Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o


Zanjirlar va komponentlar parametrlarini o‘lchashning rezonans usuli



Download 2,04 Mb.
bet115/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

Zanjirlar va komponentlar parametrlarini o‘lchashning rezonans usuli. Rezonans usuli past va yuqori chastotalarda chiziqli ikkiqutbliklar parametrlarini: induktivliklar, sig‘imlar, konturlar va g‘altaklar aslliklarini, kondensatorlarning yo‘qotishlar burchagi tangensini o‘lchashda keng qo‘llaniladi. Тadqiq qilinadigan ikkiqutblikni namuna kondensatorga yoki namuna induktivlik g‘altagiga ulab, tebranish konturi hosil qilinadi. Bu usulning ikki turi qo‘llaniladi. Ulardan birinchisi rezonans hodisasiga, ya’ni induktivlik g‘altagi va kondensatordan iborat konturda majburiy tebranishlar amplitudasining keskin o‘sishi va rezonans chastota­sining sig‘im va induktivlik qiymatlariga bog‘liqligiga asoslanadi. Bu usulning passiv variantidir.
Ikkinchi holda kontur atogeneratorning qisman beruvchi zanjiri bo‘lib xizmat qiladi va avtotebranishlar chastotasining konturning reaktiv parametrlariga bog‘liqligidan foydalaniladi.
Usulning bu aktiv varianti odatda generator usuli deyiladi. Bunday usulda tebranish konturi juda kichik rezonans chasto­tasiga ega bo‘lishi mumkin, chunki konturning yuqri aslligi talab qilinmaydi (konturning aktiv qarshiligi teskari aloqa zanjiri kirita­digan manfiy qarshilik bilan kompensatsiyalanadi). Bu katta sig‘imlar va induktivliklarni o‘lchash imkonini beradi.
Metodning passiv varianti ko‘p darajada asllik o‘lchagichi yoki kumetr deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi (9.11-rasm). Asbob ravon rostlanadigan darajalangan yuqori chastota generatori, o‘zgaruvchan sig‘imli namuna kondensatori va namuna induktivlik g‘altagidan tuzilgan tebranish konturi, o‘zgarmas sig‘imli C1 va C2 kondensatorlar hosil qilgan va generatorni tebranish konturi bilan bog‘laydigan kuchlanish bo‘lgichi hamda ikkita elektron voltmetrdan iborat (9.11-rasm), ulardan bir V1 generator chiqishidagi kuchlanishni, ikkinchisi V2 esa namuna kondensatoridagi kuchlanishni o‘lchaydi (Q-voltmetr).
Kumetr namuna induktivlik g‘altaklari komplekti bilan ta’minlangan bo‘lib, ular Lx klemmalari ulanadi va namuna konden­sator bilan asbobning chastotaviy diapazoni chegaralarida hosil qilish imkonini beradi. Bundan tashqariCx bilan belgilangan ikkita klemma ham bor bo‘lib, namuna kondensatorga o‘lchana­digan ikkiqutblikni parallel ulashga imkon beradi.
V1 voltmetr shkalada chiziqchaga ega bo‘lib, u konturga ketma-ket kiritiladigan kuchlanishning nominal qiymati e ga mos keladi. V2 voltmetrning shkalasi konturning asllik qiymatlarida darajalan­gan, bu E = Qe munosabatga asoslangan, bu yerda E – kontur sig‘imidagi kuchlanish– asllik, e – konturga ketma-ket kiritil­gan kuchlanish.

9.11-rasm.
Chastotalar diapazoni 50 kHz dan 35 MHz gacha bo‘lgan kumetr namuna kondensator bilan ta’minlangan bo‘lib, uning sig‘imi 25 pF dan 450 pF gacha o‘zgarishi mumkin.
Kondensator C2 rezonans chastotaga namuna kondensator bilan bir qatorda ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sirni ekvivalent sig‘im Ce = CnamC2/(Cnam + C2) ni kiritib hisobga olish mumkin. U holda rezonans chastota uchun
(9.21)
ni hosil qilamiz.
Induktivlikni o‘lchash uchun g‘altakni kumetrning Lx klem­malariga Lnam o‘rniga ulanadi va generatorning talab qilinadigan chastotasini o‘rnatib, namuna kondensatorning sig‘imini o‘zgar­tirish bilan konturni rezonans chastotaga sozlanadi. Induktivlik (9.21) formula bo‘yicha hisoblanadi. Bunda effektiv induktivlik hosil bo‘lib, u haqiqiy induktivlikdan g‘altakning hisobiga olinmagan xususiy sig‘imi C0 tufayli farq qiladi. Bu sig‘im chul­g‘amning ayrim o‘ramlari orasidagi sig‘imlardan qo‘shiladi va uning oxirlari orasida ulangan hisoblanadi.
Xususiy chastota deb ataladigan  chastotada, g‘altakda xususiy sig‘imli induktivlik rezonansi yuzaga keladi. Bu chastotada g‘altak sof aktiv qarshilikka ega bo‘ladi. Xususiy chastotasidan yuqori chastotada uning qarshiligi sig‘imlidir. ωn, ω0 chastotada g‘altakning ekvivalent sxemasini effektiv induk­tivlik Leff va aktiv qarshilik Reff ning ketma-ket ulanishi bilan ifoda­lash mumkin. Bu parametrlarni induktivlik va aktiv qarshi­likning ha­qi­­qiy qiymatlari orqali ushbu formulalar bilan ifodalash mumkin:
(9.22)
bu formulalar ikkala effektiv qiymat haqiqiy qiymatlardan katta­ligini ko‘rsatadi.
G‘altakning xususiy sig‘imini konturni ikkita turli chastota:  ga sozlash natijalaridan topish mumkin. Bu yerdan:

Hisoblash qulay bo‘lishi uchun ω1 = 2ω2 deb olish mumkin, u holda

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish