151
Tugunlar va ular bilan bog‘langan tolalarning borligi simpatik poyani oson
topishga yordam beradi. Sayyor nervni simpatik nerv bilan chalkashtirmaslik uchun
shuni
esda tutish kerakki, sayyor nerv umurtqa oldi fassiyasidan oldinda joylashadi
va erkin siljiydi.
Simpatik nervining yuqori bo‘yin tuguni, odatda, umurtqa oldi fassiyasidan
oldinda, sayyor nervning medial tomonida, II-III bo‘yin
umurtqalarining
ko‘ndalang o‘siqlari ro‘parasida yotadi.
O‘rta tugun VI bo‘yin umurtqasi sathida yotadi va pastki qalqonsimon ar-
teriyaga yondoshib, ko‘pincha undan yuqorida joylashadi.
Oraliq tugun umurtqa arteriyasining oldingi-ichki yuzasida joylashadi. Un-
ing joyi VII bo‘yin umurtqasiga mos keladi. Tugun topografiyasining o‘ziga xos-
ligi shundaki,
undan chiquvchi ikkita shox, umurtqa arteriyasini oldindan va
orqadan aylanib o‘tib oraliq tugunni pastki tugun bilan bog‘laydi, yana bir shoxi
ilmoq shaklida o‘mrov osti arteriyasini aylanib o‘tadi.
Simpatik nervning pastki bo‘yin tuguni, odatda, birinchi ko‘krak tuguni bi-
lan qo‘shilib
yulduzsimon tugun (ganglion stellatum) hosil qiladi. Bu tugun
tri-
gonum scalenovertebrale sohasida bo‘yinning uzun muskuli ustida yotadi (101-
rasm). Yulduzsimon tugunning skeletotopik holati VII bo‘yin umurtqasining
ko‘ndalang o‘sig‘iga va birinchi qovurg‘a boshchasiga mos keladi. Yulduzsimon
tugunning ko‘p qismini o‘mrov osti arteriyasi, uning
yuqori qutbini esa umurtqa
arteriyasi qoplaydi. Tugunning pastki qismi plevra gumbaziga tegib turadi. Plevra
gumbaziga umurtqa oldi fastsiyasidan chiquvchi to‘siq birikkan bo‘lib, ular
lig.
costopleurale va
lig.
vertebropleurale deb nomlanadi. Bular yulduzsimon tu-
gunni o‘mrov osti va umurtqa arteriyalaridan ajratib turadi.
Yulduzsimon tugun topografiyasining o‘ziga xosligi shundaki,
undan yaxshi
rivojlangan umurtqa nervi chiqib, umurtqa arteriyasining orqa devorida joylashadi
va u bilan birga bo‘yin umurtqalari ko‘ndalang o‘simtalaridagi kanalga kiradi.
Simpatik nervning tugunlari bo‘yin nervlari bilan
rami communicantes yor-
damida bog‘lanadi.
Simpatik nervning har bir tugunidan yurakka va bo‘yinning ichki a’zolariga
boruvchi nervlar hamda sayyor nervi bilan tutashtiruvchi shoxlar chiqadi: bo‘yin
simpatik poyasi bilan til-halqum va diafragma nervlari orasida doimiy bo‘lmagan
biriktiruvchi tolalar bo‘ladi; II-IV bo‘yin tugunlaridan o‘pkalarga tolalar boradi.
Yuqori
tugundan yuqoriga, ichki uyqu arteriyasini va uning bosh ichidagi tarmoq-
larini kuzatib boruvchi
n.
caroticus ketadi.
Simpatik nervning bo‘yin qismi ko‘z olmasi (
m.
dilatator pupillae), qovoq
(
mm.
tarsales) va ko‘z kosasi (
m.
orbitalis) muskullarini innervatsiya qilishda ishtirok
etadi. Simpatik
nervning yurak tolalari, asosan, o‘rta va oraliq tugunlardan chiqadi.
Bu tolalar bir-biri bilan ko‘p tarmoqli tolalar orqali bog‘lanadi va sayyor nervning
yurak tolalari bilan qo‘shilib yuza va chuqur yurak-aorta chigalini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: