Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


BO‘YINDAGI LIMFA TUGUNLARI,  FLEGMONALAR VA



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

156
BO‘YINDAGI LIMFA TUGUNLARI,  FLEGMONALAR VA
ABSSESSLAR
Bo‘yinda quyidagi beshta limfa guruhlari tafovut qilinadi:
1) jag‘ osti; 2) engak osti; 3) oldingi bo‘yin (yuza va chuqur); 4) lateral
bo‘yin (yuza); 5) bo‘yinning chuqur limfa guruhlari (105-rasm).
Jag‘ osti tugunlari, lnn.submandibulares (lymphoglandulae submaxilares -
BNA) – 4–6 tagacha (ba’zan ko‘proq) jag‘ osti so‘lak bezi o‘rindig‘ida va bezning
ichida joylashadi. Ular yuzning yumshoq to‘qimalaridan, qovoqning medial qismi-
dan, lablardan, og‘iz va burun dahlizining shilliq pardasidan va og‘iz bo‘shlig‘i
tubidan limfani yig‘adi. Ularning olib ketuvchi tomirlari bo‘yin chuqur limfa tu-
gunlarining yuqorigi guruhiga quyiladi.
Engak osti tugunlari (lnn.submentales) 2-3 ta bo‘lib, ikkinchi fassiya ostida,
ikki qorinchali muskullarning oldingi qorinchalari, pastki jag‘ va til osti suyaklari
orasida joylashadi. Ularga engak osti, til ildizi, old-pastki tishlar va qisman, past-
ki labdan limfa keladi. Ularga taalluqli tomirlar jag‘ osti yoki bo‘yinning chuqur
yuqori limfa tugunlariga quyiladi. Tilning pastki yuzasi va pastki lab rakida engak
osti tugunlairga metastazlar bo‘lishi mumkin.
Bo‘yinning old tugunlari bo‘yinning o‘rta qismida, til osti suyagi osti so-
hasida joylashadi. Oldingi bo‘yinturuq venasi bo‘ylab joylashgan yuza tugunlar
(odatda, 2 ta) va chuqur, yukstavisseral tugunlar farqlanadi. Oxirgi guruhni hiqil-
doq va qalqonsimon bez bo‘yinchasi oldidagi (doimiy bo‘lmagan tuguncha),
kekirdak oldi (pretraxeal – qalqonsimon bez bo‘yinchasi va chap nomsiz vena
o‘rtasida), kekirdakning yon tomonlaridagi tugunlar (paratraxeal – qaytuvchi nerv
bo‘ylab joylashadi) tashkil etadi.
Sanab o‘tilgan tugunlar bo‘yin a’zolaridan limfa qabul qiladi, ularning olib
ketuvchi tomirlari ichki bo‘yinturuq limfa zanjiriga yoki bo‘yinturuq limfa poy-
alariga (yoki ko‘krak limfa yo‘liga) quyiladi.
Lateral guruhni tashqi bo‘yinturuq venasi bo‘ylab joylashuvchi bir nechta
yuza tugunlar hosil qiladi, ularning olib keluvchi tomirlari quloq oldi tugunlari
bilan, olib ketuvchi tomirlari esa chuqur bo‘yin tugunlari bilan bog‘langan bo‘ladi.
Bo‘yin limfa tugunlarining asosiy qismini chuqur bo‘yin tugunlari tashkil qiladi;
ular uchta zanjir shaklida: ichki bo‘yinturuq venasi bo‘ylab, qo‘shimcha nerv bo‘ylab va
bo‘yinnning ko‘ndalang arteriyasi bo‘ylab joylashib, uchburchak shaklini hosil qiladi.
Bo‘yinning ko‘ndalang arteriyasi bo‘ylab joylashgan zanjir ko‘p hollarda
o‘mrov usti tugunlar guruhi deyiladi; bu guruhning chap vena burchagiga yaqin
joylashgan eng katta tuguni (Truaze-Virxov tuguni) ko‘pincha oshqozon va
qizilo‘ngachning pastki qismi o‘smalarida birinchilar qatorida zararlanadi. Bun-
day hollarda bu tugunni chap to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskuli va o‘mrov
suyagi o‘rtasidagi burchakda paypaslab aniqlash mumkin.
Bo‘yinning chuqur limfa tugunlari bosh va bo‘yinning barcha limfa tugun-
lari-dan, shu jumladan, halqum orqa tugunlaridan limfa qabul qiladi. Shunday
qilib, bo‘yinning chuqur limfa tugunlari bo‘yin ichki a’zolaridan keluvchi limfa
uchun asosiy yo‘l hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim a’zolarning bir qism limfa
tomirlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri chuqur bo‘yin tugunlariga quyiladi (til, halqum, bodom-
cha bezi, hiqildoq, qalqonsimon bez, bo‘yin muskullari).
Chuqur bo‘yin limfa tugunlaridan ko‘proq amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan
tugunlar, umumiy uyqu arteriyasi bifurkatsiyasi sohasida yotuvchi tugunlar bo‘lib,


157
105-rasm. Bosh, bo‘yin,
ko‘krakning oldingi devori
va qo‘ltiq osti sohasining
limfa tugunlari.
1–
nodi
lymphatici
(
lnn
.)
parotidei
superficiales
;
2–
lnn
.
parotidei
profundi
;
3–
lnn
.
buccales
;
4–
lnn
.
mandibulares
;
5–
lnn
.
submentales
;
6–
lnn
.
submandibulares
;
7–
nodus
l y m p h a t i c u s
jugulodigastricus
;
8–
nodus
lymphaticus
juguloomohyoideus
; 9–
lnn

cervicales
profundi
;
10–
lnn
.
pretracheales
; 11–
truncus
jugularis
; 12–
lnn
.
sternalis
;
13–
lnn
.
pectoralis
; 14–kichik va katta ko‘krak muskullari orasidagi limfa
tugunlari; 15–Zorgius limfa tuguni; 16–
lnn
.
axillares
laterales
;
17–
lnn
.
axillares
centrals
; 18–
lnn
.
apicales
(
subclaviculares

BNA
);
19–chuqur limfa tugunlarining o‘mrov osti guruhi (bo‘yinning ko‘ndalang
arteriyasi bo‘ylab zanjir hosil qilgan); 20–qo‘shimcha nervni kuzatib boruvchi
qo‘shimcha tugunlardan biri; 21–
nodus
lymphaticus
cervicalis
superficialis
;
22–
lnn
.
cervicales
profundi
; 23–
nodus
lymphaticus
parotideus
superficialis
;
24–
lnn
.
retroauriculares
; 25–
lnn
.
occipital
u
s
.
bunda bitta tugun (ln.jugulodigastricusv.jugularis interna va v.facialis orasidagi
burchakda joylashadi (til osti suyagining katta shoxlari sohasida). Bu tugun og‘iz
bo‘shlig‘i a’zolari, jumladan, tilning orqa bo‘limi rakida birinchilar qatori zarar-
lanadi. Yana bu limfa tuguni tomoqning yallig‘lanish kasalliklarida adenoflegmo-
na xastaligining manbai bo‘ladi.
Kurak-til osti muskul payining ichki bo‘yinturuq venasi bilan kesishgan joyi-
da joylashgan tugun (ln.juguloomohyoideus) ko‘pincha til o‘sma xastaliklarida
zararlanadi.
Chuqur bo‘yin limfa tugunlaridan limfa truncus lymphaticus jugularisga
quyiladi. Bu poya bo‘yinning chap tomonida ductus thoracicusga quyiladi. Bosh
va bo‘yinning o‘ng yarmi, o‘ng qo‘l sohasi va ko‘krak bo‘shlig‘ining o‘ng yarmi-
dagi asosiy limfa yo‘llari ikkita limfa poyasi bilan tugaydi. Ularning har ikkalasi
alohida holda venalarga quyiladi.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish