Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI ANIQLASH
UCHUN ZEHNINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Qurbonova Xolbibi To‘raqulovna,
Navoiy XTXQTMOHM
“Boshlang‘ich, maxsus ta’lim”
Annotatsiya:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini oshirishda ularni
zehnini aniqlab qobilyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib matematik savodxonlikni oshirish
metodikasi bilan tanishamiz.
Kalit so‘zlar:
Zehn turlari:ogzaki,tasviriy,jismoniy ,musiqiy,tabiiy,shaxsiy zehn turlari.
Dunyoni bilmakka idroking garov, Zehn qo‘ymoqqa dili poking garov. Yaxshi ish qilmoq
uchun garov o‘quv, Sanga lozimdir uquv birlan o‘quv. Anbar Otin Agar inson ilm nuri birla
o‘z yo‘lini yoritsa,zulmat va nodonlik ko‘chada qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat
bilan baquvvat bo‘lganidek manashu ilmni o‘z zehni bilan oladi.Ilm olish jarayonida ko‘pchilik
boshlang‘ich sinflarda barcha o‘quvchilarga bir xil talab qo‘yiladi.Lekin o‘quvchining qobilyati
bilan birga idrok qila olish zehni ham muhim rol o‘ynaydi.Biz o‘quvchini zehnini hisobga olmay
unga bosimni kuchaytiramiz. Xo‘sh zenning o‘zi nima?,u inson qobilyatlari majmuasida qay
tariqa namoyon bo‘ladi.
“Zehn o‘zgarib turuvchi,yashash va xotirani mustahkamlab turadigan har bir insonga xos
alohida qobilyat”dir.Taniqli amaliyotchi psixolog Xovard Gardner o‘z tadqiqodlarida insonga
bir necha xil zehn borligini ta’kidlaydi.U 1983-yilda yozgan “Aql chegaralari”nomli kitobida
madaniyat va ilmda zehn tushunchasi juda tor izohlanadi,aslida zehn inson miyasining turli
bo‘limlarida tashkil topadi va u ilm olayotganda idrokini namoyon etadi deb baholaydi.
Gardnerning ko‘p qirrali zehn haqidagi qarashi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ham
iqtidorini namoyon etishida e’tiborga oladigan jihatdir deb hisoblab hukmingizga bir qancha
zehnni aniqlash testlarini tavsiya etamiz.
Og‘zaki zehn-tildan so‘zlardan unumli foydalana olish, murakkab ma’nolarni anglash,insonlarga
gapini yaetkaza bilish qobilyati sanaladi.Bunday qobilyatlar hamma o‘quvchida namoyon bo‘la
olmaydi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarimiz o‘z fikrlarini yetkazishda qiynalishadi yoki
duduqlanib gapirishadi ayrim hollarda ortiqcha so‘zlarni (keyin,lekin,hm) ko‘p takrorlashadi.
Bunday o‘quvchilarimizda unumli tinglash qobilyati past bo‘ladi,Bir hikoya yoki ertakni
oxirigacha tinglamaydi, fikri tarqoq bo‘ladi. Og‘zaki zehni past o‘quvchilarga audio kitoblardan
ko‘proq tinglashi yoki kitobni o‘qib mazmunini gapirib berayotganda ortiqcha so‘zlarni
ishlatganda uni chalg‘itib choralarini qo‘llash (ortiqcha so‘z qo‘shgan gapini ko‘p marotaba
yozish)tavsiya etamiz.
Mantiqiy zehn tushunchalar va fikrlar o‘rtasidagi aloqalarni idrok eta olish,mavhum va ramziy
ma’nolarni anglash qobilyatidir.Bunday zehnga ega o‘quvchilarimiz topishmoq va mantiqiy
o‘yinlarni tez topa oladi,matematik figuralarni chizishda aniqlik bilan bajaradi,xotirasiga tayanmay
murakkab misol va masalalarni ham oddiy soda usulda yechishga harakat qiladi. Mantiqiy zehni
sust o‘quvchilarni aniqlash metodikasi. -O‘quvchilar qoliga chizg‘ich bermasdan tog‘ri chiziq
chizdirish. – O‘quvchilarga turli tasviriy ifodalarni berib bir xildagilarini ajratishni buyurish. –
O‘quvchilarga ortiqchasini toppish yoki xatosini toppish kabi testlar bajartirib aniqlanadi.
Qobiliyati past chiqqan o‘quvchilarimizga eng avvalo aniqlik mashqlari chizg‘ich va qalam
yordamida turli o‘lchovdagi geometric figuralarni chizish orqali yoki mantiqiy matematik
savollar orqali rivojlantirish mumkin. Quyida sizlarga bir nechta mantiqiy matematik savollar
beramizki bu savollardan matematika darslarida va o‘quvchilaringizni mantiqiy zehnini oshirishda
foydalanasizlar degan umiddamiz. Ayrimlarini uyga vazifa qilib berinki uyda ota-onalari va oila
a’zolari bilan birgalikda bajarishsin. Sizlarga bir nechta mantiqiy masalalar tavsiya etamiz.
1. 1,2,3,4,5,6,7,8,9 sonlari orasida shunday amallarni qo‘yinki javobi 1 chiqsin.
2. Beshta bir yordamida 100 sonini yasang.J:111-11=1
3. Qaysi sonni matematik amallarsiz cheksizlik bekgisiga aylantiring? J;8 4. 4 ta 2dan har
xil matematik amallar yordamida 9 sonini chiqaring? J:22:2-2=9 5.5 ta qayin o‘sadi har birida
5 tadan shox bor,Har bir shoxda 3 tadan olma bor.
Barcha shoxlardagi mevalar qancha? J; Qayin olma solmaydi.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |