Material dispersiyasi
Material dispersiyasi to‘Iqin uzunligini tola materialining sindirish ko‘rsatkichiga bogliqligi bilan aniqlanadi. Natijada tola materiali orqali har xil to‘lqin uzunliklari turli tezliklarda uzatiladi.
Optik tola, asosan, kvars shishasidan (S i02) ishlab chiqariladi. Har bir to‘lqin tola materialidan turli tezliklarda uzatiladi. 1 — shaffoflik oynasida katta to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, qisqa to‘lqin uzunliklari kichik tezliklarda uzatiladi. Masalan; 865 nm to‘lqin uzunligi 835 nm ga nisbatan katta tezlikda uzatiladi.
Bunga teskari 3 — shaffoflik oynasida qisqa to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, uzun to‘lqin uzunliklari nisbatan kichik tezlikda uzatiladi. Masalan, 1535 nm to‘lqin uzunligi 1560 nm ga qaraganda tezroq uzatiladi.
2 — shaffoflik oynasining 1310 nm to‘lqin uzunligi nol dispersiyali to‘lqin uzunligi deyiladi. Chunki 1310 nm to‘lqin uzunligida kvars shishasini sindirish ko‘rsatkichi minimal.
Material dispersiyasi bir modali optik tolalarda dispersiyaning asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Uzatish tizimlarining tezliklari oshgan sari bitlar orasidagi interval kamayadi, natijada dispersiya oshadi.
To‘lqin uzatkich xossalari bilan bog‘liq dispersiya
To‘Iqin uzatish bilan bog'liq (tola) dispersiya — bu impulslarning tarqalish tezligini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Dispersiyaning bu turi tolaning geometrik shakliga va sindirish ko‘rsatkichlari profiliga bog‘liq.
Har qanday real nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to ‘lqin uzunliklarini nurlantiradi desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt bo‘yicha kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signallarning turli to‘lqin uzunligida har xil tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi.
Shuningdek, 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati minimal bo‘lib, nolga teng, lekin so'nish qiymati katta bo‘ladi.
Shuning uchun ham dispersiya, ham so‘nish qiymatlarini kamaytirish maqsadida dispersiyaning nol qiymati so'nish qiymati kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga surilgan. Bu kvars shishasini legirlash yordamida amalga oshiriladi. Bunday tolalar siljigan dispersiyali tolalar deyiladi. Bu tolalardan yuqori tezlikli tizimlarda, shunigdek, oraliq punktlar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga uzatishda qo‘llaniladi.
Uzatish. hniyasining xromatik dispersiyasi qiymati quyidagilarga sezgir:
— tandem bog'lanishlar sonining va uzatish liniyasi uzunligining oshishiga;
— uzatish tezligining oshishiga.
Xromatik dispersiyaning to‘lqin uzunligiga bogiiqligi:
1 — toza kvars shishasining xromatik dispersiya xarakteristikasi;
2 — siljigan dispersiyali tolaning xromatik dispersiya xarakteristikasi
WDM to'lqin uzunligi bo'yicha zichlashtirilgan tizimlarda xromatik dispersiyaga quyidagilar ta’sir qiladi:
— kanallar orasida qadamning kamayishi;
— kanallar sonining oshishi.
Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiyalash usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |