Qutblangan moda dispersiyasi
Bir modali optik tolalarda, asosan, bitta asosiy moda uzatiladi. Biroq, qutblanishni hisobga olsak, bir modali tolalarda ikkita moda uzatiladi. Ular boshlang‘ich asosiy modaning o ‘zaro perpendikulyarqutblangan ikki tashkil etuvchilaridir. Bu tashkil etuvchilaridan biri dominant hisoblanib, gorizontal X o ‘qi bo'ylab, ikkinchisi vertikal yuzadan Y o ‘qi bo‘ylab tarqaladi. X o ‘qidan uzatilgan moda Y o‘qidan uzatilgan modaga nisbatan tez yetib borgani uchun X o‘qini «tez uzatadigan o‘q», Y o‘qini «sekin uzatadigan o‘q» deyiladi.
Signal ideal aniq geometriyaga ega toladan uzatilganda edi, modalar qabul qiluvchi punktga bir xii tezlik va bir xil vaqtda yetib borardi. Lekin, amaliyotda tolaning geometrik noidealligi, shuningdek, turli mexanik va optik omillar tufayli sindirish ko‘rsatkichlari assimetriyasining yuzaga kelishi sababli ikki o‘zaro perpendikulyar qutblangan modalar vaqt bo‘yicha turlicha kechikishi natijasida turli tezliklarda tarqaladi. Tola chiqishida boshlang‘ich signalning asosiy modasi buzilgan holda yetib keladi. Ikki o‘zaro perperdikulyar qutblangan tashkil etuvchi modalarning turli tezliklarda tarqalishidan boshlang‘ich signalning buzilgan holda qabul qilinishi qutblangan moda dispersiyasi (QMD) deyiladi.
QMD hosil bo‘lishiga asosiy sabab — bu tola o ‘zagi geometriyasining buzilishi va noidealligidir. Tola o'zagining noidealligi (ovalligining buzilishi), tola geometriyasining o ‘zgarishi ishlab chiqarish yoki foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi. Shuningdek, tolaning bukilishlari, tolani jo ‘natish uchun maxsus g‘altaklarga o‘rash, so‘ng uni yotqizishdagi mexanik harakatlar tola profili yoki o ‘zakning qobiq markazida joylashuvini buzadi va tola deformatsiyasiga olib keladi, bularning barchasi ham tola geometriyasining o‘zgarishiga ta’sir etib, qutblangan moda dispersiyasining hosil bo‘lishiga olib keladi.
Qutblangan moda dispersiyasi pikosekund (ps) da o‘lchanadi. Tola defektlarining qo‘shilishi va qutblangan moda dispersiyasi bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishi natijasida seksiyadan seksiyagacha signal yetib borguncha qutblangan moda dispersiyasi ortib boradi. Tolani xarakterlovchi bunday holdagi qutblangan moda dispersiyasi ps/nm -1/2 da o ‘lchanadi. Bir necha seksiyalardan iborat trassa uchun har bir uchastkalarga mos keluvchi qutblangan moda dispersiyalarining o‘rtacha kvadratik yig'indisini qo‘llash kerak.
Tolali optik aloqa tizimlariga qutblangan moda dispersiyasining ta’siri ushbu hollarda oshadi:
Qutblangan inoda dispersiyasining hosil bo‘lishi
— kanalda uzatish lezligi oshganda;
— regeneratorlar orasidagi masofa uzaytirilganda;
— kanallar soni oshganda (DWDM) — zich to iq in uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tcxnologiya qoilanilganda.
Tolani ishlab chiqarish jarayonini qatiy nazoratga olish bilangina qutblangan moda dispersiyasi qiymatini kamaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |