429
XXI bob.
Qonuniylik va
huquqiy tartibot. Intizom
tiv huquq davlat qonunlaridan ustun turadi. Shu bois Yevropaning ko‘pchilik
davlatlari konstitutsiyalarida
huquqning ustunligi prinsipi mustahkamlan-
gan.
Huquq ustunligi – bu ijtimoiy munosabatlarni insonning tabiiy huquqlari
nuqtayi nazaridan, haqiqat va adolat mezonlari asosida tartibga solinishining
yuksak darajasidir. Mamlakatimiz huquqshunosligi oldida turgan muhim ma-
salalardan biri «huquq ustunligi» va «qonun ustunligi» prinsiplarining nisba-
tini metodologiya jihatidan chuqur ilmiy-nazariy isbotlashdan iborat. Bunday
ilmiy-ijodiy izlanish, shubhasiz, huquqiy tafakkurimizni sifat jihatdan yangi
bosqichga ko‘taradi.
Milliy huquqshunosligimizda huquq ustunligi prinsipining tushunchasi,
mohiyati va ahamiyatini izohlashga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar paydo
bo‘layotganligi yuqorida biz asoslayotgan tendensiyaning isbotidir
1
.
Demokratik jamiyat barpo etayotgan huquqiy davlat qurish yo‘lidan bo-
rayotgan va shu maqsadda tub islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatimiz
uchun bugungi sharoitda (o‘tish davrida) qonun ustuvorligiga erishish vaziyat-
ning ayni taqozosidir.
Huquq ustuvorligi (ustunligi) prinsipi biz kelgusida erishishga intilayotgan
ideal tamoyil sifatida o‘z dolzarbligini saqlab qoladi. Istiqbolda, albatta, ijtimoiy
hayotimizda huquq ustuvorligi tamoyili rahbariy mavqega ega bo‘ladi.
Ta’kidlash muhimki, qonunning ustunligini ta’minlash nihoyatda de-
mokratik mazmundagi ishdir. Qonunga og‘ishmay itoat etilgan jamiyatdagina
demokratiya qaror topadi va mustahkam bo‘ladi.
Qonunning oliyligi xususida gap borganda, avvalo, davlatning shoh qonuni
hisoblangan Konstitutsiyaning oliyligini, ustuvorligini ta’minlash muhimligini
e’tirof etish lozim. Konstitutsiya mamlakat huquqiy tizimining poydevoridir.
U – xalqimizning davlat donishmandligi va siyosiy-huquqiy tajribasi samarasi
tarzida yaratilgan.
Konstitutsiya normalari ibtido – asos sifatida ta’sis etuvchi xarakterga
ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki boshqa norma-
tiv-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin
emas. Konstitutsiyaning qoidalari joriy qonunlar yoki boshqa huquqiy hujjatlar
vositasida muayyanlashtirilmaganligi tufayli ularni bajarmaslik va ularga rioya
etmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Konstitutsiya va qonunlar har bir fuqaro uchun, har bir huquq sohibi
uchun eng oliy qadriyat, mo‘tabar va muqaddas bo‘lmog‘i lozim. Biroq buning
uchun Konstitutsiya va qonunlarning o‘zi nihoyatda adolatli, insonparvar,
demokratik va oqilona bo‘lishi, jamiyatning yetilgan ehtiyojlariga hamda davr
talablariga mos kelishi lozim.
1
Islоmоv Z.M. Kоnstitutsiya – huquq ustunligining аsоsi. – T., 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |