428
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
mezonlariga to‘la mos bo‘lishi, insonparvarlik g‘oyasi va ruhi bilan sug‘orilgan,
demokratik hamda xalqchil bo‘lishi lozim.
«Demokratik tarzda uyushtirilgan jamiyatda qonun adolat va tafakkur ifo-
dasi bo‘lmog‘i lozim. Insoniyat asrlar mobaynida adolatli qonunlar haqida orzu
qilib, ularga muqaddas haqiqat ramzi sifatida e’tiqod qilib kelgan»
1
. Davlat qo-
nun ijodkorligi sohasida ham oqilona siyosat yuritishi lozim. «O‘zbekiston mus-
taqil davlat sifatida hech kimga tobe bo‘lmagan qonunchilik siyosatini yuritadi.
Yuksak nufuzli insonparvar, adolatli hamda demokratik qonunlar yaratish,
qonunni inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash vositasiga aylantirish,
jamiyat uchun umumiy manfaatli barcha munosabatlarni qonun yordamida
muhofaza etish kabilar siyosatning asosini tashkil etadi»
2
. Ushbu siyosat aso-
sida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotning muhim yo‘nalishlaridan biri
«ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning oliyligini ta’minlash, uning
mazmuni xalqchil, insonparvar va adolatli bo‘lishiga erishish, qonunning sifa-
tini yaxshilash»
3
dan iborat.
Qonuniylik prinsipi «qonun ustuvorligi» prinsipidan kengroq tushuncha
bo‘lib, u qonun ustuvorligini ta’minlash masalalarini ham o‘z ichiga oladi. Qo-
nuniylik deganda, nafaqat qonunlarga muvofiq ish tutish, balki barcha qonun-
lar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish, ularni bajarish
tushuniladi. Qonuniylikni zamonaviy talqinda kengroq tushunish uni huquqqa
muvofiqlik tarzida tushunishni ifodalaydi. Huquq – haqiqat va adolat ifodasi
degan konsepsiyadan kelib chiqilganda, huquqqa muvofiqlik ayni qonuniylik
demakdir.
Qonuniylikni talqin etishdagi yangi tendensiyaning yana bir jihati – qo-
nunning huquqiy bo‘lishi
4
. Tabiiyki, huquqiy davlat barpo etish, nafaqat davlat
organlari faoliyatining huquq doirasida bo‘lishini, balki qonunlarning mazmuni
ham tom ma’noda huquqiy bo‘lishini taqozo etadi. Chamasi, mamlakatimizdagi
hozirgi islohotlar chog‘ida demokratik, adolatli huquqiy qonunning konsepsi-
yasini ishlab chiqish, qonunning umumiy nazariy maketini vujudga keltirish
lozim.
Qonunning ustuvorligi g‘oyasi bu hali huquqning to‘la tantanasi degani
emas. Huquq – normalar tizimi ekanligidan tashqari, jamiyatning ijtimoiy
ongida shakllangan, uning ma’naviy mulkiga aylangan adolat, erkinlik va teng-
likni ifodalovchi ideal mezonlardir. Tabiiy huquq, uning asosida yaratilgan pozi-
1
Оdilqоriyev Х.T. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа qоnun chiqаrish jаrаyoni. – T., 1995. – 28-bеt.
2
O‘shа joyda, 33–34-bеtlаr.
3
O‘shа joydа, 35-bеt.
4
I. Kаntning fаlsаfiy tа’limоtidа qоnunning аql muvоfiqligi vа huquqiyligi mаsаlаsi bаtаfsil аsоslаn-
tirilgаn (Qаrаng.: Кант И. Основы метафизики нравственности. Критика практического разума. Метафи-
зика нравов. – СПб., 1995, – 283–286-betlar)