Тошкент-2021 3 Июнь 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/114
Sana23.06.2022
Hajmi2,37 Mb.
#695234
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
yengish uchun ham alkogol yoki giyohvand modda istemol qiladi. Imkoniyat bo‘ldi deguncha 
bunday odamlar fobik ya‘ni ularni qo‘rquvga soluvchi vaziyatlardan qochadi va ohir oqibat ijti-
moiy izolyatsiyagacha olib keladi. Uyga kishanlanib qolish esa ular ahvolini yanada yomonlasht-
irishi mumkin. Ushbu muammolar insonlarning ijtimoiylashuviga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ularni 
e‘tiborsiz qoldirmasligimiz va yanada chuqur o‘rganishimiz kerak. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. N.Islomova, D.Andullayeva Ijtimoiy psixologiya.
2. М.Томас «Исповедь социопата. Жить не глядя в глаза».
3. Internet saytalari.


75
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
UMUMTA’LIM MAKTABLARI FANLARINI O‘QITISHDA ILG‘OR XORIJ 
TAJRIBALARINI QO‘LLASHNING QIYOSIY TAHLILLARI 
Nurmuhamedova Nasiba Xurramovna 
Muzrabot tumani 27- umumta’lim maktabi 
informatika fani o‘qituvchisi, 
Mirova Kamola Egamberdiyevna 
Termiz shahar 8-umumta’lim maktabi 
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada umumta’lim maktablari fanlarini o‘qitishda ilg‘or xorijiy 
tajribalar husususida nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, AQSH, Finlandiya va 
boshqa xorijiy rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimlari tahlil qilingan.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda 
kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama 
qo‘llabquvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy 
tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro 
tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi 
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim 
ahamiyatga egadir. 
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, 
xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston 
Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi 
ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan 
hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin. 
Qariyib 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o‘rganish sohasida 
yetakchi tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning 
ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. 
Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko‘rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro 
bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi.
Davlat ta’lim standartining vazifalaridan biri davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati 
va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash etib belgilangan. 
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplaridan biri rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga 
olgan holda foydalanishdir. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimini o‘rganish, ularning ilg‘or tajribalarini 
milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda amalda qo‘llash dolzarb vazifa sanaladi. Quyida bir 
qator rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimi, xususan, ta’limi mazmuni yoritilgan. Buyuk 
Britaniyada 5 yoshdan 16 yoshgacha ta’lim olish majburiy hisoblanadi. 
Ammo, chet ellik oila farzandlari 7 yoshdan maktabga qabul qilinadi. 
Ta’lim bosqichlari: 1) maktabgacha ta’lim (3-5 yosh); 2) boshlang‘ich ta’lim (5-11 yosh); 3) 
o‘rta ta’lim (11-16 yosh); 4) oliy ta’lim. 
Ta’lim tizimi 2 tarmoqqa ajratilgan: davlat byudjeti hisobidan bepul ta’lim (state school), unda 
bolalarning 93% i o‘qiydi hamda xususiy, pullik ta’lim (private school)da bolalarning 7% i o‘qiydi. 
7-11 yoshli bolalar boshlang‘ich maktab (junior school yoki preporatory school) da o‘qishadi. 
Maktabda matematika, ingliz tili, geografiya, tarix, musiqa va san’at o‘qitiladi. Asosiy 
o‘qitilayotgan fanlardan Common Entrance Examination (CEE) – umumiy kirish imtihonini test 
sinovlari ko‘rinishida va IQ topshiriladi. 11 yoshdan 16 yoshgacha davlat yoki xususiy maktablarda 
o‘qitish o‘quvchilarning GCSE (General Certificate of Secondary Education) – o‘rta ma’lumot 
haqidagi shahodatnoma yoki GNVQ (General National Vocational Qualification) — kasbiy malaka 
haqidagi milliy guvohnomani olishga qaratilgan. 
14 yoshdan 16 yoshgacha o‘quvchilar, odatda, 7-9 ta fandan imtihon topshirishga va o‘rta 
ma’lumot haqidagi sertifikat GCSE ni olishga tayyorlanishadi. Britaniya maktablarining asosiy 


76

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish