Kalit so‘zi:
Bolalar psixologiyasi
,
D.B.Elkonin, ota-ona, K.D.Ushinskiy
bola shaxsi, xotira va
tasavvur.
Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u turli yosh davrlarida
bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini,shuningdek, bir yosh bosqichida boshqasiga o‘tish
qonuniyatlarini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ulgandan yetuklik
davrigacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin yozganidek,
bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakillanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni
aks ettirish qobilyati go‘daklikdan yetulik davrigacha murakkabllashib va takomillashib boradi.
Ushbu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari,uning qoniniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq
etadi.Bola rivojlanishinig turli tomonlarini har xil fanlar - anatomiya,fiziologiya, oliy nerv faoliyati
fiziologiyasi, gigiena, etnografiya va boshqalar o‘rganadi. Tug‘ilgandan yetuklik davrigacha bola
psixik taraqqiyotini o‘rganish esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi –bolalar psixologiyasining
zimmasidadir. Yetti yoshga to‘lish davri go‘dakligining tugallanishi davriga to‘g‘ri keladi xuddi
ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi,shuning uchun
bolalarning yetti yoshga to‘lgan davridan boshlab sistemali suratda o‘qitishga o‘tish maqsadga
muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim
psixik jarayonlaming taraqqiyot darajasi bilan emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot
darajasi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, bolaning maktabda o‘qishga tayyorligi shaxsning
ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy taraqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga
bola o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim-tarbiya
ishi ko‘taradi. Bola yetti yoshga to‘lganda jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qilishga,
nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, hulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi.
U o‘zini eplay boshlaydi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, masalan, bolalar bog‘chasida
navbatchilik vazifasini bemalol uddalaydi, jamoada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bolaning
turmush tajribasi tobora ortadi, ko‘p narsalaming nomini va ulardan qanday foydalanishai biladi.
Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalami yoddan bilib oladi,bolaning nutqi
ma’lum darajada o‘sgan bo‘ladi, u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila oladi va maktab
hayotiga asta sekinlik bilan ko‘nika boshlaydi, o‘sha muhitda tengqurlari orasida o‘zini erkin tuta
oladi.
Adabiyotlar:
1. Z.T.NISHANOVA, G.К.ALIMOVA, A.G‘.TURG‘UNBOEVA M.X.ASRANBOEVA
BOLALAR PSIXOLOGIYASi VA PSIXODIAGNOSTIKASI.
2. www.ZiyoNet.uz
17
Do'stlaringiz bilan baham: |