O‘ramalar chizish. Har xil kattalikdagi radiuslar bilan chizilgan aylana yoylaridan iborat ochiq va ravon egri chiziq o‘rama deyiladi (5.2.13 – chizma, a, b).
5.2.13 – chizma
O‘ramani ikkita va undan ko‘proq markazlar yordamida chizish mumkin. Ikki markazli o‘ramani chizish uchun markazi O dan R (OO1) radius bilan yarim aylana, O1 dan R1 (O1 1,2) radius bilan yarim aylana, yana O dan R2 (O 2,3) radius bilan yarim aylanalar chiziladi (5.2.13 – chizma, a).
Uch markazli o‘rama O markazdan R (O21) radius bilan chizishdan boshlanadi. Oldin uchburchak yasaladi va uning har bir uchi markaz deb qabul qilinadi. Uchburchak tomonlari davom ettiriladi va har bir chiziladigan yoy shu uchburchak tomonlarigacha chiziladi (5.2.13- chizma, b).
Tayanch so‘z: geometrik yasashlar, kesma, aylana, burchak, ko‘pburchak, tutashma, egri chiziq, o‘rama
Do'stlaringiz bilan baham: |