Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOXASI VA KASBGA MOSLASHISH.
Yo‘lliyeva Gulchehra Pardayevna
Buxoro viloyati Olot tumani
19-umumta’lim maktabining
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqola shaxs ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida uning xulq-
atvorini boshqarib turadigan axloq mezonlari shu his-tuyg‘ularning tevarak atrofdagilardan
ob‘ektiv ravishda olib turadigan baholashning asosi hisoblanishi. Ayniqsa ma‘naviy his-tuyg‘ularni
tarbiyalash pedagogik faoliyatda muhim jihatlardan biri hisoblanadi. «Tasodifan dars qoldirish»,
«jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida
uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatishi. haqida bayon qilinadi.
Kalit so‘zi:
Hissiyot
,
xulq-atvor, tasodifan dars qoldirish, kognitiv va harakat uzluksiz ta‘lim,
qarama-qarshilik va tafovut.
Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko‘ra, uning holati haqida fikr
yuritish mumkin. His-tuyg‘ular – kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni
bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda
bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg‘ularning kechishi sub‘ekt alohida his etayotgan
ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib etish, biror
narsa to‘g‘risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma‘lum yoki noma‘lum
narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro‘y beradi. SHu hollarning barchasida
his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so‘z
yuritiladi. SHaxs ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida uning xulq-atvorini boshqarib turadigan
axloq mezonlari shu his-tuyg‘ularning tevarak atrofdagilardan ob‘ektiv ravishda olib turadigan
baholashning asosi hisoblanadi. Ayniqsa, ma‘naviy his-tuyg‘ularni tarbiyalash pedagogik faoliyatda
muhim jihatlardan biri hisoblanadi. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni
buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu
bir qarashda so‘z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi.
Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha
marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. SHuning
uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut
bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |