Kabel yoʻqotishlari
Kabel yo‘qotishlari makrobukilishlar va mikrobukilishlar hisobiga hosil bo‘ladi.
Minimal ruxsat etilgan radiusdan oshgan katta bukilishlarga makrobukilishlar deyiladi.
Bir modali optik tolalarning bukishning ruxsat etilgan minimal radiusi 10 sm ni tashkil etadi. Bunday bukilishda yorug‘lik impulslari kuchsiz buzihsh bilan tarqaladi. Bukilish radiusining kamayishi, tolani ruxsat etilgandan ortiq bukish optik impulslarning tola qobig‘i orqali sochilish effektini oshiradi
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan kabelning minimal bukish radiusi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Kabel (g‘altak) g‘altakka o‘ralganda, albatta g‘altak radiusi bo‘yicha bukiladi. Binolarda kabel yotqizilganda, u bino burchaklarida bukilishi mumkin. Kabelni yotqizuvchi bukish radiusini minimal ruxsat etilgan qiymatdan kamaytirmasligi, ortiqcha bukmasligi kerak. Tolali optik kabelni ruxsat etilgan chegaradan kuchli bukib, kabelni yaroqsiz qilish, hattoki kabelda tolalarning uzilishiga olib kelish mumkin.
Mikrobukilishlar — bu ishlab chiqarish jarayonida tola o‘zagi geometriyasining mikroskopik o'zgarishi, tolaning yetarli tekis bo’linagan tashqi himoya qoplamalari bilan qoplanishi natijasida o'zakning o‘q markazida joylashmasligi, o‘qqa nisbatan qiyshiq joylashishi, ya’ni tolaning mukammal emasligidan yuzaga keladi.
Mikrobukilishlar kabeldagi yo‘qotishlarini oshiradi. Bu yo‘qolishlar juda katta bo‘lishi va ba’zi hollarda 100 dB/km dan ham oshishi mumkin.
Optik tolaning makrobukilishlari (a) va mikrobukilishlari (b)
Ishlab chiqarilgan optik tolaning mukammal emasligi, tola gcometriyasining o‘zgarishlari tolalami oson, tez va sifath payvandlanmasligiga olib keladi. Payvandlash va tolalarni ulashda yo‘qolishlarga olib olib keladigan sabablar quyidagilar:
— tola o‘zaklari oMchamlarining moslashmaganligi;
— tolalarning sindirish ko‘rsatkichlarining farqlanishi;
— tolalarni ulashda uzunasiga o‘qlarning chatishmasligi;
— tolalaming burchak aperturalarining farqlanishi;
— tolalarning zich ulamaslikdan havo pufakchalarining hosil bo‘lishi.
Bu omillarning barchasi so‘nish va yo‘qotishlarni oshiradi. So‘nish va yo‘qotishlarni kamaytirish uchun ishlab chiqarish jarayonida tola geometriyasining yuqori aniq bo‘lishiga katta e’tibor berish kerak.
Buning uchun ishlab chiqarishda o ‘zakni qobiq shishasida markazlashgan holda joylashishi ishlab chiqarilgan tolalarning diametrlarining bir xil bo‘lishi va tolaning bukihshlariga katta talablar qo'yiladi.
Optik signalni uzatish sifatiga ta'sir qiluvchi omillar
Optik nurlanishning berilgan to'lqin uzunligi uchun so‘nish koeffitsiyenti tolaga kiritiladigan optik quw atni toiadan qabul qilingan optik signal quwatiga nisbati orqali aniqlanadi. Odatda, so‘nish koeffitsiyenti detsibelda (dB) o‘lchanadi va optik tola parametrlari, shuningdek, to'lqin uzunligiga ham bog‘liq. So‘nishning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi nochiziqli xarakterga ega.
Birinchi shaffoflik oynasi keng polosali yorug'lik nurlanish manbalari va qisqa to'lqinli lazerdan foydalanib, signallarni yaqin masofalarga uzatishda qo‘llaniladi.
Ikkinchi shaffoflik oynasining to‘lqin uzunliklari telekommunikatsiyada ko‘p qo'ilaniladi. Bu oyna nisbatan kam so'nish koeffitsiyentiga ega bo‘lib, bu diapazonda signallarni uzatish uchun keng polosali optik nurlanish manbalari ishlatiladi. Buning asosiy sababi ushbu diapazonda kvars shishasi minimal xromatik dispersiya qiymatiga ega bo'lib, u arzon nurlanish manbalaridan foydalanish imkonini beradi.
Uchinchi oynaning asosiy afzalligi so‘nish koeffitsiyentining minimalligi hisoblanadi. Biroq yuqori tezlikli tizimlaming oqimlarini uzatishda dispersiya qiymati oshib ketadi. Dispersiya qiymatini kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiya qiluvchi qurilmalarning qo'llanilishi talab etiladi, bu esa tolali optik aloqa tizimlarining narxini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |