A holat ravishi



Download 69,5 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi69,5 Kb.
#560174
Bog'liq
DTM


46) Jim, endi, hozircha, yangicha, so`ngra, avvalgi, bittalab, dastlab, qishin-yozin, eson-omon, erta-indin, butunlay, ichkari, eskicha, qatorasiga, ataylab, atayin, noilojlikdan. Quyidagilardan ravishning qaysi ma’no turiga oid yasama ravishlar soni ko`proq?
A) holat ravishi
B) maqsad ravishi
C) payt ravishi
D) o`rin ravishi
47) Qaysi qatorda o`zaro omonimlik hosil qiladigan lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar ishtirok etgan.
A) Men iljayib turaverdim, u ovutib turgan ukamni qo`ydi-da, qo`g`irchoqlarining oldiga yugurib ketdi.
B) Uzoqdan mashinalarning signali eshitilar edi.
C) Aka-ukalar to`qayda bo`ri, to`ng`iz, tulkilar ko`p bo`lishini eshitishgan edi.
D) Bola uchar otlar haqidagi ertaklarni eshitishni yoqtirar edi.
48) Qaysi qatorda yetakchi qismi ibora bilan ifodalangan ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi ishtirok etgan?
A) Xotirjam bo`lib o`tirgan qizning sahnaga ko`zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi.
B) Birdan qichqirib qoladiki, sho`rlik Oqto`sh qochaman deb umbaloq oshib tushadi.
C) O`yin-kulgu, askiya kechgacha cho`zilib ketdi.
D) Dadasining qo`lidan ushlab, dikir-dikir sakrab o`ynoqlab keta berdi.
49) Quyidagi gaplardan qaysi birida ko`makchini kelishik qo`shimchasi bilan almashtirib bo`lmaydi?
A) Kozimbek mashinasini yo`lga chiqarib qishloq tomon yurdi.
B) Qish o`tib, bahor kelishi bilan Qorabog`da o`tkazilgan qurultoyda yurish qilishga qaror qilindi.
C) Bu gullarning hammasini faqat va faqat onam uchun parvarish qilganman.
D) Botir o`zining ko`rgan-bilganlari haqida to`lib-toshib gapirardi.
50) Tilingga juda ehtiyot bo`lgin, boshing omon saqlanadi. So`zingni qisqa qilsang, umring uzayadi. Ushbu gapda necha o`rinda munosabat shakllari ishtirok etgan?
A) 13 o`rinda
B) 14 o`rinda
C) 10 o`rinda
D) 6 o`rinda
51) Tuproqning eng katta hikmati shundaki, unda har qanday urug` unadi, o`sadi, kamol topadi. Adabiyot ham shunga o`xshaydi. Unda ham eng go`zal fikrlar va tuyg`ularning unib-o`sishini ko`rasiz. Ushbu gap haqida berilgan fikrlarning nechtasi to`g`ri?
1) Tarkibida uyushiq kesim qatnashgan kesim ergash gapli qo`shma gap.
2) Bosh gap tarkibida qaralmish ega vazifasini bajargan.
3) Ergash gap taribidagi olmosh ishora qilayotgan so`z kesim vazifasini bajargan.
4) Besh o`rinda ko`rsatish olmoshi qatnashgan.
5) Uch o`rinda qaratqichli birikma ishtirok etgan.
6) Gapda faqat ikkinchi darajali bo`laklarning uyushishi kuzatiladi.
7) Ko`rsatish olmoshi uch o`rinda vositali to`ldiruvchi vazifasini bajargan.
8) Bir o`rinda belgilash olmoshi eganing aniqlovchisi vazifasini bajargan.
9) Barcha gaplar tarkibida ega qatnashgan.
10) Yasalish asosi fe’l bo`lgan yasama ot qatnashgan.
A) beshtasi
B) uchtasi
C) oltitasi
D) barchasi
52) Qaysi qatordagi gapda otlashish hodisasi kuzatilmaydi?
A) Ona kelar yo`lda yugurib, ko`ringandan qizini so`rab.
B) Bolalarning eng kattasi hozir o`n olti yoshda ekan.
C) Ikkovi bir bo`lsa, albatta, yana biror ko`ngilsizlikni boshlashadi.
D) Shunisi qiziqki, bu she’rni hamma allaqachon yod olgan ekan.
53) Quyidagi gaplarning qaysi birida munosabat shakllari boshqalariga nisbatan ko`proq qo`llangan?
A) Inson qanchalik ma`rifatli bo`lsa, el-yurtga shunchalik ko`p foydasi tegadi.
B) Go`zallik tuyg`usini singdirmay turib, barkamol insonni, komil shaxsni voyaga yetkazish mumkin emas.
C) Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon.
D) Ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan.
54) Suvsagan qarg`a chanqog`ini qondirmoqchi bo`lib, suv solingan ko`za oldiga keldi-da, uni engashtirmoqchi bo`ldi, lekin bunga kuchi yetmadi. Ushbu gapda asos-qo`shimchaga ajratish va bo`g`inga ajratish o`zaro teng kelgan so`zlar sonini aniqlang.
A) 5 ta
B) 6 ta
C) 4 ta
D) 3 ta
55) Fonetik hodisaga uchramaydigan unliga xos xususiyatlar to`g`ri izohlangan javobni toping.
A) quyi keng, lablanmagan, old qator unli
B) yuqori tor, lablangan, orqa qator unli
C) o`rta keng, lablangan, orqa qator unli
D) o`rta keng, lablanmagan, old qator unli
56) Ma’nosi fonema yordamida farqlanmaydigan so`z ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Ming afsuski, saraton kasalligining davosi haligacha topilgan emas.
B) Uning ishlatgan hiylasi hammani hayratda qoldirdi.
C) Amr qildimki, vazirlar quyidagi to`rtta sifatga ega bo`lsinlar.
D) Pastda azim daryo shovullab, shovqin solib oqmoqda.
57) Tarkibida jarangli+jarangli tovushlar qator kelgan so`z qatnashgan gapni toping.
A) Hunarli kishi xor bo`lmas.
B) Do`st achitib gapirar, dushman- kuldirib.
C) Daraxtni yer ko`kartiradi, odamni-el.
D) Aybsiz do`st axtargan do`stsiz qolar.
58) Asosida faqat keng unlilar qatnashgan gap(lar)ni aniqlang.
1) Qalovini topsang, qor yonar.
2) Boshingga qilich kelsa ham, rost so`zla.
3) Birovga choh qazigan o`zi yiqilar.
4) O`ynab gapirsang ham, o`ylab gapir.
5) Qoqilsang, toshdan o`pkalama.
6) Otalar so`zi-aqlning ko`zi.
A) uchtasida
B) bittasida
C) to`rttasida
D) ikkitasida
59) Yosh Hakima boshqa o`rtoqlaridan qolmaslik uchun kuyib-yonib ishlaydi, yuzidan oqayotgan terni sidirib tashlashga qizg`anadi. Ushbu gapda yetakchi morfemasi shakldoshlik xususiyatiga ega bo`lgan so`zlarning sintaktik vazifasi qaysi qatortda noto`g`ri izohlangan?
A) sifatlovchi aniqlovchi
B) ravish holi
C) o`rin holi
D) vositasiz to`ldiruvchi
60) 1) O`yladi-o`yladi, lekin o`yining oxiriga yetolmadi.
2) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo`llab-quvvatlaydi.
3) Mixlangan qulog`idan, suv quyar oyog`idan.
4) Bolakay tog`lar orasida yashovchi tog`asini juda yaxshi ko`radi.
5) Bo`linganni bo`ri yer, ayrilganni ayiq yer.
6) U kelinning og`zidan gapini uzib olganday gapirar emish.
Yuqoridagi gap(lar)dan qaysilarining imlosida tovush tushish hodisasi kuzatilgan.
A) 1, 3, 4
B) 6, 5, 1
C) 2, 4, 5
D) 3, 5, 6
61) Insonning fe’l-atvorini to`g`riroq tushunish uchun boshqa vositalar bo`lmaganda uni ranjitadigan hazildan foydalanish mumkin. Ushbu gap haqida berilgan fikrlardan nechtasi to`g`ri?
1) Ikki o`rinda nomustaqil vositasiz to`ldiruvchi qatnashgan.
2) Juft so`z bilan ifodalangan qaralmish to`ldiruvchi vazifasini bajargan.
3) Sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchi vositali to`ldiruvchini aniqlab kelgan.
4) Ushbu gap shaxsi noma’lum gap hisoblanadi.
5) Gapning kesimi harakat nomi bilan ifodalangan murakkab ot-kesim.
6) Ikki o`rinda nomustaqil holning nomustaqil holga tobelanishi kuzatiladi.
7) Bir o`rinda hol sifat bilan ifodalangan.
A) to`rttasi
B) uchtasi
C) beshtasi
D) barchasi
62) Ba’zi kishilar kichik xatardan o`zlarini olib qochib, katta falokatga ro`para bo`lganlarini sezmay qoladilar. Ushbu gap tarkibidagi so`z birikmalari qaysi qatorda to`g`ri izohlanmagan?
A) uchta otli, to`rtta fe’lli so`z birikmasi
B) uchta bitishuvli, to`rtta boshqaruvli so`z birikmasi
C) to`rtta to`ldiruvchili, uchta aniqlovchili, bitta holli so`z birikmasi
D) to`rtta to`ldiruvchili, uchta aniqlovchili so`z birikmasi
63) Tarkibida uyushiq va ajratilgan bo`lak qatnashgan murakkablashgan sodda gapni aniqlang.
A) Achchiq va hidli dorilar alohida jelatin g`ilofida ichiladi.
B) Hindistonning qoramtir changalzorlarini, qalin bambukzorlarini, ya’ni junglini ko`rish uchun ertalab yo`lga chiqish ma’qulligini aytishdi.
C) So`zlashga berilgan kishi hikmat sharafidan chetlashgan va mahrumdir.
D) Qizning uzun va qalin kipriklari asta yerga egildi, ko`zlaridan ikki tomchi yosh, ya’ni qalb og`rig`i sirg`alib yuziga tushdi.
64) Tarkibida faqat bosh bo`laklarning uyushishi kuzatilgan gapni toping.
A) Oqillarga shafqat va mehribonchilik bilan muomalada bo`lib, so`ngra tavoze, odob bilan yordam qilinglar.
B) Faylasuflarning odati, axloqi ham o`z kasbiga loyiq, xuddi tug`madek bo`lishi kerak.
C) Men sizga ham, o`g`lingizga ham o`n marta, yuz marta gapirdim.
D) O`zini anglash va fikrlash yoshlarga ham, keksalarga ham xosdir.
64) Ajratilgan undalma qatnashgan gapni toping.
A) Birozdan so`ng Hasan aka, fizika o`qituvchisi kirib keldi.
B) Onajonim, hayot chirog`imni yoqqan insonim, biz farzandlar baxtiga doim sog` bo`ling!
C) Aziz ayollar, opa-singillar, siz doimo yurt e’tiboridasiz,
D) Uning mungli, mehrli ko`zlariga endi qanday qarayman.
65) E’tibor berganmisiz yoki yo`qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do`stingiz bor. Qachon xohlasangiz, siz bilan hamsuhbat bo`ladi. Yaqin kishilaringiz burilib ketganda ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima tama qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo`ysangiz, indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham, arazlamaydi. Berilgan matnda yordamchi so`z turkumi necha o`rinda qo`llangan?
A) besh o`rind
B) to`qqiz o`rinda
C) olti o`rinda
D) sakkiz o`rinda
66) Bilasizmi, yulduzlarning ham “yulduzi”, ya’ni mashhurlari bo`ladi. Qutb yulduzi ana shundaylardan biri. Berilgan gapda sirg`aluvchi, jarangli, til oldi, shovqinli undoshlar necha o`rinda qo`llangan?
A) 6 o`rinda
B) 5 o`rinda
C) 10 o`rinda
D) 9 o`rinda
67) 1) Qarasam, oshxona tomondan gup-gup etgan tovush kelyapti // oyim o`g`irda tolqon qilyapti.
2) Narigi tomonda taraq-turuq boshlandi // quruvchilar ishga tushdi.
3) Somonsuvoq chakki bo`lmagan // faqat bir-ikki xonaning burchaklari notekisroq chiqqandi.
4) Qattiq charchagan edim // nima deb javob berganimni eslayolmayman.
5) Kampirning jig`ibiyroni chiqdi // savatini ko`tarib tez-tez yurib ketdi.
A) barchasida
B) uchtasida
C) to`rttasida
D) ikkitasida
68) Sabab ma’nosi ifodalanmagan hol ergash gapli qo`shma gapni aniqlang.
A) Kelinimga ko`z tegmasin deb, hamma xonalarga isiriq tutatib chiqdim.
B) Suhbatingizga sira to`ymayman, chunki qalbingiz, tuyg`ularingiz qor kabi beg`ubor.
C) Dam oluvchilar sayrga ketishgan, shuning uchun atrofda shovqin yo`q edi.
D) Hali hech kim kelmagan deb, ancha vaqt tashqarida kutib turdim.
69) Ergash gap tarkibida kompozitsion usul bilan yasalgan qo`shma sifat qatnashgan aniqlovchi ergash gapli qo`shma gapni aniqlang.
A) Kimning ko`ngli to`g`ri bo`lsa, uning ishi ham to`g`ri bo`laveradi.
B) Bolaning dunyoqarashi shunchalik keng ekanki, gaplarini tinglab yoqangni ushlaysan.
C) Kimki samimiy va pokdil bo`lsa, uning ishlari o`ngidan kelaveradi.
D) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko`p bo`ladi.
70) strategiya, suverin, fahrlanmoq, xoxlamoq, xafv, tehnologiya, zaxira, kongres, tatbiq, qat’iy nazar. Yuqoridagi so`zlardan nechtasi noto`g`ri yozilgan?
A) beshtasi
B) uchtasi
C) yettitasi
D) to`rttasi
71) Turdi Farogiyning “Tushkunlikka tushgan, qiyinchiliklar girdobida yashayotgan shaxs fojiasining tasviri” keltirilgan asarga xos bo`lgan xususiyatni aniqlang.
A) Bu asarda istiora, tazod, tashbih, ta’did kabi she’riy san’atlardan ko`proq foydalanilgan.
B) Unda “Kechagi imkon va imtiyoz hamda bugungi imkonsizlik va mavhumiyat she’rxon ko`z oldida qiyoslab beriladi”.
C) Tanqidiy-satirik yo`nalishga qaramasdan, bu asarda avtobiografik unsurlar ham oz emas.
D) Bu she’riy asarda lirik qahramonning shunchalik ozib ketganligidan hatto ignaning ko`zidan ham o`ta olishi tasviri keltiriladi.
72) “Zulm ustun kelib, bir mamlakatni bosib tursa, shu zulmni oftob va tong ravshanligi bartaraf etolmas, bunday zulmatni adolat kuchi yengar”. Yuqoridagi fikrlar qaysi asardan olingan?
A) “Devonu lug`otit turk”
B) “Qarolar falsafasi
C) “Qutadg`u bilig”
D) “Qissasi Rabg`uziy”
73) “Shahg`a ko`p erdi ov ishida vuquf,
Balki bor erdi asru ko`p mash’uf”. Ushbu parchada qaysi qahramonning holati izohlangan?
A) Navdar
B) No`mon
C) Jobir
D) Suhayl
74) Qaysi bayt tarkibida muqayyad qofiyaga misol keltirilgan.
A) Bukun, ey do`stlar, farzandi jononimni sog`indim,
Gado bo`lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog`indim.
B) Ikki mahbubni ko`rdum, bir-birisin ko`rmagan,
Ikkisining o`rtasiga do`stlar qil sig`magan.
C) Ul nadurkim, sabzto`nlik, yoz yog`ochning boshida,
Qish yalang`och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
D) Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo`lsa, oshno Uvaysiyman.
75) Yuz ochg`il, ko`z seni to`yguncha ko`rsin,
Necha bo`lg`ay bu ko`zim muntazir, och. Ushbu baytning muallifi va unda qo`llangan she’riy san’atni toping.
A) Navoiy, tajnis
B) Atoyi, nido
C) Lutfiy, tajnis
D) Xorazmiy, tashbeh
76) “Uyning gapi ko`chaga to`g`ri kelmaydi” maqoli mazmunan mos keladigan asar bilan bir xil janrda yozilgan asarni aniqlang.
A) “Chiniqish”
B) “Qaydasan, Moriko”
C) “Alvido, Gulsari”
D) “Dahshat”
77) Tangri ato etgan aql-u zakovat bilan
Falokatdan o`zni asrash bizga farzi ayn. “Hamlet” tragediysidan olingan ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?

  1. Rozenkars

  2. Poloniy

  3. Qirol

  4. Hamlet

78) Bir adabiy turga mansub asarlar berilmagan qatorni toping.



  1. “Nur qidirib”, “Navoiy”, “Ko`hna dunyo”

  2. “Bir o`rim soch tarixi”, “O`yin”, “Tengdoshlar”

  3. “Hindiqushdan nola keldi”, “Onajon”, “Rangin lahzalar”

  4. “Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Matluba”

79) Kimki hayotda u boshidan o`tkazganchalik shikast ko`rmagan bo`lsa, uning holi shikastini bila olmaydi. Ushbu didaktik xulosa Alisher Navoiyning qaysi janrda yozilgan asarida o`z ifodasini topgan?


A) tuyuq
B) fard
C) ruboiy
D) g`azal
80) Mard maydonda" degani bu bo'lur.Hozirgi zamonning urushlari mahzi nomardlik.Bexosdan turgan kishini miltiq bilan otmoq,tinch aholining xonadoniga to'p qo'ymoq,osmonga xayripilon chiqarmoq-bularning bari nomardlik-bu kofirning ishi". Yuqoridagi parcha kim tomonidan aytilgan?
A) Ahmadali so'fi
B) Ermon buva
C) Bo'ri polvon
D) Qosimbek
81) Bu yilgi ro'za yoz chillasiga to'g'ri kelgan, jazirama kunlarda tong sahardan kechqurun qorong'i tushguncha tuz totmay och yurish ko'p odamning sillasini quritar,buning ustiga tashnalik azobi qo'shilardi. Ro'zadorlar kunni qanday kech qilishlarini bilmay,tezroq qosh qorayishini intizorlik bilan kutishardi.
Yuqoridagi parcha qaysi asardan olingan?
A) Yulduzli tunlar
B) Dunyoning ishlari
C) Yulduzlar mangu yonadi
D) Shum bola
82) Bu yilgi ro'za yoz chillasiga to'g'ri kelgan, jazirama kunlarda tong sahardan kechqurun qorong'i tushguncha tuz totmay och yurish ko'p odamning sillasini quritar,buning ustiga tashnalik azobi qo'shilardi. Ro'zadorlar kunni qanday kech qilishlarini bilmay,tezroq qosh qorayishini intizorlik bilan kutishardi.
Yuqoridagi parcha qaysi asardan olingan?
A) Yulduzli tunlar
B) Dunyoning ishlari
C) Yulduzlar mangu yonadi
D) Shum bola
83) .."Hujraning ichi qorong'i bo'lmasa ham qoidaga binoan g'arb tomonidagi mehrobga sham yoqib qo'yilgan edi.Kunduzgi yorug'lik qarshisida ko'zga zo'rg'a tashlanayotgan sham yog'dusi yon-veridagi gulgun naqshlarga tushib,elas-elas jilvalanardi"
Yuqoridagi parcha qaysi asardan olingan?
A) Dunyoning ishlari
B) Yulduzli tunlar
C) Yulduzlar mangu yonadi
D) Shum bola
84) . "Bechora hayotda omadi yurishmagan xotin.Zavodda o'ttiz yil ishlagan.Yoshligida beva qolgan.Yolg'iz o'g'lini deb umrini o'tkazgan.Aytishlariga qaraganda,o'g'lini rejim bilan ovqatlantirib, rejim bilan uxlatib o'stirgan ekan. Bitta farzanddan ham buyurmadi.O'g'li uylanishi bilan xotininikiga ko'chib ketdi".
Yuqoridagi parcha kim haqida?
A) Klava xola
B) Oyxol momo
C) Niso xola
D) Zebi xola
Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish