o‘lchash uchun qo‘llanishga imkon bermaydi.
Voltmetr-ampermetr usuli bo‘yicha tuzilgan operatsion o‘zgartgichlar sxemalariga operatsion kuchaytirgichlardan foydalanib, bu kamchilikni Rx o‘zgarishda Ix tokning o‘zgarmasligini ta’minlash hisobiga amalda bartaraf etish mumkin. Keng tarqalgan bunday sxemalardan biri 9.8-b rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan qarshilik Rx operatsion kuchaytirgichning manfiy teskari aloqa zanjiriga ulanadi. Operatsion kuchaytirgichning kirish qarshiligi katta bo‘lish shartida bunday sxemaning uzatish koeffitsiyenti quyidagicha bo‘ladi:
(9.19)
Operatsion kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti K→∞ bo‘lganda (amalda K = 500...1000 bo‘lishi yetarlidir). 9.19) ushbu ko‘rinishda bo‘ladi:
(9.20)
Demak, Rnam va Unam o‘zgarmas bo‘lganida sxemaning chiqish kuchlanishi o‘lchanayotgan qarshilik Rx ga chiziqli bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilgan bu usul asosida yaratilgan asboblarning xatoligi Rnam ning xatoligi va Unam ning nostabilligiga bog‘liq bo‘lib, 1...2% chegaralarda yotadi.
9.9-rasm.
Vaqt-impulsli o‘zgartirishga asoslangan raqamli asboblarda o‘lchanayotgan parametr vaqt oralig‘iga o‘zgartiriladi va keyin diskret sanoq usuli bilan o‘lchanadi. Sig‘imni o‘lchash uchun bunday asbobning soddalashtirilgan sxemasi 9.9-rasmda tasvirlangan. Dastlab boshqaruvchi sxema kalit K ni ulaydi va Rnam, Cx zanjiriga Unam kuchlanish qo‘yiladi (Rnam – namuna qarshilik, Unam – stabil qarshilik). Bu bilan bir vaqtda boshqaruvchi sxema vaqt selektoirin ulaydi va sanagichka kvarsli generatordan impulslar kela boshlaydi. Unam kuchlanish ta’siri ostida kondensator Cx ning potensiali UCx = Unam[1 – exp(–tt/t)] qonun bo‘yicha o‘sadi, bu yerda t=RnamSx·t =t vaqtdan so‘ng, kondensator Cx dan nol-organga keladigan U’x=Unam[1 – exp(–1)=0,632Unam kuchlanish nol organning ikkinchi kirishiga R1, R2 bo‘lgichdan keladigan kuchlanish bilan tenglashadi (U1=0,632Unam). Nol organ boshqaruvchi sxemaga impuls beradi va u kalitni ochadi. Sanagich impulslar berilishi to‘xtaydi. Natijada sanagichka t = t vaqt ichida n = fgt = fgt = fgRnamCx ta sanoq impuslari keladi. Demak,
Cx = n/fgRnam.
Shunday qilib, Rnam va kvarsli generatorli tebranishlar chastotasi fg lar o‘zgarmas (doimiy) bo‘lganda Cx sig‘im impulslar soni n bilan aniqlanadi. O‘lchash sikli tugashi bilan sanagichdagi axborot raqamli sanoq qurilmasiga keladi. Rnam va fg chastotaning turli qiymatlarini tanlab olib, Sx ni o‘lchash chegaralarini o‘zgartirish mumkin.
O‘lchash xatoliklari manbalari quyidagilardan iborat: fg chastotaning nostabilligi, diskretlik xatoligi, asbob xatoligi (u namuna elementlarning stabilligi va aniqligi bilan belgilanadi), ta’minot manbasi Unam ning nostabilligi.
Shu asbobning o‘zidan qarshilikni o‘lchash uchun foydalanish ham mumkinligi (9.20) kelib chiqadi. Buning uchun Sx o‘rniga namunali kondensator, Rnam o‘rniga esa o‘lchanadigan rezistor Rx ni ulash yetarlidir. Bu holda rezistorning qarshiligi Rx = n/fgCnam formuladan aniqlanadi.
Induktivlik Lx ni o‘lchash uchun g‘altakni Rnam o‘rniga (9.9-rasm) ulash, Rnam ni esa kondensator Cx o‘rniga ulash lozim. Bu holda K kalit yopilganidan keyin Rnam dagi kuchlanish vaqt doimiysi t = Lx/Rnam bo‘lgan eksponenta bo‘yicha o‘sadi. t = t momentda sanagich qayd qilgan sanoqlar soni n = fg/t = fgLx/Rnam ga teng bo‘ladi, bu yerdan Lx = nRnam /fg. Rnam va fg lar o‘zgarmas bo‘lganida induktivlik impulslar soni n bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |