Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
sanoat ishlab chiqarish davlatiga o‘tib bormoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirishda
mutaxassislarning texnikaviy salohiyati muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat
yuritadigan mutaxassislarning boshlang‘ich ko‘nikmalari aynan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
texnologiya fani darslarida tarkib topadi.
“Texnologiya” materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berish va qayta ishlash
usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir.
Texnologiya deganda sub’ekt tomonidan ob’ektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda
sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va
sharoitlardan foydalanib, ob’ektga yo‘naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda
bajarishni ko‘zda tutadi.
Ushbu tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi (pedagog)ning
o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi (o‘quvchi)larga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli
ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni
intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari
hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki bilim, mehnat ko‘nikmalari, malakalarini,
mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, mehnat va kasblarni qadrlashga,
ularning ahamiyatini tushunishga o‘rgatish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida
yashash manbai bo‘lgan mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va
tafakkurlarini rivojlantirish, qiziqishi, mayl va qobiliyatiga xos kasb-hunar tanlashiga zamin
yaratish texnologiya fanining asosiy maqsadi hisoblanadi.
O‘quvchilarning texnologiya faniga oid o‘quv reja va dasturlari orqali o‘quv muassasalarida
oladigan nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalari turli shakllarda tashkil etiladigan
quyidagi unumli mehnat turlari va jarayonlarida ishtirok etishlari orqali mustahkamlanadi:
- mehnat turlari va sohalari bo‘yicha maktabda tashkil etiladigan amaliy to‘garaklar;
- maktab ustaxonalari, laboratoriyalari, tajriba-sinov va yer maydonlari;
- homiylik va otalik korxonalari negizida tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlar;
- maktab kooperativlari, kichik va qo‘shma korxonalarda ishlash;
- mehnat amaliyotida qatnashish;
- turli xil mulkchilik shakllaridagi ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar tashkil etish;
- mehnat va hosil bayramlari, anjumanlari, ko‘rgazmalari va shu kabilarni tashkil etish.
O‘quvchilar mehnat faoliyatining bu ko‘rinishlarini tashkil etishda o‘quvchilarning yoshi,
shaxsiy, ruhiy, fiziologik xususiyatlari, pedagogik va metodik mezonlar, mehnat qonunchiligi,
sanitariya-gigiyena va mehnat xavfsizligi talablari, milliy an’analar va urf-odatlar, iqtisodiy
sharoitlar va qonuniyatlar hisobga olinishi lozim.
Umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishni tashkil qilishda zamonaviy talablardan
kelib chiqib, ta’lim standartini ishlab chiqish, o‘quv reja va dasturlarini, zarur darsliklarni yaratish,
tarqatma va ko‘rgazmali materiallar tuzish, texnologiyaning ilmiy-uslubiy asosini yaratish jaray-
oni, avvalo, yagona tizimga va tartibga solinishi, boshqarilishi hamda eng muhimi, o‘quv-tarbiya
tizimini mazmunan va shakllan takomillashtirilishi shu sohada keng ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borish ishlarini jadallashtirishi ilmiy-metodik ta’minotning asosini tashkil etadi. Ilmiy-metodik
ta’minot maktab uslubiy kengashlari, tuman, viloyat xalq ta’limi bo‘limlari, tegishli vazirliklard-
agi ilmiy-uslubiy kengashlar faoliyatlari, ilmiy-tadqiqot institutlaridagi, oliy o‘quv yurtlari kafe-
dralarida olib borilayotgan mazkur yo‘nalishlardagi ilmiy izlanishlar, tadqiqot-tajriba ishlari bilan
uyg‘unlashtirilmog‘i va muvofiqlashtirilmog‘i lozim.
Texnologiya fanini amalga oshirishning o‘ziga xos asosiy shartlaridan biri – uning barcha
bo‘g‘inlaridagi o‘quv jarayonini moddiy-texnikaviy, uslubiy- didaktik jihatdan hozirgi zamon ta-
lablari asosida majmuaviy ta’minlanishidadir.
Texnologiya fanining moddiy-texnik ta’minoti; dastgohlar, maxsus binolar, yo‘riqnomalar,
huquqiy va ma’muriy hujjatlar majmualari, texnologik va xavfsizlik xaritalari, turli materiallar,
asbob-uskunalar, moslamalar, energiya manbalari, ehtiyot qismlar va boshqalarni o‘z ichiga ola-
di. Bu ta’minotni amalga oshirishda davlat tashkilotlari, xususiy, kichik, qo‘shma korxonalar va
mehnat jamoalari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik yordami jalb qilinsa, Texnologiya fanini
o‘qitishning samaradorligi ortadi.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |