431
XXI bob.
Qonuniylik va
huquqiy tartibot. Intizom
lanishi prinsipi; ijtimoiy adolat prinsipi; qonun va sud oldida barchaning
tengligi prinsipi; aybsizlik prezumpsiyasi; fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish prinsipi va boshqalar
1
.
Shuningdek mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashning
yuridik, ijti-
moiy, g‘oyaviy va ruhiy mexanizmini atroflicha tahlil etish lozim.
Yuqoridagi tahlillar asosida shuni ta’kidlash mumkinki,
qonuniylik –
davlatning qonunlarida, qonun ijodkorligi hamda qonunosti huquq ijodkorligida
huquqni aniq ifodalanishi g‘oyasi, talabi va tizimi (rejimi)ni anglatadi
2
. Qo-
nunlarda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda adolatni, huquqni ifodalash
va uni huquqni qo‘llash jarayoniga singdirish, bunda inson huquq va manfaat-
larini ta’minlash qonuniylikning mazmunini tashkil etadi. Z.M. Islomovning
fikricha, «qonuniylik – ijtimoiy hayotda huquq va qonun hukmronligidan, ij-
timoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari tomonidan huquqiy normalar
ko‘rsatmalarini og‘ishmay amalga oshirish, jamiyatda tartib va uyushqoqlikni
ta’minlashdan iborat ijtimoiy-siyosiy rejimdir»
3
.
Qonuniylik – murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u turli-tuman shakllarda
namoyon bo‘ladi. Uning tabiatini quyidagi talablar yig‘indisi ifodalaydi: a) qo-
nunlarning ular yo‘naltirilgan subyektlar tomonidan aniq va bekamu-ko‘st ba-
jarilishi; b) qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning iyerarxiyasiga
rioya etilishi; d) qonuniylik o‘zida qonunning qat’iyligini, ya’ni qonunni qabul
qilgan organdan tashqari, uni hech kim bekor qila olmasligi talabini mujassam
etadi
4
.
Jamiyatda qonuniylik turli shakllarda namoyon bo‘ladi:
avvalo, Konstitutsiya
va qonunlarni o‘tmish va hozirgi davrning ilg‘or g‘oyalari bilan sug‘orilganligi,
inson huquq va erkinliklari ustuvorligining ta’minlanganligi, qonunlarning adolatli-
ligi va xalq manfaatiga xizmat qilishga asoslanganligida;
ikkinchidan, qonun-
ning ustuvorligi, ya’ni qonunlarning konstitutsiyaga, qonun osti normativ huj-
jatlarning qonunlarga mos kelishida;
uchinchidan, davlat organlari, mansabdor
shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarga og‘ishmay, so‘zsiz rioya qilishida.
Adabiyotlarda qonuniylikni tor va keng ma’noda tushunish mavjud.
Tor
ma’noda qonuniylik – barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, man-
sabdor va yuridik shaxslar hamda fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlarga
aniq va og‘ishmay rioya qilish.
Keng ma’noda qonuniylik davlatning qonun
1
Оdilqоriyev Х.T. Kоnstitutsiya vа bаrkаmоl jаmiyat оrzusi. – T., 2012. – 340–342-bеtlаr.
2
Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс. Том 2. – М., 2000. – 507-bet.
3
Islоmоv Z.M. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. – T., 2007. – 855-bеt.
4
Qаrаng: Проблемы общей теории права и государства. Учебник для вузов / Под общ. ред.
проф. В.С. Нерсесянца. – М., 2008. – 465-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |