SON, FEMUR
Sonning shakli asosi yuqoriga qaragan kesik konus ko‘rinishiga ega (45-rasm).
T a sh q i m o‘ l j a l l a r: oldinda - oldingi-ustki yonbosh o‘tkir o‘sig‘i
(spina iliaca anterior superior); chov burmasi (plica inguinalis); simfizdan 1,5-2
sm tashqarida, chov burmasi ustida qov do‘mbog‘i (tuberculum pubicum); son-
ning o‘rta sohasida - mashinachilar muskuli (m.sartorius)ning konturi; pastki so-
hasida sonning ichki va tashqi keng muskullari (mm.vastus medialis et lateralis)
hamda ular orasida son to‘rt boshli muskuli (m.quadratus femoris)ning payidan
iborat bo‘lgan do‘nglik; sonning orqasida yarim-pay va yarim parda muskullari,
mm.semitendinosus et semimembranosus hamda sonning ikki boshli muskuli
(m.biceps femoris)ning konturlari; yuqori-medial qismidagi son-oraliq burmasi-
da qov suyagining pastki shoxi (ramus inferior ossis pubis) va quymich suyagin-
ing dumbog‘i (tuber ischiadicum)ni aniqlash mumkin.
Ch e g a r a l a r i: yuqorida - chov burmasi, son-oraliq va dumbaning
ko‘ndalang burmalari bo‘ylab son suyagining katta ko‘stiga, undan yonbosh suy-
agining ol-dingi-ustki o‘tkir o‘sig‘iga o‘tkazilgan chiziq, pastda - tizza qopqog‘i
asosidan ikki barmoq eni yuqorida o‘tkazilgan aylana chiziq.
44-rasm. Rozer-
Nelaton chizig‘i.
67
45-rasm. O‘ng sonning yuqorigi (a),
o‘rta (b) va pastki (v) qismlari orqali
o‘tkazilgan ko‘ndalang kesimlar.
a: 1-
n
.
femoralis
-ning shoxlari; 2-
n
.
saphenus
; 3-
a
.
et
v
.
femoralis
; 4-
v
.
saphena
magna
va uning yonida boruvchi
son nervining teri shoxi; 5-
vasa
profunda
femoris
; 6-
m
.
pectineus
; 7-
m
.
adductor
longus
et
rami
anterior
n
.
obturatorii
;
8-
m
.
gracilis
; 9-
m
.
adductor
brevis
; 10-
ramus
posterior
n
.
obturatorii
; 11-
m
.
a d d u c t o r
m a g n u s
; 1 2 -
m
.
semimembranosus
- ning payi; 13-
m
.
semitendinosus
; 14-
m
.
biceps
femoris
; 15-
n
.
cutaneus
femoris
posterior
;
16-
m
.
gluteus
maximus
; 17-
n
.
ischiadicus
va uning yonida boruvchi
tomirlar; 18-
m
.
vastus
lateralis
; 19-
m
.
tensor
fasciae
latae
; 20-
m
.
vastus
intermedius
; 21-
n
.
cutaneus
femoris
lateralis
; 22-
m
.
iliopsoas
ning payi;
24-
vasa
circumflexa
femoris
lateralia
; 25-
m
.
sartorius
; Yirik tomirlarning
qinlari suyakka birikkanligi ko‘rinib turibti.
b: 1, 4-
rami
cutanei
anteriores
n
.
femoralis
; 2 -
m
.
rectus
femoris
; 3, 20 -
mm
.
vasti
; 5-
septum
intermusculare
mediale
et
n
.
saphenus
; 6-
m
.
sartorius
;
7-
a
.
et
v
.
femoralis
; 8-
v
.
saphena
magna
va
n
.
femoralis
-ning teri shoxi;
9-
m
.
adductor
longus
; 10-
ramus
posterior
n
.
obturatorii
; 11-
m
.
gracilis
;
12-
septum
intermusculare
posterius
et
m
.
adductor
magnus
; 13-
m
.
semimembranosus
; 14-
m
.
semitendinosus
; 15-
n
.
cutaneus
femoris
posterior
; 16-
caput
longum
m
.
bicipitis
femoris
; 17-
n
.
ischiadicus
va
uning yonida boruvchi tomirlar; 18-
septum
intermusculare
laterale
et
caput
breve
m
.
bicipitis
femoris
; 19-
vasa
profunda
femoris
;
v: 1-
m
.
vastus
medialis
; 2-
septum
intermusculare
mediale
et
n
.
saphenus
;
3-
m
.
sartorius
; 4-
a
.
et
v
.
femoralis
; 5-
m
.
adductor
magnus
; 6-
v
.
saphena
magna
; 7-
m
.
gracilis
; 8-
septum
intermusculare
posterius
et
m
.
semimembranosus
; 9-
m
.
semitendinosus
; 10-
caput
longum
m
.
bicipitis
;
11-
n
.
ischiadicus
va u bilan birga boruvchi tomirlar; 12-
caput
breve
m
.
bicipitis
femoris
; 13-
septum
intermusculare
laterale
et
mm
.
vasti
lateralis
et
intermedius
; 14 -
tendo
m
.
rectus
femoris
.
68
Sonning terisi uning ichki yuzasida tashqaridagiga nisbatan yupqa bo‘lib,
oson siljiydi.
Son sohasi tashqarida katta ko‘stni son suyagining lateral tepachasi (epi-
condylus lateralis ossis femoris) bilan tutashtiruvchi chiziq, ichkarida qov simfiz-
idan medial tepachaga o‘tkazilgan chiziq orqali oldingi va orqa sohalarga bo‘linadi.
Sonning oldingi sohasi, regio femoris anterior
Son oldingi sohasining terisi ostida yuza qorin usti arteriyasi (a. epigastrica
superficialis), tashqi tanosil arteriya (a. pudenda externa) va yonbosh suyagini
o‘rovchi yuza arteriya (a. circumflexa ilium superficialis), sonning katta teri osti
venasi (v. saphena magna) (46-rasm), sonning lateral teri nervi (n. cutaneus femo-
ris lateralis), son nervining oldingi teri shoxlari (rr. cutanei anteriores n. femoralis),
yopqich nervining teri shoxi (r. cutaneus n. obturatorii) tarmoqlanadi (39-rasm),
yuza chov limfa tugunlari (nodi lymphatici inguinales superficiales) joylashadi.
Sonning muskullarini tashqaridan sonning serbar fassiyasi (fascia lata fem-
oris) o‘raydi va ayrim muskul guruhlari orasiga 3 ta: medial, lateral va orqa mus-
kullararo to‘siqlarni beradi. Bu to‘siqlar son suyagining orqa yuzasidagi g‘adir-
budur chiziqqa ( linea aspera) birikib, 3 ta muskul-fassiya o‘rindig‘ini hosil qila-
di. Oldingi o‘rindiqda sonni bukib, boldirni yozuvchi muskullar: sonning to‘rt
boshli muskuli (m. quadriceps femoris); medial o‘rindiqda sonni yaqinlashtiru-
vchi muskullar: taroqsimon (m. pectineus), uzun kalta va katta yaqinlashtiruvchi
muskullar (mm. adductoris longus, brevis et magnus); orqa o‘rindiqda sonni yo-
zuvchi, boldirni bukuvchi muskullar: yarim parda muskuli, m. semimembranosus,
yarim pay muskuli (m. semitendinosus) va sonning ikki boshli muskuli (m. biceps
femoris) joylashadi. Sonning serbar fastsiyasi ancha qalin bo‘lib, ayrim yuzada
joylashgan muskullar uchun alohida g‘iloflar hosil qiladi. Fassiya tashqarida son-
ning fassiyasini taranglovchi muskul (m. tensor fasciae latae)ni o‘raydi va oldingi
tomonda qiyalab yo‘nalgan mashinachilar muskuli (m. sartorius)ga qin hosil qila-
di. Shu yerda, muskulning ichki qirg‘og‘ida serbar fastsiya yuza hamda chuqur
varaqlarga ajraladi. Bu varaqlar orasida oyoqning magistral tomirlari bo‘lgan son
arteriyasi (a. femoralis) hamda venasi ( v. femoralis) joylashadi. Serbar fassiyaning
varaqlari ichkariga davom etib, sonning medial yuzasida joylashgan nozik muskul
(m. gracilis)ga qin hosil qilib, o‘zaro qo‘shiladi. Yuza varaq yuqorida chov boy-
lamiga birikadi. Chov boylamining pastida yuza varaqda oval teshik bo‘lib, u teri
osti yorig‘i (hiatus saphenus) yoki oval teshik (fossa ovale) (47-rasm) deb yuriti-
ladi. Uni g‘alvir fastsiya (fascia cribrosa) bekitib turadi. Bu teshik orqali sonning
yuqorida aytib o‘tilgan yuza arteriyalari hamda tanosil-son nervining son shoxi
(r. femoralis n. genitofemoralis) o‘tib, teri ostiga chiqadi; sonning katta teri osti
venasi esa bu teshik orqali kirib son venasiga quyiladi.
Serbar fassiyaning chuqur varag‘i yonbosh-bel va taroqsimon muskullar-
ning ustini qoplab, yuqorida katta tos bo‘shlig‘iga davom etadi.
Chov boylami (lig. inguinalis) bilan tosning yonbosh va qov suyaklari orasi-
da kamgak joy bo‘lib, u orqali tos bo‘shlig‘i son bilan tutashadi. Chov boylami-
dan boshlanib tos suyagiga yopishuvchi yonbosh-taroqsimon ravog‘i (arcus ilio-
pectineus) kamgakni lateral va medial qismlarga bo‘ladi (47- va 48-rasmlar). Ar-
69
cus iliopectineus son serbar fastsiyasining chuqur varag‘i ko‘rinishida pastga davom
etadi. Lateral qismi medial qismiga nisbatan kattaroq bo‘lib, muskul lakunasi (la-
cuna musculorum) deb yuritiladi: chunki uni asosan yonbosh-bel muskuli
(m. iliopsoas) to‘ldirib turadi. Bu yerda muskuldan tashqari son nervi (n. femoralis)
ham o‘tadi. Kamgakning medial qismi orqali sonning asosiy qon tomirlari o‘tadi,
shuning uchun ham bu qism tomir lakunasi (lacuna vasorum) nomini olgan. Tomir
lakunasidagi son arteriyasi son venasining tashqari tomonida yotadi; venaning
ichkari tomoni bilan qov suyagi orasida g‘ovak kletchatka bilan to‘lgan kichikki-
na bo‘sh joy bor. Unda chuqur chov (Rozenmyuller) limfa tuguni joylashadi. Bu
zaif joy qorin bo‘shlig‘i bilan bevosita chegaradosh bo‘lgani uchun ham, u orqali
qorinning ichki a’zolari qorinpardaga o‘ralgan holda songa, serbar fassiyaning
yuza va chuqur varaqlari orasiga, so‘ngra yuza varaqdagi oval teshik orqali son
46-rasm. Oyoqning teri osti venalari:
a – o‘ng boldirning yuza venalari (oldingi-medial yuzasi);
b – o‘ng sonning yuza venalari (oldingi-medial yuzasi).
70
terisi ostiga chiqishi mumkin. Bun-
day xastalik son churrasi (hernia
femoralis) deb yuritiladi. Shunday
qilib, son churrasida churra xaltas-
ining teri ostiga chiqishi natijasida
son kanali (canalis femoralis) deb
ataluvchi kanal paydo bo‘ladi (47-
rasm). Uning orqa va oldingi devor-
larini mos ravishda serbar fassiya-
ning yuza va chuqur varaqlari, tash-
qi devorini son venasi hosil qiladi.
Kanalning chuqur halqasi (teshigi)
(anulus femoralis) tomir lakunasida joylashgan bo‘lib, uni oldindan chov boyla-
mi, orqadan taroqsimon (Kuper) boylami, lig. pectineale ( Cooper), tashqaridan
son venasi, ichkaridan kamgak (Jimbernat) boylami (lig. lacunare) chegaralaydi.
Kanalning yuza halqasini teri osti yorig‘i (hiatus saphenus) tashkil qiladi.
Ayollarning tos chanog‘i erkaklarnikiga nisbatan yoyiqroq bo‘lib, ko‘ndalang
o‘lchamlari nisbatan keng, vertikal o‘lchamlari kichikroq bo‘ladi. Shu sababli, ay-
ollarda chuqur son halqasi joylashgan tekislik ko‘proq gorizontalga yaqin bo‘lib,
uni qorinning pastki devori deb hisoblash mumkin. Natijada, chuqur son halqalarini
yuqoridan (ichkaridan) qoplovchi qorin ichi (ko‘ndalang) fassiyasiga qorin bo‘shlig‘i
a’zolari tomonidan beriladigan bosim ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollarda
tomir lakunasining nisbiy o‘lchamlari ham erkaklarnikiga nisbatan kengroq bo‘ladi.
Bu faqat ayollar tos chanog‘ining nisbatan kengligi va muskul lakunasini egallab
turuvchi yonbosh-bel muskulining erkaklarnikiga nisbatan zaifligi va kichikroq
o‘lchamda bo‘lishi bilan izohlanadi. Ayollarda chuqur son halqasining frontal
o‘lchami ham kattaroq bo‘ladi.
Yosh o‘tishi bilan son halqasini bekituvchi qorin ichi fassiyasining mustah-
kamligi pasayadi, yonbosh-bel muskuli ham zaiflashib kichrayadi, tomir lakunasi
(va u bilan birga chuqur son halqasi) kengayadi.
Son churralarining kelib chiqishiga quyidagi omillar: tomir lakunasi va u
bilan birga chuqur son halqasi frontal o‘lchamining kengayishi hamda uni qoplo-
vchi ko‘ndalang fassiyaning zaiflashuvi sabab bo‘ladi.
47-rasm. Chov osti sohasi (boylam
osti bo‘shlig‘i) va son churrasi.
1–yonbosh muskuli va
spina
iliaca
anterior
superior
; 2–
m
.
psoas
et
n
.
femoralis
; 3–
lig
.
iliopectineum
; 4–
vasa
femoralis
;
5–churra xaltasi bo‘yinchasi; 6–
chov boylami va lakunar boylam;
7–qov do‘mbog‘i; 8–
margo
falciformis
fossae
ovalis
; 9–
v
.
s a p h e n a
magna
; 10–churra
xaltasi.
71
Yuqorida aytib o‘tilgan sabab va omillar bilan son churralarining ayollar (5
marta) hamda keksa yoshdagi kishilarda ko‘proq uchrashini izohlash mumkin.
Sonning oldingi sohasida son arteriyasi va venasi hamda son nervidan (past-
roqda teri osti nervidan) iborat bo‘lgan tomir-nerv tutami sonning yuqorigi yarmida
son (Skarp) uchburchagi orqali o‘tadi (49-rasm). Son uchburchagining yuqori to-
monini (asosini) chov boylami, tashqi tomonini mashinachilar muskuli, ichki to-
monini uzun yaqinlashtiruvchi muskul (m. adductor longus), tubini esa yonbosh-
bel va taroqsimon muskullar hosil qiladi. Son uchburchagining cho‘qqisi pastga
qaragan bo‘lib, sonning yaqinlashtiruvchi (Gunter) kanaliga davom etadi. Uch-
burchak sohasida son arteriyasi venasiga nisbatan tashqarida, son nervidan ich-
karida joylashib, yuqorida aytib o‘tilgan yuza tomirlardan tashqari yana sonning
chuqur arteriyasi (a. profunda femoris)ni, son suyagini o‘rovchi lateral va medial
arteriyalar (aa. circumflexae femoris lateralis et medialis)ni hamda 3 ta perforant
(teshib o‘tuvchi) arteriyalar (aa. perforantes)ni beradi. Son uchburchagida a. et
v. femoralis serbar fassiyaning yuza va chuqur varaqlari orasida joylashib
(m. pectineus) va (m. iliopsoas)lar orasidagi tarnovsimon chuqurchada yotadi. Bu
tomirlarni son nervidan serbar fastsiyaning chuqur varag‘i ajratib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |