Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

QO‘L PANJASINING BARMOQLARI
Barmoqlarning kaft yuzasi, regio digitalis palmaris
Uning terisi qalin bo‘lib, barcha qavatlari yaxshi taraqqiy etgan: muguz
qavatidagi epiteliy hujayralari yuz qatordan ortiq (boshqa sohalarning terisida,
odatda, to‘rt qator bo‘ladi), shu sababli mikroorganizmlarning chuqurga kirishidan
ishonchli himoya qiladi. Bundan tashqari, so‘rg‘ichsimon hamda malpigiy qavat-
larining yaxshi rivojlanganligi shikastlanishlar natijasida yo‘qotilgan muguz qavat-
ning tezda tiklanishini taminlaydi.
Oxirgi (distal, tirnoq) falanga terisidagi muguz qavat hujayralari halqa va
yarim halqa ko‘rinishida tasvirlar hosil qilib joylashgan.
Dermatoglifikaning barmoq tasvirlarini o‘rganuvchi bo‘limi daktiloskopiya
deyiladi. Har bir insonning barmog‘i o‘ziga xos takrorlanmas tasvirga ega, shu
boisdan daktiloskopiya kriminalistikada keng qo‘llanadi.
Barmoqlarning terisidan chuqurga vertikal yo‘nalgan fibroz to‘siqlar ketadi.
Tirnoq falangasida bu to‘siqlar bevosita suyak usti pardasiga, o‘rta va proksimal
falangalarda esa paylarning fibroz g‘iloflariga yopishadi. Buning natijasida teri
osti yog‘ kletchatkasi ayrim katakchalarga bo‘linadi (34-rasm). Shu sababdan,
teri osti kletchatkasidagi yiringli jarayon yon tomonlarga tarqalmasdan, balki chuqur-
ga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri suyakka yoki pay g‘ilofiga o‘tishi va osteomiyelit yoki tendo-
vaginitga olib kelishi mumkin; teri qalin bo‘lganligidan yiring tashqariga ham
yorib chiqa olmaydi. Bundan tashqari, yiring bo‘ylamasiga tarqalib keta olma-
ganligi tufayli bir joyda to‘planib, katta bosim ostida to‘qimalarni hamda nerv
oxirlarini ezadi va oqibatda, kuchli og‘riq bilan birga to‘qimalarning yiringli nek-
roziga sababchi bo‘ladi.


56
Teri osti kletchatkasida, barmoqning yon yuzalarida uning kaft yuzasiga
yaqinroq kaft yuzasining xususiy barmoq arteriyalari yotadi. Bu arteriyalar bar-
moqning kaft orqa yuzasidagi xuddi shunday arteriyalarga nisbatan kuchliroq rivoj-
langan bo‘lib, distal falanga sohasida o‘zaro qo‘shilish natijasida yoy hosil qiladi
va shu falanganing kaftini ham, kaft orqa yuzasini ham (II, III, IV barmoqlarda)
qon bilan ta’minlaydi.
Venalar arteriyalarni kuzatib bormaydi, balki to‘r hosil qilib, barmoqning
ustki yuzasiga o‘tib ketadi.
Kaft yuzasining xususiy barmoq nervlari arteriyalarning ichki tomonida joy-
lashgan. Bu nervlar distal falangaga yetgach, uning kaft yuzasi bilan birga ustki
yuzasini ham innervatsiyalaydi. Teri va uning ostidagi kletchatkada yuza limfa
tomirlar to‘ri yaxshi taraqqiy etgan. Ulardan boshlanuvchi mayda tomirlar bar-
moqning yon tomonlaridagi 2-3 ta kichik limfa poyachalariga quyiladi. Bu poy-
achalar esa barmoqlararo burmalarga yetgach, panjaning ustki yuzasiga yo‘naladi.
Panja kaft yuzasining pastki qismidagi limfa tomirlari ham distal tomonga yo‘nalib
kaftning orqa yuzasiga o‘tib ketadi. Ushbu sohalardagi yiringli jarayonlarda, shu
boisdan, kaft orqa yuzasida shish paydo bo‘lishi kuzatiladi.
34-rasm. Barmoqlar topografiyasidagi muhim detallar.
A: 1, 12–
vincula
tendinum
(
longa
et
brevia
); 2-barmoqning ustki aponevrozi;
3-yozuvchi muskul payi; 4-kaft suyagi; 5-kaft suyaklararo muskuli; 6-
chuvalchangsimon muskul; 7, 11-chuqur bukuvchi muskul payi; 8, 10-yuza
bukuvchi muskul payi va uning oyoqchalari; 9-bukuvchi muskullar sinovial
qinining bir qismi;
Tirnoq (B) va o‘rta (V) falangalarning ko‘ndalang kesimlari:
1-tirnoq; 2-tirnoq o‘rindig‘i; 3-suyak; 4-kaft orqa arteriyasi; 5-bukuvchi
muskullar sinovial qinlari; 6-yozuvchi muskul payi; 7-bukuvchi muskulning
fibroz qini; 8-kaft arteriyasi; 9-falanganing kaft yuzasidagi teri osti qavatida
joylashgan katakchalardagi yog‘ bo‘lakchalari.
G-pay qinlarining ko‘ndalang kesimi:
1-fibroz qin; 2-pay; 3-peritenon (peritendiniy); 4-epitenon (epitendiniy);
5-payning tomir va nervlari; 6-mezotenon (mezotendiniy); 7-falanga tanasi.


57
Umuman, qo‘l panjasidan limfani olib ketuvchi poyachalarning soni 30 dan
oshadi va ular, asosan, ikki guruhga ajralib v.cephalica hamda v.basilica bo‘ylab
yuqoriga ko‘tariladi va ko‘pchiligi qo‘ltiq osti limfa tugunlariga quyiladi.
IV va V barmoqning ba’zi limfa tomirlari tirsak limfa tugunlarida (lnn. sub-
itales), I, II va III barmoq limfa tomirlarining ba’zilari esa bosh vena bo‘ylab
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sulcus deltoideopectoralisga borib, o‘mrov osti yoki o‘mrov
usti limfa tugunlarida tugaydi.
Barmoqlarning kaft yuzasi fassiyasi kaft aponevrozining bu yerga keluvchi
bo‘ylama tutamlari hisobiga qalinlashgan bo‘lib, yon tomonlarda barmoq falanga
suyaklariga birikadi va suyak-fibroz kanallarini (vagg.fibrosa digitorum manus)
hosil qiladi (27-rasm). Ma’lumki, har bir barmoqning kaft yuzasida uni bukuvchi
yuza hamda chuqur muskullarning paylari joylashgan; bunda yuza pay ikkiga
ayrilib o‘rta falanga suyagi asosining yon tomonlariga, shu ayrining orasidan
o‘tuvchi chuqur pay esa oxirgi falanganing asosiga birikadi. Bu ikkala payni
umumiy sinovial pay g‘ilofi (vagina sinovialis) o‘raydi (34-rasm).
Sinovial g‘ilof ikki varaqdan iborat bo‘lib, visseral varag‘i (epitendiniy) be-
vosita payni o‘raydi va uning orqa yuzasida burilib, o‘z iziga qaytadi, ya’ni pariye-
tal varaqqa o‘tadi. Pariyetal varaq (peritendiniy) suyak-fibroz kanalini ichki to-
mondan qoplaydi. Bu ikkala varaq orasida sinovial suyuqlik bo‘lib, payning silliq
sirg‘alishini ta’minlaydi. Varaqlarning bir-biriga o‘tish joyida, payning orqa yu-
zasida kletchatka tutuvchi torgina ochiq joy qoladi; u pay tutqichi (mezotendiniy)
deb ataladi (34-rasm). Mezotendiniydagi kletchatkaning aksar qismida kichik boy-
lamlar (vincula tendinum) bo‘lib, ular orqali payni qon bilan ta’minlovchi tomirlar
o‘tadi. Pariyetal varaq vistseral varaqqa bevosita davom etganligi sababli pay
g‘ilofining bo‘shlig‘i berk bo‘ladi. Pay g‘ilofini ustki tomondan fibroz g‘ilof (fi-
broz kanalni hosil qiluvchi) qoplaydi.
Fibroz g‘ilofning falangalararo bo‘g‘imlar sathidagi pay tutamlari butsimon
shaklda (pars cruciformis vaginae fibrosae) bo‘lib, bu yerda fibroz kanal kengroq
bo‘ladi. Fibroz g‘ilofning halqasimon qismi (pars anularis vaginae fibrosae) fa-
langalarning diafizlari sathida joylashadi va fibroz kanalning bu qismi tor bo‘ladi.
Pay g‘ilofi bo‘shlig‘i berk bo‘lganligi hamda fibroz qobiq bilan qoplanganligi
tufayli, yiringli tendovaginitlarda bu bo‘shliqda yiring tarqalib keta olmay, katta
bosim ostida to‘planadi. Natijada, kuchli og‘riq bilan birga vincula tendinum-dagi
tomirlarning tromblanishi tufayli payning nekrozga uchrashi kuzatiladi.
II, III, IV barmoqlardagi bukuvchi muskul paylarining sinovial g‘iloflari
har bir barmoqning distal falangasi asosidan kaft suyaklari boshchalari sathigacha
davom etadi. Ular o‘zaro ham, boshqa sinovial qinlar bilan ham tutashmaydii
(31-rasm). Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskulning sinovial g‘ilofi esa pastda
bosh barmoq distal falangasi asosidan boshlanib, kaft usti kanali orqali o‘tib, yu-
qorida bilakning Paron-Pirogov kletchatka bo‘shlig‘ida (retinaculum flexorum-
dan 1,5-2 sm yuqorida) tugaydi; u bilak sinovial xaltasi deb ataladi. Jimjiloqning
pay g‘ilofi uning distal falangasidan boshlanib, 50-90 foiz hollarda tirsak sinovial
xaltasiga davom etadi.
Barmoqlarni bukuvchi yuza va chuqur muskullarning paylari kaft va kaft
usti sohalarida bitta umumiy g‘ilof bilan qoplangan, uni tirsak sinovial g‘ilofi


58
deyiladi. Bu g‘ilof yuqorida Paron-Pirogov bo‘shlig‘iga (retinaculum flexorum-
dan 2 sm cha yuqorida) kiradi, pastda kaft suyaklarining yarmigacha yetib tugay-
di; faqat jimjiloqqa boruvchi paylarning g‘ilofigina pastga, uning tirnoq falan-
gasigacha davom etadi.
Tirsak sinovial g‘ilofi 8 ta payning har birini barcha tomonlardan alohida-
alohida o‘ramasdan, balki bilak tomoni o‘zaro tutashmaydigan uchta bo‘lakka
ajraladi: birinchisi yuza bukuvchi paylarni ustki tomondan qoplaydi, ikkinchisi
yuza va chuqur paylar orasida yotadi, uchinchisi chuqur bukuvchi paylarning os-
tida joylashadi (35-rasm).
Ba’zan (10 foiz hollarda) bilak va tirsak sinovial g‘iloflari o‘zaro tutashishi
mumkin. Bunda agar, bosh barmoqda pay hasmoli (yiringli tendovaginit) rivojlansa,
jarayon tirsak sinovial g‘ilofiga va undan jimjiloq barmog‘i payining g‘ilofiga
ham o‘tadi. Paylarning yorilishi natijasida esa, yiring kletchatkaga tarqaladi; bun-
day xastalik U–simon flegmona deb yuritiladi.
Shunday qilib, I va V barmoqning tendovaginitlarida yiring bilakdagi
kletchatka bo‘shliqlariga yorilib tarqalishi mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish