Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o


Qarshiliklarni o‘lchov bilan taqqoslash usuli bilan o‘lchash



Download 2,04 Mb.
bet111/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

Qarshiliklarni o‘lchov bilan taqqoslash usuli bilan o‘lchash. Bu usul bo‘yicha ko‘prik sxemali asboblar va diskret sanoqni qo‘llashga asoslangan asboblar yasaladi.
Ko‘prik sxemali asboblar yuqori aniqligi tufayli aktiv qarshi­liklar, sig‘imlar, o‘zaro induktivlik va kompleks qarshiliklar­ning tashkil etuvchilarini o‘lchashlarda keng tarqalgan.
O‘zgarmas tok bir ko‘prikli sxemasi (amaliyotda yana ham murakkabroq – qo‘shaloq ko‘priklar ham ishlatiladi) to‘rtta yelkani hosil qiladigan to‘rtta rezistor R1R2R3R4 ni o‘z ichiga oladi (9.3-rasm). Ko‘prik sxemasining diagonlaridan biriga yuqori sezgir galvanometr (nol indikatori), ikkinchisiga esa sxemaning ta’minot manbasi ulangan. Ko‘prik yelkalarining qarshiliklarini o‘zgartirish bilan A va B nuqtalardagi potensiallarning teng bo‘lishiga va, demak, galvanometrda tok bo‘lmasligiga erishish mumkin. Ma’lumki, bu holda
R1R3 = R2R4 (9.1)
bo‘ladi.

9.3-rasm.
Ko‘prik sxemasining galvanometr zanjirida tok bo‘lmaydigan holati ko‘prik balansi deb ataladi. Agar R = Rx deb qabul qilinsa, u holda (9.1) munosabatdan
Rx = (R2/R3)R4 (9.2)
bo‘lishi kelib chiqadi. O‘lchanayotgan yelkaga nisbatan qo‘sh­ni yelkaga ulangan R4 rezistor taqqoslashning namuna yelkasi deb ataladi. U Rx qarshilikni aniqlashda asosiy element bo‘ladi va sanoat asboblarida yuqori aniqlikdagi besh-olti dekadali qarshiliklar magazini ko‘rinishida ishlanadi. Qarshiliklar nisbati R2/R3 10n karralilik bilan keskin (sakrashsimon) o‘zgaradi. Bu o‘lchash chegaralari keng bo‘lishini ta’minlaydi.
Ko‘prik sxemasining muhim parametri uning sezgirligidir. Sezgirlik deyilganda mazkur holda o‘lchanayotgan qarshilik Rt ning sxemaning galvanometr tomonidan qayd etiladigan balansining buzilishiga olib keladigan mini­mal nisbiy o‘zgarishi tushu­niladi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, ko‘prik sxemasining sezgirligi faqat qo‘llanilayotgan galvanometrning sezgirligigagina emas, balki uning yelkalari tarkibiga kiruvchi rezistorlar qarshiliklariga ham bog‘liq. Yuqori stabillikni ta’minlash uchun ko‘prik yelkalarining qarshiliklarini juft-jufti bilan teng-teng qilib olish maqsadga muvofiqdir. Ko‘pincha, teng yelkali, ya’ni R1=R2=R3=R4 bo‘lgan ko‘prik tanlanadi. Qarshilikni ko‘prik sxemasi yordamida o‘lchashdagi asosiy xatolik namuna rezistorlarning tayyorlanish xatoligi, yelkada taqqoslash uchun ishlatiladigan dekadalar sezgirligi va soni bilan aniqlanadi. Qo‘shimcha xatolik temperatura o‘zgarishlari hisobiga, o‘lchanayotgan rezistorni ko‘prikka tutashtiradigan kontaktlar va simlar qarshiliklari hisobiga yuzaga keladi.
O‘zgarmas tok ko‘priklari uchun, odatda, aniqlik sinfi dn beriladi va u ko‘prik yelkalarining qarshiliklari xatoligini tavsiflaydi. Muvozanatlashda R4 ning barcha dekadalarini qatnashtirish tavsiya etiladi. Agar bunday bo‘lmasa, taqqoslash yelkasidagi dekadalar soni yetarli emasligi hisobiga bo‘ladigan xatolik so‘nggi foydala­niladigan dekada qarshiligi yarmining taqqoslash yelkasi qarshiligining ko‘prik muvozanatiga mos qiymatiga nisbati sifatida topiladi:
(9.3)
Ko‘prik sezgirligining oxirgi qiymati hisobiga bo‘ladigan xatolik ushbu munosabat bilan aniqlanadi:
(9.4)
bu yerda  – taqqoslash yelkasi qarshiligining strelkaning muvozanat holatdan o‘z qalinligiga qadar og‘ishiga mos qiymati;  – taqqoslash yelkasi qarshiligining strelkaning  ulanishi tufayli qarama-qarshi tomonga o‘z qalinligi qadar og‘ishiga mos qiymati. Ko‘prikning jami xatoligi ushbu munosabat bilan aniqlanadi:
(9.5)
O‘zgarmas tok ko‘priklari sanoat namunalarining xatoligi 0,05...1% chegaralarda yotadi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish