73
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
SOTSIOFOBIYANING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Niftullayeva Surayyo Maxmutovna
Navoiy
viloyati Karmana tumani
3-son umumiy o‘rta ta’lim
maktabi psixologi
Tel: +998913395406
Annotatsiya
. Mazkur maqolada ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari, sotsiofobiya va
uning uning belgilari, hissiy alomatlari, uni diagnostika qilish usullari haqida malumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiylashuv,
individuallashuv, sotsiofobiya, xatti-harakat qo‘rquv, muhit,
xavotir, sotsiopatlar,
psixologiya, M.Leybovich, hayajon.
Inson tug‘ilgach ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlarini bosib o‘tgach shaxs bo‘la ola-
di. Ijtimoiylashuv ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatini o‘zlashtirish, ya‘ni ijtimoiy muhit talab-
lariga insonning munosabat bildirishidir. Individuallashuv o‘ziga xoslikka ega bo‘lish, jamiyatda
o‘z o‘rniga ega bo‘lish, mustaqil bo‘lish degani. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv
va individuallashuv jarayoni o‘rtasida tenglik yuzaga kelmasa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi
ro‘y bermaydi. Sotsiofobiya ham insonni jamiyatdan, ijtimoiylashuvdan uzoqlashtiradi, individual
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Hozirgi davrda insonda uchrovchi tibbiy kasalliklar bilan bir
qatorda psixologik nuqsonlar,
muammolar ham ko‘payib bormoqda. Bularning kelib chiqish sabablari ham turlichadir. Insonlar
orasida psixologik nuqson yoki maummolari bor insonlar bor, ammo ular buni jiddiy qabul qil-
ishmaydi, aksariyat hollarda e‘tibor ham berishmaydi. Sotsiofobiya ham insonlar e‘tibor bermay-
digan, shunchaki tortinchoqlik, uyatchanglik yoki qo‘rquvga yo‘yib qo‘yilaveradigan muammo-
lardan biridir.
Sotsiofobiya – omma oldida xatti-harakat qilishdan doimiy va asossiz qo‘rquv. Sotsiofoblar
har qanday jamoat harakatlaridan masalan, nutq so‘zlashdan, ko‘pchilik oldida ovqatlanishdan,
odamlarning diqqat-e‘tiborini jalb
qiladigan harakatlar qilishdan, o‘zgalar nigohida bo‘lishdan
qo‘rqadi. Biz sotsiofobiya alomatlarini, belgilarini hayojonlanish bilan adashtiramiz. Masalan har
qanday shaxs ham rasmiy shaxs bilan suhbatda yoki ko‘pchilik oldida muhim nutq so‘zlagan-
da hayajonlanadi. Ammo sotsiofoblarda bunday vaziyatlarda reaksiyalar kuchli va yorqin ko‘zga
tashlanadi. Ayrim sotsifoblar yolg‘iz bo‘lmaguncha hech qanday harakatni bajara olmaydilar. Ij-
timoiy qo‘rquv har xil yoshdagi va turli ijtimoiy toifalar orasida aniqlangan. Biroq, ko‘pincha
ijtimoiy fobiya ijodiy ish bilan shug‘ullanadigan odamlarda qayd etiladi: yozuvchilar, rassomlar,
kompyuter dasturchilari va vaqtini kecha-yu kunduz virtual o‘yin maydonida o‘tkazadigan inson-
larda ham mavjud.
Ijtimoiy qo‘rquv turli xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi – kimdir telefon suhbatlaridan qo‘rqa-
di, kimdir ko‘chaga chiqish, kafelarga tashrif buyurish, jamoat joylarida ovqatlanishdan, ommaviy
chiqishlar, qarama-qarshi jinsdagi odamlar bilan aloqa qilishdan, ishlash paytida ularni kuzatish-
laridan qo‘rqadi. Ushbu fobiyaning alomatlari va belgilari xilma-xil bo‘lib, ular vahima hujumini
eslatadi: odamning qo‘llari titraydi, tizzalari egilib, terlash, ko‘ngil aynishi, nafas olishda qiyin-
chilik kuzatiladi, u issiq yoki sovuqqa tashlanishi mumkin. Ayniqsa bu belgilar kuchli yurak urishi
va tushunarsiz qo‘rquv hissi bilan birga keladi. Sotsiofobiyaning hissiy alomatlari: asabiylashish,
tez-tez kayfiyat o‘rgarishi, asossiz ko‘z yoshlari, vahima. Ba‘zida sotsiofoblar va sotsiopatlarni farq
qilish qiyin bo‘ladi. Ya‘ni har ikkisida ham belgilar o‘xshashdir. Sotsiopatiya – bu boshqalar uchun
xavf tug‘diradigan patologik ruhiy kasallikka chalingan odamlar. Sotsiofoblar hech kim uchun
xavfli emas, oddiy odamlardan farq qilmaydi. Ijtimoiy qo‘rquvni diagnostika qilishda Leibovich
shkalasidan foydalaniladi. Bu shkala 1987-yilda psixiatr Maykl Leibovich tomonidan yaratilgan.
Bu ijtimoiy fobiya uchun test bo‘lib, uning alomatlari va darajasini aniqlashga imkon beradi.
Sotsiofobiya inson hayotini sezilarli darajada zaharlaydi va odatdagi kundalik muammolarni hal
qilishga imkon bermaydi. Sotsiofoblar uchun do‘st orttirish, shaxsiy hayot qurish va ish topish
juda qiyin. Ular yolg‘iz yashashni xohlaydi va jamiyatga aloqador har qanday vaziyatdan qochadi.
Ijtimoiy fobiya ko‘pincha boshqa psixotik kasalliklar bilan birga keladi. Ijtimoiy fobiyaning
65% dan ortig‘i qandaydir ruhiy muammolarga ega. O‘z vaqtida mutaxassisdan yordam so‘ralma-
sa, ijtimoiy fobiya yomonlashishi va ish qobilyatining yo‘qolishiga, depressiyaga, alkogolizm yoki
giyohvandlikning rivojlanishiga qadar olib kelishi mumkin. Bunda odam uyalishni yoki hayajonni