Январь 2021 10-қисм
Тошкент
o‘zaro aloqadorligi, uyg‘unligi va yaxlitligini to‘g‘ri idrok etishi orfografik savodxonlikka,
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, bola nutqining rivojlanishi va o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dastlab bola so‘zni idrok etishi, so‘ng so‘zni bo‘g‘inga, bo‘g‘inni tovushlarga ajrata olishi, gapni
so‘zlardan, matnni gaplardan farqlay olishi lozimdir.
Bu davrda asosiy e’tibor bola nutqini o‘stirishga, sinfda o‘quvchilar jamoasini tashkil qilishga,
bolani hali yaxshi o‘zlashtirilmagan vaziyatda o‘zini erkin, bemalol his qilishiga, atrof tevarak
bilan tanishtirish, o‘quvchilar jamoasi bilan do‘stona aloqa o‘rnatish kabilarga e’tibor beriladi.
Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini
jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga
erishmoqdalar. Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p
adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari,
iqtidorini hisobga olishi zarur.
Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab
ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka,
keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin
darslarini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yin darslarda ishtirok etish uchun
kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur.
Ta’limdan maqsad o‘quvchilarni ilmiy bilim va tushunchalar bilan qurollantirishdangina
iborat bo‘lmay, balki axloqqa oid bilim va tushunchalar
asosida ular ongiga, turmush tarziga insoniy axloq me’yorlarini singdirishni, e’tiqodi va
ma’naviyatini tarkib toptirishni ham nazarda tutadi. Shunga ko‘ra alifbe darsligiga o‘quvchilarni
axloqiy tarbiyalashga qaratilgan ertak, hikoya, rivoyat, masal, maqol kabilar kiritilgan.
Alifbe darsligi ta’lim-tarbiya jarayonining birligini ta’minlashi kerak. Savodga o‘rgatish
davrida alifbe darsligidagi mavjud o‘quv materiallari, qo‘shimcha manbalar asosida o‘quvchilarda
milliy g‘oya, milliy ruh tarkib toptiriladi, ularga jamiyatimiz a’zolariga xos vatanparvarlik,
insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalari singdiriladi.
Test
1.Alifbe kitobining muallifi kim?
A. R.Safarova , T. G‘afurova
*B. R. Safarova , M. Inoyatova
C.R. Safarova , M. Jumayev
2.Savod o‘rgatishning asosiy metodlari ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A. Suhbat va tushuntirish metodi
B. Muammoli yarim izlanish metodi
*C. Analitik – sintetik tovush metodi
3.Savod o‘rgatishning tayyorgarlik davriga necha soat ajratilgan?
*A. 8 soat B. 10 soat C. 12 soat
4.Savod o‘rgatish davrida o‘qituvchi oldidagi vazifa.
*A.Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning yozuvda ifodalanishi,
harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni bo‘g‘in va tovushlarga ajratish, bog‘lanishli nutqni
o‘stirish.
B. Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning yozuvda ifodalanishi,
harf va tovush haqida tushuncha, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, yozma matn tuzish
C. Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning yozuvda ifodalanishi,
harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni bo‘g‘in va tovushlarga ajratish, diktant yozdirish
O‘quvchilarning qiziquvchanligini va o‘qishni o‘rganishga bo‘lgan intiluvchanligini oshirish
maqsadida boshqotirmalardan foydalanamiz.
Savod o‘rgatish davrida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish , bo‘g‘inlardan unli va undosh
tovushlarni ajratishda ko‘rgazmalilikdan foydalanish yuqori samara beradi.
So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ling.
“Kun – tun” metodida unli va undosh harflarni ajrata olish , ularni farqlay olish va
qiziquvchanlikni, chaqqonlikni oshirish maqsadida “ Undosh harf yozilgan katakni ko‘k rangda
bo‘yang” kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarda o‘qish ko‘nikmalarining
shakllanishi, didaktik o‘yinlar orqali oshirib boriladi. Bu o‘yinlar yordamida o‘quvchilarning
bilimga bo‘lgan qiziqishlari kuchayadi, mustaqil tafakkur qilish jarayoni kengayadi, hamda yozma
49
Do'stlaringiz bilan baham: |