boshqa baliqlarning ichaklarida uchraydi, lekin baliqlarga zarar
keltirmaydi.
Ushbu
parazitlar karp, zog‘ora baliq va oq amurlarda qayd
etilgan. Hovuz xo‘jaliklarida kriptobioz lish baligi qonida juda ko‘p
sonli parazitning bo‘lishi natijasida kasallik kelib chiqishi qayd
etilgan.
Klinik belgilari.
Kuchli zararlangan baliqlar tezda ozib ketadi,
odamlar yaqinlashganda ta’sirlanishi kuchsiz boiadi. Ba’zan teri
qatlamlarida gipermiya kuzatiladi va teri ostida ptifaklar shakllanadi,
qizg‘ish suyuqliklar to‘planadi. Ushbu
baliqlarda qon oqargan
boiadi. Ichki organlari qonsizlangan.
Tashxis
klinik belgilari asosida va qonning mikrobiologik
tekshirishlar, ularda ko‘p sonli xivchinlilami topish orqali qo‘yiladi.
Qarshi kurashish.
Yuqori suv o‘simliklarini о‘rib olish tavsiya
etiladi, bu bilan zuluklaming sonini kamaytirish tadbiri o‘tkaziladi.
So‘ngra umumiy baliqchilik chora-tadbirlari bajariladi,
baliqlarning
ozuqasi sifatini oshirish kerak. Baliqlar qonida topilgan kriptobiozga
qarshi baliqlar ozuqasiga yashil metil dorisi 1:1000 nisbatda qo'shib
beriladi. Yoki yashil metil eritmasi bilan baliqlami 7 kun cho‘mil-
tiriladi (5 1 suv 1 ga).
Geksandtoz
Kasallik oldin losossimonlarda oktomitoz nomi bilan m aium .
Qo‘zg‘atuvchisi.
Diplozoa
avlodiga mansub
Hexcunita truttae
xivchinlilari losossimonlaming ichagida va o‘t po‘fagida parazitlik
qiladi. U noksimon ko‘rinishdagi kichik parazit. Uning 4 juft
ipchalari boiib, ular yordamida harakatlanadi: ulardan 3 jufti
tananing oldingi va 1 jufti tananing orqa qismida joylashgan.
Tanasining old qismida 2 ta cho‘ziqroq yadrochalari mavjud.
Parazit
xivchinli bosqichida ichakning epiteliy hujayralarida oddiy boiinish
orqali ko‘payadi. Bundan tashqari, bu parazit sista hosil qilgan holda
xo‘jayin organizmidan tashqarida oz muddatda yashay oladi. Uning
sistasi yumaloq va yupqa shaklda, shaffof pardaga ega boiadi.
96
Sistalar ichidan ikkita bir xil qismlarga bo‘linib, xo‘jayin ichagidan
chiqadi va boshqa baliqlar ichagiga tushadi va ulami zararlaydi.
Epizootologiyasi. Losossimonlarning
turlari va turli xil
yoshdagilarida zararlanish ehtimoli yuqori, biroq yosh baliqchalarda
parazit patologik ta’sir o ‘tkazadi. Kasallik quyidagicha kechishi
mumkin: o‘tkir - baliq ichaklari epiteliy hujayralarida ko‘payib,
ommaviy oiim ga olib keladi; va surunkali - chiqindisiz oqadi.
Kasallik forel xo‘jaliklarida keng tarqalgan va juda katta
yo‘qotishlami keltirib chiqaradi. Bizda losossimonlar xo‘jaliklarida
kasallik bo‘yicha alohida holatlar qayd etilgan.
Klinik belgilari va patogenezi. Maxsus belgilari yo‘q.
Kuchli
zararlangan baliqning ishtahasi yo‘qoladi, ozib ketadi va o ‘ladi.
0
‘tkir ko‘rinishida ichak shilliq qavatining gipermiyasi va uning
yallig‘lanishi qayd etiladi. Surunkali ko‘rinishi ko‘zga tashlan-
maydigan patologik o‘zgarishlar orqali kechadi.
Tashxis. Ichakda parazitlar sonining haddan tashqari ko‘payishi
va boshlang‘ich klinik belgilari asosida qo‘yiladi.
Kurash choralari yetarlicha ishlab chiqilmagan. Kasallikning
oldini olish chora-tadbirlari bu - yosh
baliqlarni toza va sogMom
ozuqa bilan ta'minlashdir. Amerika olimlari tomonidan kalomel va
karbozon tavsiya etiladi va baliq ozuqasiga muntazam qo‘shib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: