Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet116/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

C0 = (Ce2 – 4Ce1)/3.
Endi induktivlikning g‘altakning xususiy sig‘imi ta’siridan holi (ozod) bo‘lgan qiymatini hisoblash mumkin:
. (9.23)
Namuna kondensatordagi yo‘qotishlarni hisobga olmasdan, rezonansda konturdagi tok uchun va kondensatordagi kuchlanish uchun quyidagilarni yozish mumkin:
I = e/reff; E = erC2reff.
Bundan tashqari,
1/ωrCe = ωrLeff.
Bu yerdan asllik uchun ushbu ifodani hosil qilamiz:
(9.24)
Kumetr namuna kondensatorining yo‘qotishlari juda ham kichikligini hisobga olib, kontur aslligining o‘lchangan qiymatini bir vaqtda g‘altakning ham aslligi deb hisoblash mumkin.
Ixtiyoriy konturning aslligini hisoblashda uning induktivlik g‘altagi kumetrning Lx klemmalariga, kondensator esa Cx ning klemmalariga ulanadi. Namuna kondensator minimal sig‘imga qo‘yiladi va generator chastotasini o‘zgartirish bilan rezonansga soz­lash o‘tkaziladi. Asllik V2 voltmetrning asllik birliklarida darajalangan shkalasi bo‘yicha olinadi. O‘lchash o‘lchanayotgan konturning rezonans chastotasiga qaraganda pastroq chastotada o‘tkaziladi, chunki kontur sig‘imiga parallel qilib namuna chastotada ham bir xil deb hisoblab, asllikning o‘lchangan qiymati pasayganroq bo‘lib chiqqanligini ko‘rsatish mumkin. O‘lchanadigan konturning parametrlarini LkCkrk orqali belgilaymiz. U holda uning aslligi:

Namuna kondensator mavjud bo‘lganida

Bu yerdan
(9.25)
Bu formula, agar kontur kondensatori Cnam ning sig‘imi ma’lum bo‘lsa, o‘lchanayotgan asllikning qiymatini yana ham aniqroq hisoblash imkonini beradi.
Kumetr yordamida istalgan chiziqli ikkiqutblik qarshiligining yoki o‘tkazuvchanligi aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarini o‘lchash mumkin. Lx klemmalarga namuna induktivlik g‘altaklaridan biri ulanadi. Kumetr konturini talab qilinayotgan chastotada rezonansga sozlanadi va namuna kondensator sig‘imi qiymati Cnam ning va kontur aslligining qiymati Q1 ning sanog‘i olinadi. Keyin tadqiq qilinayotgan ikkiqutblikni konturga ushbu ikki usuldan bittasi bilan: namuna kondensatorga parallel yoki g‘altak bilan ketma-ket ulanadi va konturni ikkinchi marta o‘sha chastotaga, namuna kondensa­torining sig‘imini o‘zgartirish bilan rezonansga sozlanadi. Sig‘im­ning yangi qiymati Cnam2 va asllikning yangi qiymati Q2 sanog‘i olinadi.
Ikkiqutblikni ulash usuli uning qarshiligi moduliga bog‘liq. Agar u konturning tavsifiy qarshiligidan kichik bo‘lsa, u holda ikkiqutblikni g‘altak bilan ketma-ket ulanadi, aks holda esa konden­satorga parallel ulanadi.
Ketma-ket ulangan ikkiqutblikning to‘la qarshiligi:
(9.26)
Parallel ulangan ikkiqutblikning to‘la qarshiligi va to‘la o‘tkazuvchanligi:
(9.27)
(9.28)
Xususiy hollarni ko‘rib chiqamiz.
Kichik qiymatli rezistorning qarshiligini o‘lchashda u g‘altak bilan ketma-ket alanadi. Rezistorda reaktivlik yo‘q bo‘lganida, rezonans sozlash saqlanadi (Cnam1=Cnam2), biroq asllik kamayadi: Q2 < Q1. (9.26) dan quyidagini hosil qilamiz:
(9.29)
Induktiv xarakterdagi reaktivlikning mavjudligi ikkinchi sozlash­da kondensator sig‘imini kamaytirishni talab etadi (Cnam1 > Cnam2). Natijada, (9.26) ga muvofiq, mavhum qism musbat bo‘ladi. Rezis­tor sig‘imli reaktiv bo‘lganida Cnam1 < Cnam2 va mavhum qism manfiydir.
Katta qarshilikli rezistorni kondensatorga parallel ulanadi. Reak­tivlik bo‘lmaganida (9.27)dan quyidagini hosil qilamiz:
Sig‘imni o‘lchashda sig‘imi Cnam.maksCnam.min dan kichik bo‘lgan kondensator namuna kondensatorga parallel o‘lanadi.
Konturni dastlabki (o‘lchanadigan kondensatorsiz) soz­lashni namuna kondensatorning sig‘imi (Cnam1 – Cnam.min) > Cbo‘lganida o‘tkaziladi. Ikkinchi rezonans sozlashda namuna kondensa­tor sig‘imini o‘lchanayotgan sig‘im qiymatiga kamay­tirish kerak. Cx = Cnam1 – Cnam2 ni hosil qilamiz.
Asllik o‘lchanayotgan kondensator ulanganida kamayadi, chunki undan yo‘qotishlar namuna kondensatorga qaraganda kichikroqdir. (9.28) formula bu yo‘qotishlarni ekvivalent aktiv o‘tkazuvchanlik ko‘rinishida ifodalaydi.
Sig‘imi Cx > (Cnam.maks – Cnam.min) bo‘lgan kondensator g‘altak bilan ketma-ket ulanishi kerak. (9.26)dan o‘lcha­nayot­gan sig‘im uchun quyidagini hosil qilamiz:
CCnam1Cnam2/(Cnam2 – Cnam1).
Maxrajning xatoligi unga kirgan sig‘imlar sanog‘ining xatoligi bilan bir xil tartibda bo‘lishi uchun bu sig‘im ayirmasi maksimal bo‘lishi lozim. Bu Cnam2=Cnam.maks da o‘rinli bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, dastlab konturni o‘lchanadigan kondensator ulangan va namuna kondensator­ning sig‘imi maksimal bo‘lgan holda, ge­nerator chastotasini o‘zgartirish orqali rezonansga sozlash, keyin esa konturni o‘sha chastotada o‘lchanayotgan kondensatorsiz, na­muna konden­sator sig‘imini Cnam1 gacha kamaytirib sozlash maq­buldir.
O‘lchanayotgan g‘altak induktivligi namuna g‘altakning o‘rniga ulash uchun juda ham kichik yoki juda ham katta bo‘lishi mumkin (rezonans chastotasi generatorning chastotalar diapazoni chegara­laridan tashqariga chiqadi). Bu holda kumetrga namuna g‘altak­lardan biri ulanadi, o‘lchanayotgan g‘altakni esa induktivligiga bog‘liq ravishda namuna g‘altak bilan ketma-ket ulanadi (kichik induktivlik) yoki namuna kondensatorga parallel ulanadi (katta induktivlik). Birin­chi holda hisobni (9.26) formula bo‘yicha, ikkinchi holda esa (9.27) formula bo‘yicha o‘tkaziladi.
Agar o‘lchanayotgan induktivlik g‘altagini namuna g‘altak o‘rniga ulash mumkin bo‘lsa, u holda o‘lchash natijasini
Lx = I2(Cnam + C0)
formula bo‘yicha topiladi, bu yerda Cnam – kumetr sig‘imi, C0 – g‘altakning xususiy sig‘imi.
Kumetr bilan o‘lchashda o‘lchash xatoligining bir necha manbalari mavjud:
– namuna kondensator darajalanishining xatoligi (1% atro­fida);
– generator chastotaviy darajalanishining xatoligi (1% atrofida);
– generator chiqish kuchlanishining o‘rnatilish xatoligi va V2 voltmetr xatoligi (5% atrofida);
– rezonansga sozlash xatoligi (chastota bo‘yicha 0,5% atrofida va sig‘im bo‘yicha 1% atrofida).
Tayanch o‘lchashlarda xatolik bu manbalarning bir qismi bilan aniqlanadi. Eng kichik xatolik parallel ulangan kondensator sig‘imini o‘lchashda sodir bo‘ladi, chunki bu yerda faqat birinchi va to‘rtinchi manbalar namoyon bo‘ladi (2% atrofida). Induktivlik g‘altagini o‘lchashda (istagan ula­nishda) biroz kattaroq bo‘ladi, chunki bu yerda generator chastotasini aniqlash xatoligi qo‘shiladi (4% atrofida). Ketma-ket ulangan kondensator sig‘imini o‘lchashda ham shu tartibdagi xatolikni kutish mumkin.
Katta xatolik asllikni o‘lchashda sodir bo‘ladi (5% atrofida) yana ham katta xatolik ikkiqutbliklarning aktiv qismlarining to‘la qarshiliklarini aniqlashda bo‘lishi mumkin, ularning yo‘qotishlari kichik va shu sababli kontur aslligiga kuchsiz ta’sir ko‘rsatadi.
Kumetrlar amalda ikkiqutbliklarning barcha para­metrlarini o‘lchash imkonini beradi. Biroq bevosita sanoqni olish faqat asllikni o‘lchashda va nisbatan tor polosada, bir necha fiksirlangan chastotalarda induktivlik qiymatlarini o‘lchashda mumkin bo‘ladi. Boshqa hollarda o‘lchashlar bilvosita bo‘ladi. O‘lchash xatoliklarini hisoblash (9.24) formula yordamida bajarilishi mumkin.
Misol sifatida induktivlikni o‘lchash xatoligini hisob­lashni ko‘rib chiqamiz.
Misol. Induktivlikni bilvosita usuli bilan
Lx = 1/ω2(Cnam + C0)
munosabat asosida o‘lchashning mutloq va nisbiy xatoliklari aniqlansin.
(9.13) formuladan quyidagiga ega bo‘lamiz:

bu yerda Δω, ΔCnam va ΔC0 lar – ω, Cnam va C0 ning mutloq muntazam xatoliklari.
Xususiy hosilalar quyidagiga teng:


O‘lchashning mutloq xatoligi chegarasi:


O‘lchashning nisbiy xatoligi chegarasi:

Rezonansda Lx(Cnam + C0) = 1/ω2, demak, uzil-kesil quyidagiga ega bo‘lamiz:


Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish