Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


III bob. OYOQNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

60
III bob. OYOQNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Oyoq, extremitas inferior dumba, son, tizza, boldir, oshiq-boldir bo‘g‘imi
sohalari va oyoq panjasidan iborat.
Dumba sohasi, regio glutea
T a sh q i m o‘ l j a l l a r: yonbosh suyagining qirrasi (crista iliaca), oldingi-
ustki o‘tkir o‘siq (spina iliaca anterior superior), dumg‘aza suyagi (sacrum),
tashqarida son suyagining katta ko‘sti (trochanter major), sohaning pastki-medi-
al qismida - quymuch do‘mbog‘i (tuber ischiadicum), yonbosh qirrasining medial
oxirida yonbosh suyagining orqa-ustki o‘tkir o‘sig‘i (spina iliaca posterior supe-
rior) qo‘lga unnaladi.
Ch e g a r a l a r i: yuqorida - yonbosh suyagining qirrasi, pastda - dumba
burmasi, plica glutea, tashqarida - oldingi-ustki o‘tkir o‘siqdan pastga tikka tushi-
rilgan chiziq, ichkarida - dumbalar orasidagi burma.
Teri osti yog‘ qavati terini dumba fastsiyasi bilan tutashtiruvchi fibroz
to‘siqchalar orqali ayrim katakchalarga bo‘lingan. Unda yuza venalar va dumba
arteriyalarining shoxchalaridan tashqari dumbaning yuqorigi, o‘rta va pastki nerv-
lari (nn.clunium superioresmediiinferiores) tarmoqlanadi (39-rasm).
Terisi qalin, yog‘ bezlariga boy. Sohaning yuqori-lateral qismida, ya’ni o‘rta
dumba muskuli katta dumba muskuli bilan qoplanmagan qismida yuza fassiya
bilan xususiy fassiya orasida bel sohasiga davom etuvchi yog‘ to‘plami (massa
adiposa lumbogluteale) bor. Dumba fassiyasi (fascia glutea) dumg‘aza, dum su-
yaklari va yonbosh suyagining qirrasiga birikkan bo‘lib, uning yuza varag‘i birin-
chi qavatda joylashgan dumbaning katta muskuli (m.gluteus maximus)ga g‘ilof
hosil qilib tashqari hamda oldinga davom etadi, so‘ngra sonning serbar fassiyasi-
ni taranglovchi muskulni (m.tensor fasciae latae) ham o‘rab songa o‘tadi. Ikkin-
chi qavatni tashkil etuvchi muskullar yuqoridan pastga quyidagi tartibda joylashadi:
dumba fastsiyasining chuqur varag‘i hosil qilgan g‘ilofda o‘rta dumba muskuli,
m.gluteus medius, keyin ketma-ket – noksimon (m.piriformis), yuqorigi egizak
(m.gemellus superior), ichki yopqich (m.obturatorius internus), pastki egizak
(m.gemellus inferior) va sonning kvadrat muskullari (m.quadratus femoris) joy-
lashadi (40-rasm), bu muskullar ayrim-ayrim fassial g‘iloflarga o‘ralgan bo‘lib,
ularning har biri katta dumba muskuli g‘ilofiga to‘siqlar yordamida birikkan. Shun-
day qilib, 1 va 2-qavat muskullari orasida joylashgan dumba osti kletchatkasi bir
nechta kataklarga bo‘linadi. Bu kletchatkaga uni tosning qorinparda osti bo‘shlig‘i
bilan bog‘lovchi noksimon muskul usti va noksimon muskul osti teshiklari
(to‘g‘rirog‘i - kanallari) ochiladi. Ma’lumki, dumg‘aza-o‘tkir o‘siq boylami
(lig.sacrospinale) tos suyagidagi spina ischiadicani, dumg‘aza-quymuch boyla-
mi (lig.sacrotuberale) quymuch do‘mbog‘i (tuber ischiadicum)ni dumg‘aza suy-
agi bilan tutashtirib, katta va kichik quymich o‘yiqlarini katta va kichik quymuch
teshiklariga aylantiradi (41-rasm). Katta quymuch teshigi orqali chiquvchi noksi-
mon muskul (m.piriformis) bilan shu teshikning yuqorigi va pastki chekkalari
orasida mos ravishda noksimon usti yorig‘i (foramen suprapiriforme) va noksi-
mon osti yorig‘i (kanallari) (foramen infrapiriforme) hosil bo‘ladi. Yuqorigi yoriq
orqali tos bo‘shlig‘idan aet vv.gluteae superiores et n.gluteus superiordan iborat


61
39-rasm. Oyoq terisining innervatsiyasi. Birgina manbadan
ta’minlanuvchi sohalar to‘q kul rangda, bir nechta manbadan
innervatsiyalanuvchi sohalar och kul rangda ko‘rsatilgan.
a: 1-
ramus
femoralis
n

genitofemoralis
; 2-
amus
genitalis
n
.
genitofemoralis
; 3-
rami
cutanei
anteriores
n

femoralis
; 4-
ramus
cutaneus
n

obturatorii
; 5-
ramus
infrapatellaris
n

sa
r
heni
;
6-
n
.
saphenus
; 7-
n

peroneus
profundus
; 8-
n
.
cutaneus
dorsalis
lateralis
;
9-
n
.
cutaneus
dorsalis
intermedius
; 10-
n
.
cutaneus
dorsalis
medialis
;
11-
n

peroneus
superficialis
; 12-
n
.
cutaneus
surae
lateralis
;
13-
n
.
cutaneus
femoris
lateralis
; 14-
ramus
cutaneus
lateralis
n
.
iliohypogastrici
;
b: 1-
nn
.
clunium
superiores
; 2-
ramus
cutaneus
lateralis
n
.
iliohypogastrici
; 3-
n
.
cutaneus
femoris
lateralis
; 4-
n
.
cutaneus
femoris
posterior
; 5-
n
.
cutaneus
surae
lateralis
; 6-
n
.
suralis
; 7-
n
.
plantaris
lateralis
; 8-
n
.
plantaris
medialis
; 9-
rami
calcanei
mediales
;
10-
n

saphenus
; 11-
ramus
infrapatellaris
n

sapheni
; 12-
ramus
cutaneus
n

obturatorii
; 13-
ramus
cutaneus
anterior
n
.
femoralis
;
14-
ramus
genitalis
n

genitofemoralis
; 15-
nn
.
clunium
inferiores
;
16-
nn
.
clunium
medii
.


62
bo‘lgan yuqorigi dumba tomir-nerv tutami o‘tib, dumbaning o‘rta va kichik musk-
ullari orasidagi chuqur dumbalararo kletchatkaga yo‘naladi; faqat yuqori dumba
arteriyasining yuza tarmog‘i (r.superficialis a.glutea superior) dumba osti kletchat-
kasiga o‘tadi.
Pastki yoriq orqali chiquvchi tomir-nerv tutamlari ichkaridan tashqariga quyi-
dagi tartibda joylashadi: tanosil nervi (n.pudendus), ichki tanosil tomirlari (a.et

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish