Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o


Zanjirlar komponentlari parametrlarini



Download 2,04 Mb.
bet110/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

9.2. Zanjirlar komponentlari parametrlarini
bevosita o‘lchash
Yuqorida qayd etilganidek, kattalikning o‘lchanayotgan qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita topish bevosita o‘lchash deb ataladi. Zanjirlar va komponentlarning parametrlarini bevosita o‘lchashlar bevosita baholash usuli (ommetrlarda) va o‘lchov bilan taqqoslash (analog va raqamli ko‘prikli asboblarda) usuli yordamida amalga oshiriladi.
O‘zgarmas tokda qarshiliklarni bevosita baholash usuli bilan o‘lchash. 9.1-rasmda ommetrlarning ikki turi ko‘rsatilgan. Asboblar ta’minot manbasi E, strelkali asbob (odatda, mikroampermetr), qo‘shimcha rezistor Rqo‘sh, o‘zgaruvchan kalibrlash rezistori Rk dan iborat. Sxemalar bir-biridan strelkali asbobning ulanishi bo‘yicha farq qiladi: bir sxemada u o‘lchanayotgan rezistorga ketma-ket, boshqasida esa parallel ulangan.

9.1-rasm.
O‘lchanayotgan rezistor Rx ni asbob qisqichlariga ulanganda 9.1-rasmdagi zanjirdan

tok oqadi, bu yerda Rm – ta’minot manbasi qarshiligi. Тokning qiymati va, demak, asbob strelkasining og‘ish burchagi Rx ga bog‘liq. Rx qancha katta bo‘lsa, strel­kaning og‘i­shi shuncha kichik bo‘ladi. Shun­day qilib, mazkur sxema bo‘yicha yasalgan om­metr teskari shkalaga ega, ya’ni o‘lchana­yotgan rezistor qarshiligining nol qiymatiga shka­laning o‘ng chetki belgisi (bo‘g‘imi) mos keladi. Ommetrlarda tok man­basi sifatida, odatda, quruq elementlardan foydalaniladi. Тa’mi­not manbasi EYuK ning kamayishi asbob ko‘rsatishlarining o‘zgarishiga olib keladi, shu sababli sxemada kalibrlash rezistori Rk ni ulash nazarda tutilgan. Ulashdan oldin asbobni kalibrlanadi: uzib-ulagichni tutashtiriladi va asbob nolni ko‘rsatishiga erishiladi. Asbob orqali oqayotgan tokning o‘lchanayotgan qarshilikka bog‘liqligi nochiziqli bo‘lishi sababli, ommetr shkalasi ham nochiziqlidir. 9.1-a rasmda tasvir­langan sxema, odatda, katta qarshiliklarni o‘lchash uchun qo‘lla­ni­ladi. Qo‘shimcha qarshilik sxemaga kalibrlash vaqtida kalit K yopiq bo‘lganida potensiometr jilgichining eng chetki o‘ng holatida qisqa tutashuv ro‘y bermasligi uchun ulanadi. Bundan tashqari qo‘shimcha qarshilik o‘lchash chegaralarini o‘zgartirish imkonini beradi.
Kichik qarshiliklarni o‘lchash uchun 9.1-b rasmdagi sxemadan foydalaniladi. Asbobni uzib-ulagichning ochiq holatida kalibrlanadi, bunda butun tok asbob orqali oqadi va strelkaning og‘ish burchagi maksimal bo‘ladi. Rx ni ulanganida tokning bir qismi parallel zanjirga tarmoqlanadi va og‘ish burchagi kamayadi. Shunday qilib, ommetr shkalasi to‘g‘ri bo‘lib qoladi.
Ko‘rib chiqilgan ommetr sxemalari eng sodda sxemalardir. Sanoat asboblari ko‘p chegarali qilib ishlab chiqariladi, buning uchun sxemaga qo‘shimcha rezistorlar yuqori kiritiladi, ular o‘lchash chegaralari o‘zgarganida qayta ulanadi.
Katta qarshiliklarni (105 MW gacha) o‘lchash megaommetr va teraommetr bilan o‘tkaziladi. Bu asbobning yasash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy qiyinchiliklar yuqori voltli ta’minot manbalari va yuqori sifatli izolatsiya materiallarini qo‘llashdan iborat. Bu asboblarning ishlashi o‘lchana­yot­gan rezistor bilan birgalikda kuchlanish bo‘lgichini hosil qi­luv­chi namuna rezistorida kuch­lanish tushuvini o‘lchashga asos­la­nadi. Kuchlanishni o‘lchash elek­tron voltmetr bilan amalga oshi­riladi. Shunday qilib, ko‘­pincha, ko‘p chegarali ommetrlar tuziladi. 9.2-rasmda bu usulni amalga oshiradigan ommetr sxe­masi tasvirlangan. Bu yerda namuna va o‘lchanadigan rezistorlar ketma-ket ulangan. Rnom va Rx larda yarati­ladigan kuchla­nish­larni o‘lchab, bu qarshiliklarni taqqoslanadi. Kuchlanishlar nisbati Ux/Unom = Rx/Rnom bo‘lganligi uchun Rx ning sanog‘i strel­kali asbobning chiziqli shkalasi bo‘yicha olinadi, bu asbob elektron voltmetr bo‘lishi mumkin.

9.2-rasm.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish