155
ka qatlamida qo‘shimcha nerv joylashgan. Nerv bo‘ylab bir necha limfa tugunlari
joylashadi.
Trigonum omoclaviculareda, uchinchi fassiya orqasida, o‘zida o‘mrov usti
limfa tugunlarini tutuvchi qalin yog‘ qatlami, chuqurda esa beshinchi fassiya
bo‘ladi. Uning ostida tomir-nerv tutami joylashadi.
Bo‘yin tashqi uchburchagi tomir-nerv tutamini (94-rasm) o‘mrov osti ar-
teriyasi (uning uchinchi bo‘limi) va yelka chigali hosil qiladi.
Ular bu yerga nar-
vonaro tirqishdan keladi. Bu yerda yelka chigali yuqorida va tashqarida, o‘mrov
osti arteriyasi pastda va ichkarida joylashadi. Arteriya va yelka chigali g‘ovak
kletchatka bilan o‘ralgan bo‘lib, unda bir nechta limfa tugunlari joylashadi. O‘mrov
osti arteriyasi I qovurg‘a ustida, oldingi narvon muskulining lateral qirg‘og‘i bilan I
qovurg‘a hisobiga hosil bo‘lgan burchakda, Lisfrank do‘mbog‘idan orqada va tashqar-
ida joylashadi. U yerga ushbu muskul birikadi (arteriyani
ochishda Lisfrank
do‘mbog‘i muskulning lateral qirrasida oson aniqlanadi). Bu yerda o‘mrov osti ar-
teriyasi oxirgi tarmog‘i -
a.
transversa colli boshlanadi, uning atrofida limfatik tu-
gunlar zanjiri hosil bo‘ladi.
Bo‘yinnning tashqi uchburchagida qiyshiq-ko‘ndalang yo‘nalishda o‘mrov
osti arteriyasining uchta shoxi o‘tadi: 1)
a.
cervicalis superficialis – yelka chiga-
lidan oldinda o‘tadi; 2)
a.
transversa colli – chigal poyalari orasida o‘tadi; 3)
a.
suprascapularis – o‘mrov suyagining orqasida, unga parallel boradi (104-rasm).
A.
subclavia I qovurg‘aning oldingi yuzasi bo‘ylab bo‘yindan
pastga tusha-
di; u o‘mrov va I qovurg‘a orasida joylashib, o‘mrov suyagi o‘rtasiga akslanadi.
O‘mrov osti venasi (97- va 104-rasmlar) ham I qovurg‘ada, lekin o‘mrov
osti arteriyasidan oldinda va pastda, o‘mrovning orqasida joylashadi va u yog‘iga
spatium antescalenum orqali o‘tadi. Vena bu yerda oldingi narvonsimon muskul
orqali arteriyadan ajralib turadi.
104-rasm. Bo‘yinning
tashqi uchburchagi.
1–
m
.
sternocleidomastoi-
d e u s
; 2–
n
.
a u r i c u l a r i s
magnus
; 3–
n
.
transversus
colli
; 4–
m
.
omohyoideus
,
a
.
cervicalis
ascendens
;
5–
a
.
ervicalis
superficialis
;
6–
m
.
scalenus
anterior
,
n
.
phrenicus
; 7–
n
.
subclavius
;
8–Pirogov vena burchagi; 9–
t r u n c u s
s u b c l a v i u s
(
lymphaticus
);
10–
a
.
suprascapularis
;
11–o‘mrov suyagi;
12–
plexus
brachialis
,
a
.
subclavia
;
13–
m
.
omohyoideus
;
14–
m
.
scalenus
medius
,
n
.
thoracicus
longus
; 15–
a
.
transversa
colli
;
16–
m
.
trapezius
; 17–
m
.
scalenus
posterior
; 18–
n
.
dorsalis
scapulae
;
19–
m
.
levator
scapulae
; 20–
n
.
accessorius
; 21–
m
.
splenius
capitis
;
22–
n
.
occipitalis
minor
.