Tosh kent davlat a g r ar universiteti ozbekjlston r espublik asi fanlar akadem iyasi z o o L o g iy a in st it u t I


Virusli  gem orragik  septitsemiya kasalligi



Download 7,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/133
Sana17.07.2022
Hajmi7,36 Mb.
#810677
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133
Bog'liq
Baliqlar kasalliklari. Safarova F.E.

Virusli 
gem orragik 
septitsemiya kasalligi. 
Bu kontagioz 
yuqumli kasallik bo‘lib, kasallik terining qorayishi, qorin 
bo‘shlig‘ining shishishi, suzgich apparatining izdan chiqishi, nerv 
sistemasi faoliyatining buzilishi, jabrada qon quyilishlar ham da 
ko‘zning biriktiruvchi to‘qimasida, skelet mushaklarida, perivisseral 
yog‘ to‘qimasi va suzgich pufagida qon quyilishi bilan xarakter- 
lanadi. Ayrim organlaming hamda butun organizmning fonksiyalari 
butunlay izdan chiqadi.
Etiologiyasi. 
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi - bu RNK virusli qo‘z- 
g ‘atuvchilar. Ensen (1965-yilda) birinchi boiib, ushbu virusni 
ajratib olgan, uni sun’iy kultura to‘qimasida (oziqaviy muhitda) 
o‘stirishga erishgan va ushbu virusni Daniyaning Egtved shahri 
sharafiga 
egtved virusi
deb nomlagan.
Ushbu shahar yaqinida gulmohi turidagi baliqlarni o ‘stiruvchi 
ferma mavjud boiib, bu ferma virusli gemorragik septitsemiya 
kasalligi uchun nosogiom hisoblangan. Virusli gemorragik 
septitsemiya virusi barmoqsimon, uzunligi 180-240 millimikron, eni 
esa 60-75 nm. Uning apikal qismi yumaloq, distal qismi esa yassi 
boiib, dumsimon o‘simta bilan qurollangan. Virusning ichida 
o‘zagi (yadrosi) boiib, kattaligi 2 nm, juda murakkab tuzilishga ega 
boigan qovurg‘asimon qobiq (parda) bilan o‘ralgan va ustidan silliq 
parda bilan qoplangan. Virus hazmlanuvchi to‘qima kulturasida 
yaxshi o‘sadi (RTQ-2), qaysikim gulmohi turidagi baliqlarning 
tuxumdonidagi fibroblastlardan olingan virus efirda, xloroformda, 
glitserinda hamda pH 3,5 gacha boiganida ancha sezuvchan. Virus 
44 °C da butunlay faolligini yo‘qotadi, 15 daqiqa davomida 30 
°C 
da o‘zining patogenlik xususiyatini 50 % ga yo‘qotadi. 50 
%
li 
glitserinda, agarda harorat 14 °C boiganida virus o‘zining infeksion 
xususiyatini qariyb 6 kundan so‘ng yo‘qotadi. Virus 14 °C dagi 
distillangan suvda bir sutka ichida saqlansa, o‘zining faolligini 50%
59


ga, suv havzalarida saqlansa, qariyb 90% ga yo'qotadi. Virusga 
ultrabinafsha nurlari 10 daqiqa davomida oidiruvchi ta’sir qiiadi. 
Dezinfeksiyalovchi moddaiardan 2% ii natriy ishqori va 3% li 
formalin virusni 5-10 daqiqa davomida oidiradi. Aktiv xlor 
ixtiopatologiyada keng qoilaniladi, konsentratsiyasiga qarab virusni 
2-20
daqiqa ichida oidirish qobiliyatiga ega.
VGS oqibatida nobud boigan gulmohi baliqlarining tanasi 
muzda saqlanayotgan boisa, virus o‘zining hayotchanligini 24 soat 
davomida saqlay oladi, - 20°C va undan past haroratda virus 
o‘zining infeksion qobiliyatini 2 yil ichida saqiab qoladi, biroq 
bunda titri 2 marotaba pasayadi.
VGS virusining bir qancha tipiari aniqlangan: H (jigar), R 
(buyrak), V (visseral), P (umumiy ta’sirlovchi) v aN (neyrotrop).
Epizootologik m a’lumotlar. Kasallik Yevropaning ko'pchililc 
davlatlarida qayd etilgan. 
1968-yilda esa virus Daniyadan 
Chexiyaga otalangan ikralar orqali kiritilgan. Sobiq Ittifoqqa ham 
ushbu kasallik otalangan ikralar orqali kelganligi aniqlangan.
VGS kasalligi bilan, asosan, gulmohi turdagi baliqlar 
kasallanadi. Tabiiy sharoitda gulmohi (daryo gulmohisi), kitlar va 
xarius turidagi baliqlar kasallanadi. Kasallik epizootiya ko‘rinishda 
kechganida 9-78% baliqlar nobud boiadi.
Issiq paytlarda kasallik latent koiinishda kechadi, biroq 
baliqlarning oziqlanishi va saqiash sharoiti zoogigiyenik talablarga 
javob bermagan taqdirda kasallik yozda ham avj olib, klinik belgilar 
bilan kechadi. VGS bilan bir yoshgacha, kattaligi 5-7 sm boigan 
gulmohilar zararlanadi. Malyok va segoletkalar hamda katta 
yoshdagi baliqlar kasallikka ancha chidamli.
Kasallik manbai - bu kasal baliqlar, uning chiqindilari va 
murdalari. Sogiom baliq suv havzalarining suvlari, loyqalari orqali 
ham kasallikka chalinishlari mumkin. Kasallikning yashirin davri 
tashqi muhit haroratiga, virusning virulentligiga hamda baliq 
organizmining rezistentligiga bogiiqdir. Tabiiy sharoitda, suvning 
harorati 15-16°C boiganida inkubatsion davr 7-15 kunga teng, 
ba’zan bu muddat biroz cho‘zilib, 25 kunni tashkil qilishi mumkin.
60


Eksperimental sharoitda esa kasallikning yashirin davri 2 hafta- 
ni, qo‘zg‘atuvchini inokulatsiya qilinganda 4 kun va sogiom baliq 
bilan kasal baliqlarning kontaktida bu muddat у ana ham qisqarishi 
mumkin. Virusni «in vitro» usulida o ‘stirilganda, u 10-15 kunda 
kasallikni chaqirishi mumkin. VGS bilan kasallangan gulmohilarda 
kuchli immunitet hosil bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallik o‘tkir va surunkali 
hamda nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi ko‘rinishida 
kechadi. Ba’zan esa o‘ta o‘tkir va subklinik (latent) ko‘rinishida 
ham namoyon boiadi.
Kasallik o‘tkir oqimda kechganida tezlik bilan patologik jarayon 
rivojlanib o‘iim darajasi yuqori bo‘ladi. Kasal baliqlarning tanasida 
to‘q jigarrang dogiar paydo bo‘ladi, bir yoki ikki tomonlama ko'zi 
ko‘rmay qoladi, anemiya va jabrasida, ko‘zning periokulyar 
pardasida gemorragik chiziqlar hosil bo‘ladi. Suzgich apparatining 
asosi qizil tusga kiradi.
Kasallikning surunkali oqimida esa klinik belgilar sekinlik bilan 
rivojlanib, o‘lim darajasi ancha past bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 
Tanasi butuniay qorayib ketadi, kuchli ekzoftalmiya holati hamda 
anemiya kuzatiladi. Bunda jabrasi och qizil yoki oq-kulrang tusda 
boiadi, ayrim paytlarda esa butuniay oq tusga kiradi. Ba’zan qorin 
bo‘shlig‘ida suv to‘planadi.
Kasallikning nerv formasida baliqlarning harakatida o ‘ziga xos 
o‘zgarishlami ko‘rishimiz mumkin. Kasal baliqlar spiralsimon 
harakat qiladi (suv havzalarining ostida yoki suv oqimiga qarama- 
qarshi), ba’zan yonboshi bilan bir qancha muddat suzib yuradi. 
Ularda tanasining qaltirab qolishi, spazmatik hoiatlarning paydo 
boiishi kuzatiladi. O iim juda ham kam boiadi.
Kasallikning davom etish muddati tashqi muhit sharoitiga, suv 
havzalarining sanitariya holatiga, texnologik jarayonlarga bogiiq 
boiadi. Kasallikning enzootiya ko‘rinishi 1-2 oyda tugaydi.
Patologoanatomik o ‘zgarishIar. Asosiy patanatomik o‘zga- 
rishlar ko‘zning periokular pardasida, mushaklarda, perivisseral 
yog‘ qatlamida, suzgich pufagida (xaltasida), qorin devorida,
61


yuragida kuzatilib, ularda qon quyilgan. Gemorragiya ko‘pincha 
kasallikning o‘tkir oqimida kuzatiladi, surunkali oqimida esa 
yo‘qoladi. 0 ‘tkir oqimida jigar giperemiyalashgan, rangi to‘q qizil 
tusda, surunkali oqimida esa oq-kulrang tusda. Gistologik tekshiril- 
ganda gepatotsitlarning nekrotik zararlangan!igi, sitoplazmaning 
vakuolizatsiyasi, kariolizis va piknoz holati, jigar parenximasida 
yoyilgan holatda yoki guruh-gumh boiib joylashgan boiadi. 
Buyrak kasallikning o ‘tkir oqimida qizil tusda, yupqa, yuzasi silliq 
surunkali oqimida esa kulrang va g‘adir-budur. Gistologik tekshiril- 
ganda nekrotik zararlangan, protoplazmaning sitoplazmatik vakuoli- 
zatsiyasi, piknoz, kariolizis, epiteliyasining ajralishi, umumiy 
shishganligini ko‘rishimiz mumkin. Qon tarkibida ham o ‘zgarishlar 
kuzatiladi, gemoglobin miqdori va eritrotsit soni kamayadi.
Patogenez. Virus baliq organizmiga jabrasi orqali kirib oladi, 
Jabrasida va butun qon tomirning endotelial hujayrasida rivojlanib 
ko'payadi, so‘ngra butun ichki organ va to‘qimalarga tarqaladi 
hamda chuqur patologik jarayonni keltirib chiqaradi. Nerv sistema- 
sining zararlanishi oqibatida kasallikning nerv shakli namoyon 
boiadi, Qon tomirlar epiteliysining zararlanishida ulaming o‘tka- 
zuvchanligi oshadi, qon quyilishlar kuzatiladi, devori shikastlanadi 
va gemorragik holatning kelib chiqishiga sabab 
bo iad i. 
Surunkali 
oqimda toksikoz oqibatida shishlar 
hosil boiad i, 
osmoregulatsiya 
jarayoni jarohatlanadi. Nerv 
sistemasi 
zararlanganda harakat koor- 
dinatsiyasi buziladi. Giperglikemiya, lipidlar 
miqdori 
kamaygan, 
elektrolitlarning konsentratsiyasi o‘zgaruvchan, qon zardobida oqsil 
miqdori, ayniqsa, albuminlar kamaygan, biroq alfa 
va beta 
globu- 
linlar oshgan boiadi.
Tashxis. Kasallikka tashxis kompleks usulda: epizootologik 
ma’lumotlar, klinik belgilariga qarab va patanatomik o‘zgarishlarga 
asoslanib qo‘yiladi. Eng ishonchli diagnoz - bu VGS virusini ajratib 
uui to‘qima kulturasida o ‘stilish, serologik reaksiyalar qo‘yib 
identifikatsiya qilish hamda kasallikka moyil baliqlarga bioproba 
qo'yishdir.

Download 7,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish