Annotatsiya:
Ushbu maqolada
tilning asosini tashkil qiluvchi grammatik qonuniyatlar,
morfologiya, sintaksis, sintaktik qurilma, so‘z birikmalari haqida malumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
til, grammatika, sintaksis, sintaktik qurilma, affiks, nutq, gap, morfologiya,
morfema, nopredikativ bog‘lanish.
Har bir tilning negizini uning grammatik qurilishi va leksikasi tashkil etadi. Shuning uchun
Grammatik qurilish tilning asoslaridan biridir. Grammatika morfologiya (grekcha: morfe-shakl
va logos-so‘z, ta`limot) va sintaksis (tuzish, qurish)ni o‘z ichiga oladi.
Morfologiya so‘zning tuzilishini, so‘z shakllarini, ularni hosil bo‘lish yo‘llarini, so‘zning
nutqda o‘zgarish qoidalarini belgilaydi – so‘zlarning morfema tarkibini, leksik-grammatik
kategoriyalarini, so‘z turkumlarini o‘rgatadi. Bundan tashqari, so‘z yasalishi masalalarini ham
tekshiradi.
Sintaksis – sintaktik qurilmalar va ularni hosil qiluvchi sintaktik aloqalarni o‘rganuvchi
bo‘limdir. Bu bo‘lim sintaktik qurilmalarning so‘z, so‘z birikmasi, gap va matn ko‘rinishida
namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Sintaktik qurilmalarda birikish, bog‘lanish, tartiblanish-qurilish
qonuniyatlarini tekshiradi. Sintaktik aloqalarning ifodalanish yo‘llari quyidagicha bo‘ladi:
grammatik vositalar, yordamchi so‘zlar, so‘zlar tartibi, intonatsiya. Sintaktik munosabatlar
sifatlovchilik (atributiv), qarashlilik, ob`ektli va reliyativ (nisbatlanish) kabi turlarini o‘rganadi.
Masalan, kelishik affikslari morfologiyada so‘zning turli shakllari sifatida o‘rganiladi, sintaksisda
esa bu shakllarning so‘z birikmasi va gapdagi vazifasi tekshiriladi, ular sintaktik munosabatning
vositasi sifatida qaraladi. So‘zning har bir aniq shakli butun tizimnnig bir ko‘rinishidir. Har bir
gapda ma`lum vazifani bajaruvchi so‘z har gal shu ayrim shaklga ega bo‘ladi. Tilning fikr bayon
qilish tizimida so‘z biror grammatik vazifani bajaradi. Demak, morfologiyadagi so‘z turkumlari
nutqda ma`lum gap bo‘laklari vazifasini bajaradi. V.A.Bogorodickiy aytadi: «Morfologiya ayrim
kategoriyalar (so‘z kategoriyalari) va ularning shakllari inventaridan iborat, sintaksis esa, bu so‘z
va shakllarning hammasini harakatda va hayotda, nutq tarkibida ko‘rsatadi». Demak, morfologiya
so‘zlarning tuzilishini o‘rganiladi, sintaksisda ularning aloqasi, bog‘lanishi, birikishi, qo‘shilish
yo‘llari va vositalari tekshiriladi. Lekin ba`zi hodisalar (-chi, -dosh, -la kabi yasovchi affikslar)
morfologiyaga xos bo‘lib, sintaksisda o‘rganilmaydi. Sintaksisning ba`zi hodisalari (so‘z tartibi,
intonatsiya) morfologiyada o‘rganilmaydi.
Sintaksis so‘z qo‘shishning yo‘llarini, birikmaning maketlarini tasvirlaydi. So‘zlarning
leksik-grammatik aloqaga kirishuvidan birikma hosil bo‘ladi. Ular o‘z xarakteriga ko‘ra o‘z
navbatida quyidagi tiplarga ajratiladi:
1) qo‘shma so‘zlar: belbog‘, qulqop, beshariq, Qoradaryo, ish haqi.
2) juft so‘zlar: og‘a-ini, gap-so‘z, ikir-chikir, osh-posh, non-pon, ot-pot.
3) murakkab so‘zlar: O‘bekiston Respublikasi Oliy Kengashi.
4) Frazeologik birikmalar? Qovog‘idan qor yog‘moq, mum tishlamoq.
Bu leksik birliklar sintaktik qurilma hisoblanmaydi. Bundan tashqari, ba`zi analitik shakllari
ham sintaktik qurilma sanalmaydi: sen uchun, oy kabi, dadam bilan. Sintaksisning tekshirish
ob`ekti har qanday birikma emas, balki sintaktik qurilmadir. Ma`lum grammatik qoidalar asosida
hosil bo‘lgan birikmalargina sintaktik qurilma sanaladi: baland uy, vatanni sevmoq, Zarafshonning
shamoli. paxta ochildi, o‘g‘lim-talaba.
Sintaktik qurilmalar tuzilishiga ko‘ra uch tipga bo‘linadi: 1) bir so‘zli qurilmalar; 2) ikki so‘zli
qurilmalar; 3) ko‘p so‘zli qurilmalar.
Bir so‘zli sintaktik qurilmalar birigina mustaqil ma`noli so‘z bilan shakllanadi va so‘z-gap, bir
so‘z shaklidagi nominativ, vokativ, atov gaplarni, shuningdek, kelaman tipidagi bir tartibili gaplar-
ni o‘z ichiga oladi.
Ikki so‘zli sintaktik qurilma o‘z xarakteriga ko‘ra: sodda so‘z birikmasidan (Maftunaning kito-
bi, Salimaning rasmi) va sodda yig‘iq gapdan (Maftuna o‘qidi, Salima keldi) tashkil topadi.
Ko‘p so‘zli sintaktik qurilmalar ikkita mustaqil so‘zning birikishidan iborat bo‘ladi: G’uj bo‘lib
32
Do'stlaringiz bilan baham: |