21
Апрель 2021 7-қисм
Тошкент
NOANA’NAVIY METODLAR VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI
(ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARI MISOLIDA)
Yodgorova Nilufar Abduqodirovna
Qo‘qon shahar 31-maktab,
ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
Tel: +99897 503-33-60
Annotatsiya:
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’limga
joriy etish, noan’anaviy
metodlarni ta’limda qo‘llash bilim sifat va samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Kalit so‘zlar:
Ijodiy fikrlash, verbal muloqot, nutq so‘zlash, musobaqa, ishchanlik o‘yinlari,
qayta hikoyalash.
Bugungi kun pedagoglaridan ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv predmetlarini puxta
egallashni taqozo etmoqda. Buning uchun esa har bir ta’lim bosqichida asosiy fan bo‘lgan bo‘lgan
ona tili fanini puxta egallash, ona tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash, ijodiy fikrlashni o‘rgatish zarur.
Bunday bilimga ega bo‘lsih barcha fan bo‘yicha chuqur bilimlarni egallashni,
ifodali tartibli
so‘zlash va ijodiy fikrlashni ta’minlaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun esa ta’lim metodlarini
takomillashtirish, eng qulay metodni tanlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’limga
joriy etish, ayniqsa, noan’anaviy metodlarni ta’limda qo‘llash bilim sifati va samaradorligini
oshiradi. Ma’lumki, noan’anaviy metodlar o‘qituvchi
pedagoglarning ijodkorligi, o‘z fanini
puxta bilishi va uni eng qulay va zamonaviy metodlarda o‘rgatishi jarayonida shakllanadi.
Ya’ni o‘qituvchi odatdagi an’anaviy metodlarni ijodiy o‘rganish, uning talablariga mos holda
yangi metodlarni singdirish, o‘quvchilarning o‘zlari bajarib o‘rganishini ta’minlash maqsadida
noan’anaviy metodni qo‘llaydi.
Filologiya va pedagogik tizimdagi fanlarni o‘qitish jarayonida noan’aviy metodlardan
foydalanish ta’lim sifati va samaradorligining oshishiga zamin yaratadi.
Ona tili darslarida
mashqlarni bajarish jarayonida o‘qish, yozish, fikrlash, so‘zlab berish, qayta hikoyalash va shu
kabi turli harakatlarni bajarish mumkin. Shuningdek, mavzu doirasida ko‘rik-tanlov, musobaqa,
ishchanlik o‘yinlarini qo‘llash kabilardan foydalanish mumkin. Bunda mashg‘ulotda ko‘proq
vaqt mashq bajarishga,
uni isbotlash, tushuntirishga sarflanadi. O’quvchi faolligi ortadi va
bu orqali ta’limda yuqori natijaga erishish mumkin. Chunki mashq bajarish o‘zlashtirishning
mustahkamlaydigan o‘quv jarayoni hosoblanadi. Ushbu mashqlarda o‘qituvchining faoliyatidagi
rahbarlik va nazorat alohida jarayon hisoblanadi. Ammo bilim va faoliyatni nazorat qilishning eng
muhim o‘zini-o‘zi nazorat qilish hisoblanadi.
Verbal muloqot nutq so‘zlash, ma’ruza, suhbatlashish, savolga javob berish kabi so‘z bilan
bog‘liq faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Muloqotdagi qo‘llaniladigan nutq - so‘z o‘qituvchi
va o‘quvchiga ma’lum bo‘lgan tushunchlarga asoslanib yangi axborotlarni tushuntiradi. Bu
jarayonda o‘quvchilar diqqatini so‘zni eshitish, tinglash, tushunish, anglash, tahlil qilish, qiyoslash
umumlashtirish kabi mantiqiy fikrlash, eshitganlarni xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari
orqali amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchining
qiziqishi, qobiliyati va iqtidori ortadi. Bilishga
intilishi kuchayadi. Buning uchun ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari so‘zning izchilligi,
tushunarli va qiziqarligiga diqqat qilish bilan birga o‘quvchilarni ham jalb etishi lozim, chunki
yuqori saviyada, qiziqarli qilib tushuntib berilgan har bir dars o‘quvchining eshitish qobiliyatini
pasaytiradi. Shuning uchun ham dars jarayonida o‘quvchilar bilan savol-javob
uyushtirish, fikr
almashish talab etiladi. Masalan, o‘qituvchi dars mavzusini bir necha reja asosida tashkillashi, har
bir rejadan so‘ng u bilan bog‘liq savol-javob, ko‘rsatmalilikdan foydalanish, ayrim muammolarni
yechish, masalalarni tanlash kabilar o‘quvchilrning mavzu doirasida izlanishi orqali fikrlashuvini
ta’minlaydi. Dars jarayonida muammoli vaziyatlarni tashkil qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Muammoli vaziyat yaratilganda o‘quvchi savollarga javob berishi, dalillarni tahlil qilish, o‘zaro
fikr almashish imkonini beradi, darsga, mavzuga ijobiy munosabat bildiradi. O’quvchilarda darsda
ishtirok
ishtiyoqi, xushyorlik, u yoki bu muammoga yechim izlash hissi ortadi.
Umumta’lim maktablari yuqori sinflarida adabiyot darslari kuzatildi. Adabiyot darsida
“Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusida verbal usulda dars tashkil etildi. Darsni tashkil
etishda o‘qituvchi A.Navoiyning sharqning buyuk
mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi, g‘azal
mulkining sultoni, shoir va adabiyotshunos sifatidagi ilmiy-falsafiy qarashlari haqida fikr yuritadi.