Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/92
Sana20.07.2022
Hajmi2,15 Mb.
#828178
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini o‘tishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
o‘quvchilardagi qobiliyatni yanada yorqinroq ko‘rinishga, o‘stirishga va rivojlantirishga xizmat 
qiladi. 
Adabiyotlar ro‘yhati:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X. Ona tili o‘qitish metodikasi. (Darslik) Toshkent, 
Noshir, 2009 
2. Abdurazzoqov A. 2-sinf o‘qish darslarida muammoli vaziyat yaratish. Til va o‘qish ta’limi. 
2003 №34. B. 161 
3. Aliyev A. O‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –T.: O‘qituvchi, 2016. 68 b. 


47
Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLAR O‘QUVCHILARINI SAVODGA O‘RGATISH 
DAVRIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI
Izbosarova Mohinur Axtamqulovna, 
Navoiy viloyati Karmana tumani 
7-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, barkamol insonni shakllantirish ertangi taqdirimizni 
belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ma’naviy 
yuksaklikka doir islohotlar amalga oshirilayotgan O‘zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi 
yoshlarga ehtiyojning oshishi davr talabidir. 
Hayotga ziyrak ko‘z bilan qaraydigan, teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega, iqtidorli 
shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonunida ko‘rsatib o‘tilganidek, demokratik jamiyatda insonni erkin va mustaqil fikrlaydigan 
qilib tarbiyalash zarur. 
Savodga o‘rganish bola hayotida eng mas’uliyatli davr. Bu davrda bola ijtimoiy tafakkurida 
keskin o‘zgarishlar vujudga keladi. O‘ziga ota-ona tomonidan bildirilayotgan ishonchni bola 
yaxshi his qiladi. Zimmasiga yuklatilayotgan sinovlarga munosib javob bera olmasligidan 
cho‘chiydi. Ichdan ezilishi, chuqur hayajonga tushishi mumkin. Shuning uchun bu davrni 
psixologlar “krizis davri” deb ham ataydilar. Demak, insonparvaplikka asoslangan ta’lim 
tizimimiz, o‘zini ustoz degan sharafli nomga sazovor deb bilgan o‘qituvchilar bolaning maktab 
hayotiga, yangi o‘rtoqlariga, noodatiy hayot tarziga ko‘nikib ketishlari uchun imkon qadar 
ko‘maklashishlari lozim. 
Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning yozuvda ifodalanishi, 
harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni bo‘g‘in va tovushlarga ajratish, bog‘lanishli nutqni 
o‘stirish, boshlang‘ich orfografiya qoidalari xususida tasavvurni rivojlantirish, umuman ona 
tilining go‘zalligi va rang-barangligini anglatishdek muhim vazifa turadi. Bu bosqichda muayyan 
turlarni tashkil etuvchi predmetlar nomi - alifbe darsligining alifbegacha bo‘lgan davrida: 
mevalar, sabzavot, poliz ekinlarining turlariga oid rasmlarning berilishi, keyingi bosqichlarda 
joy nomlari, o‘rmon hayvonlari, parrandalarni turkumlab o‘rgatishga oid matnlar va rasmlarning 
tavsiya etilishi, tugallanmagan jumla, matn, so‘zlarning berilishi, ularning o‘quvchi tomonidan 
davom ettirilishi, o‘zbek xalq maqollari, topishmoq, tez aytish va hikmatli so‘zlarning berilishi 
- bularning barchasi o‘quvchining nutqi va tafakkurini o‘stirishga qaratiladi. 
Savod o‘rgatishning asosi hisoblangan alifbe darsligini takomillashtirish davr talabidir. 
Takomillashtirish darslikning metodik qurilshiga, mazmuniga, g‘oyaviy yo‘nalishiga birdek 
aloqador bo‘lib, bunda, avvalo, didaktikaning umumiy mezonlariga hamda alifbe darsligi 
tuzilishining xususiy mezonlariga asoslaniladi. 
G‘oyaviylik, bayonning ilmiyligi, tushunarliligi, ko‘rsatmalilik, onglilik, o‘quv materiallarining 
hayot bilan bevosita aloqadorligi,bolalar yoshi va dunyoqarashi, o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini 
hisobga olinishi kabi qator didaktik mezonlar alifbe darsligining tuzilishida, mazmunida hisobga 
olinishi zarurdir. 
Shuningdek, alifbe darsligini tuzishda qator xususiy jihatlar ham mavjud bo‘lib, bular alifbe 
darsligini tuzishning asosiy qoidalarida nazarda tutiladi. 
Shuningdek, o‘quvchilar ongini faollashtirishda rebus-o‘yinlar, topishmoqlar, turli jumboqlar 
katta ahamiyatga molik bo‘lib, ular savodga o‘rgatish jarayonining qiziqarli va sermazmun 
bo‘lishiga imkon yaratadi. 
Savodga o‘rgatishning o‘ziga xos metodlari mavjud bo‘lib, bundagi asosiy talablar 
quyidagilardan iborat: 
a) o‘zbek tilining tovushlari va mazkur tovushlarning yozuvda ifodalanishining o‘ziga xos 
yo‘nalishlarini e’tiborga olish; 
b) maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan bolaning ta’lim jarayoniga moslashish 
imkoniyatlarini o‘rganish, alifbegacha bo‘lgan davrda o‘quvchilarni savod o‘rgatishga tayyorlash, 
ularda gapni so‘zdan, so‘zni bo‘g‘inlardan va nihoyat bo‘g‘inlarni alohida tovushlardan tashkil 
topganligi haqida tushunchani tarkib toptirish - savodga o‘rgatish alifbegacha bo‘lgan davrdan to 
alifbe davri tugagunga qadar davom etadi. Chunki o‘quvchining tovush, bo‘g‘in, so‘z va gapning 


48

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish