Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Chuqur muskullararo oraliqlar
To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskul sohasining pastki bo‘limida, shu
muskul orqasida bo‘yin ichki a’zolaridan tashqarida ikkita tirqishsimon oraliq


152
bor. Yuzaga yaqinroq joylashgani – spatium antescalenum deb, chuqurroqdagisi –
trigonum scalenovertebrale deb nomlanadi.
Narvon oldi oralig‘i (spatium antescalenum). Uni orqadan m.scalenus ante-
rior, oldindan va ichkaridan mm.sternohyoideus va sternothyreoideus, oldindan
va tashqaridan m.sternocleidomastoideus chegaralaydi.
O‘rta va oldingi narvonsimon muskullar orasida spatium interscalenum ho-
sil bo‘ladi, u tashqi bo‘yin uchburchagi sohasida joylashadi.
Spatium antescalenumda tashqaridan-ichkariga: bulbus v.jugularis inferior,
n.vagus va a.carotis communis–ning boshlanish qismi joylashadi. Oraliqning eng
pastki bo‘limida v.subclavia joylashgan bo‘lib, u v.jugularis interna bilan
qo‘shiladi. Qo‘shilish joyi angulus venosus deb nomlanadi (Pirogov venoz bur-
chagi). Narvon oldi oralig‘ida yana n.phrenicus joylashadi.
Odatda, vena burchagiga tashqi bo‘yinturuq venasi (97-rasm), undan tashqari
yana, chap tomondagiga - ductus thoracicus, o‘ng tomondagiga esa - ductus lym-
phaticus dexter quyiladi.
102-rasm. 
Spatium
interscalenum
va 
trigonum
scalenovertebrale
.
A
: 1–
v

facialis
;
2–
m

thyreohyoideus
;
3, 24–
m

omohyoideus
;
4–
m

sternohyoideus
;
5–
v

thyreoidea
superior
;
6–
a

carotis
communis

v
.
jugularis
interna

n

vagus
;
7–
gl
.
t h y r e o i d e a
b i l a n
piramidal o‘siq; 8–
m

longus
capitis
;
9–
m

longus
c o l l i
; 10–
ganglion
cervicale
medium
trunci
symphatici
;
1 1 –
g l
.
p a r a t h y r e o i d e a
inferior
; 12–
a

thyreoidea
inferior
;
13–
a
., 
v

vertebralis
;
14–
n

laryngeus
reccurens
; 15–
oesophageus
; 16–
trachea
;
17–
mm
.
sternohyoideus

sternothyreoideus
; 18–
a

carotis
communis

n

vagus
;
19–
a

subclavia

ansa
subclavia
; 20–
truncus
thyreocervicalis
;
21–
v

jugularis
interna
; 22–
a

suprascapularis
; 23–
m

scalenus
anterior
;
25–
a

cervicalis
superficialis
; 26–
fascia
prevertebralis
; 27–
n

phrenicus

a
.
cervicalis
ascendens
; 28–
m

sternocleidomastoideus

B
: 1–
plexus
brachialis
;
2–Shassenyak bo‘rtiqchasi (
VI
bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‘ida);
3–
ganglion
cervicale
medium
trunci
symphatici
; 4–hiqildoq oldi muskullari;
5–
gl
.
thyreoidea
; 6–
ganglion
stellatum
; 7–qizilo‘ngach va 
a

thyreoidea
inferior
; 8–
a

subclavia

a

vertebralis
; 9–
trachea

n

laryngeus
reccurens
;
10–
a

carotis
communis

v

jugularis
interna

n

vagus
;
11–
a

thoracica
nterna

n

phrenicus
; 12–plevra gumbazini umurtqa pog‘onasi
va 
I
qovurg‘aga mahkamlovchi boylamlar (kesilgan); 13–plevra gumbazi;
14–
m

omohyoideus
; 15–
a

transversa
colli
; 16–
a

cervicalis
profunda
.


153
Diafragma nervining topografiyasi
Diafragma nervi (n.phrenicus), asosan, IV bo‘yin nervidan, ba’zan yana III
va V bo‘yin nervlaridan hosil bo‘ladi. Nerv oldingi narvon muskulining oldingi
yuzasida yotadi va umurtqa oldi fassiyasi bilan qoplanadi. Nervdan oldinda, ko‘p
hollarda, ichki bo‘yinturuq venasi joylashadi; ko‘pincha vena nervdan ichkarida
yotadi, nervdan oldinda esa kletchatka qatlami bo‘lib, u m.sternocleidomastoideus
ga g‘ilof hosil qiluvchi ikkinchi fassiya bilan beshinchi fassiya orasida bo‘ladi.
O‘mrovga yaqinroqda, nervdan oldinda m.omohyoideus va uchinchi fassiya, yana
yaqinroqda va oldinda – ikkinchi fassiya va m.sternocleidomastoideus joylasha-
di. Nerv qiyalab, yuqoridan pastga va tashqaridan ichkariga yo‘nalib, o‘mrov osti
venasi va arteriyasi orasidan oldingi ko‘ks oralig‘iga o‘tadi. O‘mrovdan yuqorida
nervni ko‘ndalangiga aa.transversa colli va suprascapuleris kesib o‘tadi.
Narvon-umurtqa uchburchagi (trigonum scalenovertebrale) Unga to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon soha pastki bo‘limi medial qismining eng chuqur joyi to‘g‘ri
keladi.
Trigonum scalenovertebralening lateral tomonini oldingi narvon muskuli,
medial tomonini bo‘yinning uzun muskuli, asosini plevra gumbazi hosil qiladi.
Uchburchak cho‘qqisini VI bo‘yin umurtqasi ko‘ndalang o‘sig‘ining uyqu
do‘mbog‘i tashkil etadi.
Uchburchakda o‘mrov osti arteriyasining boshlanish qismi, undan chiquvchi
tarmoqlar, ko‘krak limfa yo‘lining yoyi, simpatik nervning pastki va oraliq tugunlari
joylashadi. Shu tuzilmalarning hammasi beshinchi fassiya ostida joylashadi (102-rasm).
O‘mrov osti arteriyasi birinchi bo‘limi orqada va pastda plevra gumbaziga
tegib turadi. Oldindan o‘ng va chap o‘mrov osti arteriyalarini tomirlar, nervlar va
muskullar (to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon, to‘sh-til osti va to‘sh-qalqonsimon)
qoplaydi. O‘mrov osti arteriyasining bu tomir va nervlarga nisbatan joylashishi
o‘ng va chap tomonlarda turlichadir.
O‘ng o‘mrov osti arteriyasi oldida vena burchagi joylashadi. Arteriya bilan
vena burchagi orasidan sayyor va diafragma nervlari o‘tadi. Har ikki nerv arte-
riyani yuqoridan pastga: sayyor nerv – o‘rta chiziqqa yaqin, diafragma nervi –
undan tashqarida kesib o‘tadi (har ikkala nerv orasidan ansa subclavia n.sympatici
o‘tadi). Arteriyadan orqada o‘ng qaytuvchi nerv sirtmog‘i, o‘mrov osti arteriyasidan
ichkarida umumiy uyqu arteriyasi o‘tadi.
Chap o‘mrov osti arteriyasidan oldinda ichki bo‘yinturuq venasi va chap
yelka-bosh venasining boshlanish qismi joylashadi. Bu venalar bilan arteriya orasi-
da sayyor va diafragma nervlari o‘tadi, lekin o‘ng tomondagiga o‘xshab
ko‘ndalangiga emas, balki uning oldingi devori bo‘ylab boradi (n.vagus - ichkari-
da, n.phrenicus – tashqarida, ansa subclavia – ular orasida bo‘ladi). Chap qaytuv-
chi nerv arteri-yadan ichkarida boradi. Ko‘krak limfa yo‘li yoyi o‘mrov arteriyasi
bilan oldinda, undan qalqon-bo‘yin arteriya poyasi chiqqan joyida kesishadi.
O‘mrov osti arteriyasining birinchi bo‘limidan quyidagi tarmoqlar boshla-
nadi. O‘rta chiziqqa yaqinroqda o‘mrov osti arteriyasining qavariq qismidan
a.vertebralis chiqadi. U vertikal yo‘nalishda yuqorigam.scalenus anterior va
m.longus colli orasidagi egat bo‘ylab boradi, keyin VI bo‘yin umurtqasidagi fora-
men transversumga kiradi.
Umurtqa arteriyasidan tashqarida, oldingi narvon muskulining ichki yuzasi
bo‘ylab o‘mrov osti arteriyasidan truncus thyreocervicalis chiqadi va 4 ta tarmoq-


154
qa bo‘linadi: aa.thyreoidea inferiorcervicalis ascendenscervicalis superficialis
va suprascapularis. Ulardan a.thyreoidea inferior yuqoriga ko‘tariladi va VI bo‘yin
umurtqasi ko‘ndalang o‘sig‘idan bir oz pastda orqadagi umurtqa arteriyasini va
oldindagi umumiy uyqu arteriyasini kesib o‘tadi.
A.cervicalis ascendens oldingi narvon muskulining oldingi yuzasi bo‘ylab
n.phrenicusdan ichkarida va unga parallel holda yuqoriga ko‘tariladi. Qolgan ik-
kita arteriya deyarli ko‘ndalang yo‘nalishda orqaga yo‘naladi.
O‘mrov osti arteriyasi yoyining botiq bo‘limidan pastga boruvchi a.thoracica
interna (a.mammaria interna BNA) chiqadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish