Qonuniylik kafolatlari deganda huquqlardan foydalanish va yuridik
majburiyatni amalga oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy taraqqiyotning obyek-
tiv shart-sharoitlari va davlat hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan
maxsus ishlab chiqilgan turli-tuman usul va vositalar tushuniladi. Qonuniy-
likni kafolatlash jamiyatda qabul qilingan qonunlarni ijtimoiy hayotga tat-
biq etishning garovi hisoblanib, davlat ularni qo‘riqlash va mustahkamlashni
ta’minlovchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, yuridik, ma’naviy va boshqa omillarga
tayanadi. Agar qonunlar davlat tomonidan kafolatlanmasa, u ijtimoiy munosa-
batlarni tartibga solishda yuridik ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |