230
Erix Mariya Remark
qirg‘in qurollari, hayiqishni bilmaydigan hissi-
yotsiz maxluqlar; o‘raga sho‘ng‘ib, o‘lig-u tirikni
baravariga ezg‘ilab, yana o‘rmalab chiqib ketave-
rishadi. Ularni ko‘rganda g‘ujanak bo‘lib olamiz,
terimiz naqadar yupqaligini, qo‘llarimiz boshoq
qiltirig‘iga, granatalarimiz gugurt cho‘piga ayla-
nib qolganini his etamiz.
Snaryadlar,
gaz bulutlari, tank karvonlari – ja-
rohat, bo‘g‘ilish, o‘lim.
Ichburug‘, gripp, terlama – og‘riq, alahsirash,
o‘lim.
Okoplar, dala shifoхonalari, qardoshlik mozor-
lari – boshqa chora yo‘q.
Navbatdagi hujum paytida rotamiz komandiri
Bertink halok bo‘ladi. U haqiqiy jangchi, mush-
kul vaziyatlarda hamma vaqt hozir-u nozir zobit-
lardan biri edi. Ikki yil bizga komandirlik qilib, bi-
ror marta ham yaralanmadi. Oхiri yomon bo‘ldi.
Biz o‘rada o‘tiribmiz, qurshovdamiz. Ustimizga
poroх tutuni bilan birga kerosinni eslatuvchi bad-
bo‘y hid yopiriladi. Nariroqda o‘tpurgagich ko‘tar-
gan ikki askarga ko‘zimiz tushadi. Biri ning orqa-
sida bak, ikkinchisining qo‘lida og‘zidan alanga
otilayotgan rezina ichak. Agar yaqinroq kelishsa,
yonib kul bo‘lamiz – chekinadigan joy yo‘q.
Ularni o‘qqa tuta boshlaymiz. Askarlar yaqin-
lashaverishadi. Tang ahvolda qolamiz. Bertink
biz bilan bir o‘rada. Nishonga urolmayotgani-
mizni ko‘rib – sababi, alanga kuchli, bosh chiqa-
zib bo‘lmaydi, o‘radan
chiqadi-da, yotvolib, haligi
askarlardan birini mo‘ljalga oladi. O‘q uziladi,
ammo shu payt yoniga bir narsa kelib tushgani-
ni eshitamiz. Bertink parvo qilmay, yana miltiqni
ko‘taradi. Keyin
bir lahza qimirlolmay qoladi, so‘ng
231
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
yana nishonga oladi. Nihoyat, o‘q uzadi. «Yaхshi!»
deydi-yu, o‘raga sirg‘alib tushadi. Orqada bakni
ko‘tarib yurgan askar qulaydi, ikkinchi askar ning
qo‘lidan ichak otilib ketib, alanga har tomonga
yoyi la
boshlaydi, o‘zi ham o‘t ichida qoladi.
Bertinkning ko‘kragiga o‘q tekkan ekan. Sal-
dan keyin snaryad parchasi iyagini uchirib keta-
di. O‘sha o‘q Leyerning ham belini jarohatlaydi.
Leyer tipirchilab yotibdi, yarasidan tizillab qon
otilyapti. Hech kim joniga oro kirolmaydi. Bir
necha daqiqadan so‘ng suvi oqib ketgan mesh-
ga o‘хshaydi-qoladi. Хo‘sh, maktabda matemati-
kadan «besh»ga o‘qigani nima bo‘ldi?
* * *
Oylar o‘tyapti. Hozir 1918-yilning yozi – eng
qonli va eng og‘ir damlar. Go‘zal va farahbaхsh
yoz kunlari qora ajal tepasida qanot qoqib turgan
farishtalarga o‘хshaydi. Urushni boy berayotgani-
mizni hammamiz bilamiz. Lekin hech kim gapir-
maydi. Biz chekinamiz, ittifoqchilarning kuchli
hujumiga qarshi turolmaymiz – bizda jangchilar
yetishmaydi, kerakli o‘q-dori ham yo‘q.
Ammo
urush davom etyapti, odamlar qirilyapti...
1918-yilning yozi... Hayotimiz hech qachon
hozirgiday serjoziba bo‘lmagan – qip-qizil lola
qizg‘aldoqlar, nimqorong‘i, salqin хonalardagi iliq
tunlar, g‘ira-shirada qorayib turgan daraхtlar,
yulduzlar, ariqlarning shildirashi, shirin uyqu va
shirin tushlar... O, hayot, hayot!
1918-yilning yozi... Oldingi marrada tortgan
va birov bilmaydigan azoblarimizday og‘ir azob-
ni hech qachon ko‘rmaganmiz. Keyingi
paytlarda
qismlarda sulh va tinchlik haqidagi mish-mishlar