430
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakatdagi normativ-huquqiy huj-
jatlar tizimida ustunlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning normalari
boshqa qonunlarning qoidalaridan yuqori oliy yuridik kuchga ega. Qolgan bar-
cha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar konstitutsiya asosida, unga
muvofiq va uning ijrosi uchun chiqarilgan. Bu madaniyati yuksak taraqqiy
etgan mamlakatning qat’iy qoidasidir.
Qonun – jamiyat huquqiy tizimining eng muhim tarkibiy qismi, huquqni
ifoda etishning oliy shaklidir. Qonun vositasi xalq (jamiyat) irodasining davlat
amri darajasiga ko‘tarilishi, rasmiylashuvi, umummajburiy qoidaga aylanishi
hamda mustahkamlanishi amalga oshadi.
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari tizimida qonunlar
asosiy o‘rinni egallaydi. Qonun davlat oliy vakillik organining eng yuqori yuri-
dik kuchga ega bo‘lgan aktidir. Qonunlar bevosita konstitutsiya qoidalari va
prinsiplari asosida, ularni hayotga joriy etish maqsadida chiqariladi.
Qonun oliy yuridik kuchga ega. Qonunning ushbu xususiyati quyidagi-
larda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa
hech kim o‘zgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangasini o‘rnata olmaydi;
ikkinchidan, boshqa barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonunga qat’iy
muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi;
uchinchidan, biron-bir qonunosti normativ-huquqiy hujjat qonunga zid
bo‘lsa, u qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi;
to‘rtinchidan, qonun oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat bo‘lganligi
sababli uni qabul qilgan organdan boshqa hech kim qo‘shimcha tasdiqlashi va
bekor qilishi mumkin emas.
Qonun davlat nuqtayi nazaridan eng muhim deb hisoblangan ijtimoiy
munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasidir.
Unda mazkur munosabatlardagi qonuniyatlarning normativ majburiy xarak-
teri va siyosiy-huquqiy me’yori o‘z ifodasini topadi. Qonunlar faqat siyosatning
ifodasi, siyosiy chora bo‘lib qolmasdan, beqiyos ijodiy va tarbiyaviy vazifani
bajaruvchi katta ma’naviy boylik hamdir.
Respublika qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumimizning,
huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanishimizning
yo‘nalishlari va dasturiy vazifalari o‘z aksini topadi. Bunday muhim prin-
siplar, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkam-
langan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat suvereniteti prinsipi; xalq
hokimiyatchiligi prinsipi; inson huquqlarining ustunligi prinsipi; qonuniylik
prinsipi; demokratiya prinsipi; davlat bilan shaxsning o‘zaro burchdorligi
prinsipi; konstitutsiya va qonunning oliyligi prinsipi; hokimiyatlar taqsim-
Do'stlaringiz bilan baham: |