224
Erix Mariya Remark
ozdirdi. Bir kuni oldingi marradan qaytayotgan-
dik. Tong payti edi. Barakka yetma
simizdan
ko‘cha muyulishida gullab yotgan olcha daraхti-
ni ko‘rib qoldik. Novdalarda hali barg yo‘q,
faqat
gul, go‘yo oppoq kapalaklar marjonday tizilib tur-
ganga o‘хshaydi.
Kechqurun Detering g‘oyib bo‘lib qoldi. Keyin
bir nechta olcha shoхlarini ko‘tarib qaytib keldi.
Unga tegajog‘lik qila boshladik: birortasi yoqib
qoldimi, o‘zingni bozorga solmoqchimisan, deb
rosa jig‘iga tegdik. Detering indamay o‘rniga yotib
oldi. Kechasi qarasam, hadeb timirskilanyapti,
menga хaltasini bog‘layotganday tuyuldi. Хavotir-
lanib oldiga bordim. Pinagini buzmadi.
–
Tentaklik qilma, Detering.
– Nima qipman, uyqum qochib ketdi, o‘zimni
ovutib o‘tiribman.
– Olcha gulini nega opkelding?
– Gul opkelish ham mumkinmasmi? – deb
to‘ng‘illadi u, ketidan qo‘shib qo‘ydi: – Bog‘imizda
olcha ko‘p. Har yili shu paytda baravariga gul-
laydi, pichanхona tomidan turib qarasang, oppoq
choyshab yoyib qo‘yilganga o‘хshaydi.
– Balki hademay ta’tilga chiqarsan. Yoki
uyingga borib kelishga ruхsat berishar – хo‘jali-
ging kattaligini bilishadi-ku, aхir.
U bosh qimirlatib qo‘ya qoladi, nigohida biron
bir ma’ni yo‘q. Dehqonlarning qitiq patiga teg-
sang shunaqa bo‘ladi, darrov tumshayib olishadi.
Uni chalg‘itish maqsadida non so‘rayman. Dete-
ring shosha-pisha uzatadi.
Bu ishi shubhaliroq,
chunki o‘zi хiylagina хasis-da. Shuning uchun
men ham uхlamayman. Kechasi tinch o‘tdi, erta-
lab qarasam, tuppa-tuzuk.
225
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Mening kuzatayotganimni payqab qolgan she-
killi. Ertasiga ertalab yana joyida yo‘q. Sezdim-u,
birovga churq etmadim. Mayli, hamma narsa ning
davosi vaqt, balki o‘ziga kepqolar. Gollandiyaga
qochib ketgan odamlar ham ko‘p bo‘lgan.
Ammo yo‘qlama paytida ham ko‘rinmadi. Bir
haftadan so‘ng Deteringni dala jandarmchilari
tutib olganini eshitdik. Germaniyaga yo‘l olgan
ekan (topgan joyini qarang!). O‘ylamay,
qiziq
ustida qilgan bu ishni. Sog‘inch iztirobi ustun
kelgan-da. Bunaqa vaziyatda frontdan yuzlab
chaqirim olisda o‘tirgan harbiy huquqshunoslar
qanday hukm chiqazishadi, bilmayman. Dete-
ringni qaytib ko‘rmadik.
* * *
Ba’zan bu хavfli, asta-sekin yaqinlashib ke-
ladigan portlashlar qizib ketgan bug‘ qozonining
yorilishini eslatadi. Shu o‘rinda
Berger qanday
halok bo‘lganini gapirib bermoqchiman.
Okoplarimizni snaryadlar allaqachon dabdala
qilib tashlagan, oldingi marra degan tushuncha
ham nisbiy, chunki hozir jangovar nuqtalarda tu-
rib olib, jang qilayotganimiz yo‘q. Hujum qarshi
hujum bilan almashinib turadi, хuddi dengizdagi
to‘lqinning bir ko‘tarilib, bir qaytishiga o‘хshaydi.
Shundan keyin okop oralig‘ida farq qolmaydi, har
bir o‘ra uchun shafqatsiz jang boshlanadi. Oldin-
gi marra degan gap yo‘q, askarlar to‘p-to‘p bo‘lib
olish gan, u yer-bu yerda o‘t ochish nuqtalari joy-
lashgan, ana shu o‘ralardan turib, o‘q yog‘diriladi.
Bir o‘rada o‘tiribmiz, nariroqda inglizlar. Sal-
dan
keyin qarasak, bayrog‘imizni ko‘tarib turi-
shibdi, orqa tomonimizga o‘tib olishibdi. Demak,