Toshkent 2021 yil Annotatsiya



Download 26,48 Mb.
bet74/154
Sana12.01.2022
Hajmi26,48 Mb.
#337741
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
Bog'liq
22 11 2021 M Xalimov, H To'rayev, Sh Dilshodbekov, Sh Muslimov Chizma

Parabola. Uning parametrlari boshi O, fokusi F berilgan bo‘lsa, parabolaning qaytish nuqtasi A ni aniqlash uchun OF masofaga teng ikkiga bo‘linadi. O nuqta orqali paranola direktrissasi o‘tkaziladi. A nuqtadan boshlab ixtiyoriy masofada bir nechta nuqta tanlab olinadi va ulardan x o‘qqa perpendikulyar yordamchi chiziqlar chiziladi. 01,02,03 radiuslar bilan F nuqtadan yoylar chiziladi. Shunda yordamchi chiziqlarda I, II, III nuqtalar aniqlanadi va ular lekalolar yordamida ravon tutashtiriladi (5.3.3- chizma, a).



a b c


5.3.3-chizma

Parabolaning o‘qi x, uchi A va B,C nuqtalari bo‘yicha uni chizish uchun BCDE yordamchi to‘g‘ri to‘trburchak yasab olinadi (5.3.3-chizma, b). AD va BD tomonlari o‘zaro bir xil teng bo‘laklarga bo‘linib, 1,2,3,4 nuqtalar A bilan, so‘ngra 1,2,3,4 nuqtalardan x o‘qqa parallel chizilgan chiziqlar bilan kesishtiriladi. Hosil bo‘lgan nuqtalar leklolar yordamida ravon tutashtiriladi.

O‘zaro B nuqtadan kesuvchi to‘g‘ri chiziqlardan biriga A nuqtada, ikkinchisiga C nuqtada urinuvchi parabolani chizishda har ikkala tomon, ya’ni AB va BC lar o‘zaro teng bo‘laklarga bo‘lib olinadi. 1va 11 , 2 va 21 ,3va 31 ,4 va 41 lar o‘zaro tutashtiriladi va bu chiziqlarga urinma qilib parabola lekalolar yordamida ravon chiziladi (5.3.3-chizma, c).

Giperbola. Ikkita doiraviy konus uchlari biita o‘qda umumiy nuqtaga ega bo‘lsa, Q tekislik konuslarni o‘qiga parallel holda ikkita kovagini kesadi va hosil bo‘lgan egri chiziqlar giperbola deyiladi (5.3.4 – chizma, a, b).

5.3.4 – chizma

Giperbola fokuslari F,F1 uchlari A,A1 orqali berilgan bo‘lsa, uni chizish uchun OF(OF1) radius bilan aylana chiziladi. A,A1 dan vertical chiziqlar chizib, aylana bilan kesishgan nuqtalari O bilan tutashtirilsa giperbola assimptotalari chiziladi. F1dan ixtiyoriy masofadagi 1,2,3 nuqtalar tanlab olinadi va A1 hamda A11 radiusda F,F1 nuqtalaridan o‘zaro kesishadigan qilib yoylar chiziladi. Shunda giperbolaning to‘rtta nuqtasi topiladi. Shu tartibda A2, A12 radiuslar bilan chizilgan yoylarning yordamida yana to‘rtta nuqta aniqlanadi va hokazo.

Giperbolaning har ikkala tarmoq chizig‘i assimptotalarga nisbatan bir xil masofada hosil bo‘lib, ular bilan kesishmaydi.Giperbolaning assiptotalari o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qilib joylashsa, teng tomonli yoki teng yonli giperbola deyiladi.

Giperbolaning bitta tarmog‘i A nuqtasi t,t1 orqal berilgan bo‘lsa, uni chizish uchun o‘zaro perpendikulyar m va n assimptotalari t va t1 masofada chizib olinadi. A nuqta orqali m,n chiziqlarga parallel qilib x va y o‘qlari o‘tkaziladi va ularga oralig‘i mos ravishda teng 1,2,3,...11,21, 31 nuqtalar belgilanib olinadi. Bu nuqtalar O bilan tutashtirilsa, x va y o‘qlarida 1',2',3',... 1'1,2'1,3'1,... nuqtalar hosil bo‘ladi. 1 va 1', 2 va 2',3,3' hamda 11 va 1'1, 21 va 2'1, 31 va 3'1 nuqtalardan o‘zaro to‘g‘ri burchakda kesishadigan qilib chiziqlar o‘tkazilsa, giperbolaning I,II,II va I1,II1,III1 nuqtalari topiladi va ular ravon qilib lekalolar yordamida chiziladi (5.3.4-chizma, c).

Giperbolaning uchi A va C nuqtasi berilgan bo‘lsa, uni chizish uchun ABCD to‘g‘ri to‘rtburchak chizib olinadi va EC hamda CD tomonlari bir xil teng bo‘laklarga bo‘lib olinadi. AB ga teng AO masofa o‘lchab qo‘yiladi. So‘ngra 1,2 nuqtalar O bilan tutashtirilib,1 A,2 A chiziqlar kesishtiriladi. Shunda giperbola nuqtalari I, II lar topiladi. Giperbolaning AB qismi AC dan mos holda olib o‘tiladi (5.3.4 – chizma, d).




Download 26,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish