442
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Nazoratga olinganligi. Huquqiy tartibot davlat va jamiyat tomonidan
o‘rnatiladi va nazoratga olinadi. Huquqiy tartibot o‘rnatilgan jamiyatda inson
huquq va erkinliklariga rioya etiladi, fuqarolar o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy ba-
jaradilar. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy xulq-atvorini amalga oshirishga,
qonun va qonun osti hujjatlarini sifatli tarzda yaratishga hamda huquqni to‘g‘ri
tatbiq etishga erishiladi. Yuqorida qayd etilgan prinsiplarga tayangan holda
jamiyatda huquqiy tartibot o‘rnatiladi.
Yuridik adabiyotlarda huquqiy tartibotni turlarga ajratish, ya’ni tasniflash
mavjud va u bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, hududiy miqyosiga ko‘ra mamlakat, viloyat va tuman
miqyosida o‘rnatilgan huquqiy tartibot;
ikkinchidan, huquq sohasiga ko‘ra: konstitutsiyaviy, moliyaviy, ma’muriy,
jinoiy-huquqiy va boshqa huquq sohalari doirasida o‘rnatilgan huquqiy tartibot;
uchinchidan, huquqiy ta’siriga ko‘ra umumhuquqiy, sohaviy va alohida
normalar bilan o‘rnatiladigan huquqiy tartibot.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish muayyan tartibni joriy
qilish, kishilarning o‘zaro munosabatlarida mustahkam intizomni qo‘llab-quv-
vatlashni nazarda tutadi. Jamiyatda qonuniylik, jamoat va huquqiy tartibotning
ta’minlanishiga kuchli intizom orqali erishiladi.
Intizom – davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek korxona va
muassasalarda o‘rnatilgan, amal qilinishi lozim bo‘lgan ichki kun tartibi qoi-
dalaridir. Huquqshunoslikda intizomni tasniflashning ko‘p turlari bo‘lib, ularni
shartli ravishda uch guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin. Bular
davlat intizomi,
harbiy intizom va mehnat intizomi kabi turlardan iborat.
Davlat intizomi – davlat tomonidan o‘rnatilgan va shu hududda yashov-
chi barcha fuqarolar uchun majburiy ahamiyatga ega tartib-qoidalarga rioya
etishdir. Davlat intizomi muayyan davlat hududida o‘rnatiladi, mazkur davlat
fuqarolari uchun taalluqli bo‘ladi. Intizomni buzish yuridik oqibatlarni keltirib
chiqaradi, o‘rnatilgan intizom davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Harbiy intizom deganda barcha harbiy xizmatchilarning harbiy nizomlar,
komandirlar(boshliqlar)ning buyruqlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga
qat’iy va aniq rioya etishi tushuniladi. Harbiy intizomga harbiy burch, shaxsiy
mas’uliyat va mislsiz sadoqat kabi omillar orqali erishiladi.
Yuksak harbiy intizomga erishishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarda
ifodalanadi:
– harbiy xizmatchilarda yuksak axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlarni
tarbiyalash, komandirlarning buyruqlariga ongli tarzda bo‘ysunish;
– har bir harbiy xizmatchining o‘z majburiyatlari va harbiy nizomlar ta-
lablarini bajarish mas’uliyati;
Do'stlaringiz bilan baham: |