Январь 2021 10-қисм
Тошкент
va uning natijalarini tekshirish hamda o‘rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish
qobiliyatidir.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda uch katta guruhga bo‘lish mumkin: shaxsiy, didaktik
va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.
Shaxsiy qobiliyatlarga quyidagilar kiradi: 1) ta’lim oluvchilarga ijobiy yo‘nalganlik - ta’lim
oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga, muloqot qilishga intilish, ularga nisbatan
do‘stona munosabat, xayrixohlik; 2 ) vazminlik, o‘z hissiyotlarini nazorat qila olishi - har qanday
vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik. Lekin vaziyat talab qilganda o‘qituvchi zaruriy tarzda o‘z
hissiyotlarini namoyish qiladi (quvonch, qayg‘u, g‘azab). Lekin vazminlik befarqlikka aylanib
ketmasligi kerak; 3) o‘z psixik holati, kayfiyatini boshqara olish - o‘qituvchi hayotida, faoliyatida
har qanday noxush holat ro‘y bergan bo‘lsa ham o‘zini tetik tutishi kerak.
Didaktik qobiliyatlar sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: 1) tushuntirish qobiliyati
- o‘rganilayotgan materialni ta’lim oluvchilar uchun tushunarli qilib etkazish, buning uchun
o‘qituvchi ta’lim oluvchilar uchun yangi bo‘lgan materialni “ularning ko‘zlari bilan ko‘ra bilishi
kerak”; akademik qobiliyat - o‘z fanini, sohasini chuqur bilishi, umumiy va ilmiy dunyoqarashning
kengligi; nutq qobiliyati - o‘z fikrlari, his- tuyg‘ularini tushunarli qilib ifoda etishi, muloqotning
noverbal vositalari: mimika va pantomimikalardan o‘rinli foydalana olishi. Bunda suhbat
predmetini bilish, etkazayotgan ma’lumotlariga nisbatan ishonch, nutqni “og‘irlashtiruvchi”
tuzilmalardan foydalanmaslik, qo‘llanilayotgan atama va tushunchalarga izoh berish, nutq tezligi
va ovoz balandligi nazarda tutiladi.
Tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: tashkilotchilik
qobiliyati - o‘quvchilar jamoasini tashkillay olish va o‘z faoliyatini tashkillay olish; rejalashtirish,
nazorat qilish; kommunikativ qobiliyat - o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda muloqotni to‘g‘ri tashkillash; pedagogik kuzatuvchanlik - o‘quvchining
ko‘rinishidan undagi ichki kechinmalar, kayfiyatini bilib olish, sezgirlik; pedagogik takt - ta’lim
oluvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda aniq vaziyatdan, ta’lim oluvchi shaxsi xususiyatlaridan
kelib chiqish va uning nafsoniyatiga tegmaslik; suggestiv qobiliyat - ta’lim oluvchiga emotsional-
irodaviy ta’sir o‘tkazish, talab qo‘yish va talabning bajarilishini qat’iy nazorat qilish (bir
tomondan qo‘rqitishsiz, qistovsiz - boshqa tomondan bo‘shlik qilmasdan); pedagogik prognoz -
o‘z harakatlari natijasini, shaxsida bo‘lib o‘tadigan o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish; diqqatni
to‘g‘ri taqsimlay olish - bir paytning o‘zida bir necha faoliyatni olib borish: materialni bayon
qilish, o‘z fikrlarini kuzatib borish, berilayotgan savollarga javob berish, ta’lim oluvchilar jamoasi
hulqini nazorat qilib turish.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, pedagogik qobiliyat o‘qituvchi
faoliyatida muhim ahamiyatga ega ega. Mazkur qobiliyati shakllanmagan o‘qituvchi o‘z fanini
o‘quvchilarga yaxshi yetkaza olmaydi va o‘quvchilarning ham bu fanga qiziqishlari bo‘lmaydi.
Shuning uchun har bir pedagog mazkur qobiliyatini rivojlantirib borishi uchun har doim o‘z
ustida ishlashi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. 1.J.O.Tolipova. Biologiyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2011.
2. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika. Toshkent 2017-yil
44
Do'stlaringiz bilan baham: |