1. Konus kesimi chiziqlari. Doiraviy konusning barcha yasovchilari o‘qiga qiya tekislik Pv bilan kesilsa (5.3.1-chizma, a) ellips, bitta 1 S yasovchisi parallel tekislik Tv bilan kesilsa (5.3.1-chizma, a) parabola, o‘qi O S ga parallel tekislik bilan (Qw) kesilsa (5.3.1-chizma, a) giperbola hosil bo‘ladi.
5.3.1-chizma
Konus kesimi chiziqlarining asosiy hususiyatlari: ellipsning har bir nuqtasidan katta o‘qida joylashgan vaq F, F1 fokuslar deb ataladigan 2 doimiy nuqtasiga qadar bo‘lgan masofalarning yig‘indisi o‘zgarmas kattalik bo‘lib, u ellips katta o‘qiga teng (5.3.1-chizma, c). Parabolaning qaysi bir nuqtasi olinmasin, bu nuqtadan parabola fokusi F ga derektrissasigacha bo‘lgan masofalar o‘zaro teng bo‘ladi (5.3.2, a - chzima).
Do'stlaringiz bilan baham: |