Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

r.palmaris profundus n.ulnaris jimjiloqning muskullarini ta’minlagach chuqurga
va lateral tomonga yo‘naladi; o‘rta o‘rindiqning tubida arteriya shoxi bilak arteri-
yasi bilan anastomozlashib kaftning chuqur arteriya yoyini hosil qilishda ishtirok
etadi (30-rasm). Gipotenarning kletchatka bo‘shlig‘i medial to‘siqqa taqalib joy-
lashgan; uning flegmonalar tarqalishidagi ahamiyati kam.
Kaftning o‘rta (oraliq) fassiya o‘rindig‘ini oldindan kaft aponevrozi qoplaydi,
ikki yon tomonidagi tenar va gipotenar o‘rindiqlaridan lateral va medial to‘siqlar
ajratib turadi. Uning tubini (orqasini) kaftning chuqur fassiyasi bilan qoplangan
II-III kaft suyaklararo muskullari; mm.interossei palmares va III-IV kaft suyak-
lari (ossa metacarpalia) hosil qiladi. Shuni aytish kerakki, o‘rta o‘rindiqning tubi
bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskulni qoplovchi lateral to‘siqning gorizon-
tal qismi hisobiga tashqariga tomon kengaygan bo‘lib, unda ko‘rsatkich barmoq-
ni bukuvchi muskul paylari yotadi.
O‘rta o‘rindiq kletchatkasida bu yerga kaft usti kanali orqali o‘tib keluvchi II-V
barmoqlarni bukuvchi yuza va chuqur muskullarning paylari (to‘rttadan sakkizta)
tirsak sinovial xaltasi deb nomlanuvchi umumiy pay g‘ilofiga o‘ralgan holda hamda


49
chuqur bukuvchi muskul paylaridan boshlanuvchi 4 ta chuvalchangsimon muskul
(mm.lumbricales) joylashgan (31-rasm). Kletchatkaning kaft aponevrozi bilan
bukuvchi muskul paylari orasidagi yuza qismi (aponevroz osti kletchatkasi) deb,
paylar bilan o‘rindiqning tubidagi chuqur fassiya orasidagi chuqur qismi esa pay
osti kletchatkasi deb ataladi. Aponevroz osti kletchatkasida, eng yuzada, tirsak
arteriyasi bilan bilak arteriyasi yuza kaft shoxining anastomozlashishi natijasida
hosil bo‘lgan yuza kaft arteriya yoyi (arcus palmaris superficialis) (32-rasm) joylashadi
va undan uchta kaft yuzasi umumiy barmoq arteriyalari (aa.digitalis palmares
communes) chiqadi. Bu arteriyalarning har biridan, o‘z navbatida, 2 tadan kaft
31-rasm. Kaft paylarining sinovial qinlari.
1–
fascia
antebrachii
; 2-
vagina
synovialis
tendinis
m
.
flexoris
pollicis
longi
; 3-
a

radialis
; 4-
vagina
synovialis
tendinis
m
.
flexoris
carpi
radialis
; 5-
m

abductor
pollicis
brevis
; 6-
m

flexor
pollicis
brevis
;
7-
vagina
synovialis
tendinis
m

flexoris
pollicis
longi
; 8–
m
.
adductor
pollicis
; 9–
m
.
interosseus
dorsalis
I
; 10–
mm
.
lumbricales
; 11–
vaginae
synoviales
digitorum
manus
; 12-
tendineus
m
.
flexoris
digitorum
superficialis
; 13–
m
.
opponens
digiti
minimi
; 14–
m
.
flexor
digiti
minimi
brevis
; 15–
retinaculum
flexorum
; 16–
vagina
synovialis
communis
mm
.
flexorum
; 17–
a
.
ulnaris
et
ramus
palmaris
n
.
ulnaris
; 18–
m
.
flexor
digitorum
profundus
; 19–
m
.
flexor
digitorum
superficialis
.


50
yuzasining xususiy barmoq arteriyalari (aa.digitalis palmares propriae) boshla-
nadi va komissural teshiklar orqali II-III, III-IV, IV-V barmoqlararo burmalar ya-
qinida teri ostiga chiqadi. So‘ngra ushbu 6 ta arteriya II-III-IV-V barmoqlarning
bir-biriga qaragan yuzalariga boradi.
Yuza arteriya yoyining ostida oraliq nervi hamda undan chiquvchi 3 ta kaft
umumiy barmoq nervlari (nn.digitalis palmares communes) yotadi. Ulardan bi-
rinchisi tenarga o‘tadi va bosh barmoqning ikkala tomonini hamda ko‘rsatkich
barmoqning radial tomonini ta’minlovchi 3 ta nerv beradi, qolgan ikkitasi II-III-IV
barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzalari bo‘ylab barmoq arteriyalari bilan birga
boruvchi kaftning xususiy barmoq nervlariga bo‘linadi. Bu yerda yana tirsak nervin-
ing yuza shoxidan chiqib IV-V barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzalarini inner-
vatsiyalovchi umumiy barmoq nervi ham yotadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
oraliq va tirsak nervlari shoxlarining barmoqlarda bunday taqsimlanishi juda kam
hollardagina (faqat 12 foiz) uchraydi. Qolgan hollarda, o‘rta o‘rindiqda, tirsak nervi-
ning yuza shoxini oraliq nervining III umumiy barmoq nervi bilan tutashtiruvchi
bog‘lovchi shox (r.communicans cum n.ulnari) uchraydi. Shunday qilib, oraliq
nervining III-IV barmoqlar orasiga boruvchi shoxi tarkibida tirsak nervining tolalari
ham bo‘lib, bu barmoqlarning qarama-qarshi yuzalari ikkita manbadan innervatsiya-
32-rasm
1-elka-bilak muskulining
payi; 2-bilak arteriyasi;
3-oraliq nervi; 4-panjani
bukuvchi bilak muskuli;
5-bilak arteriyasining yuza
kaft shoxi; 6-umumiy barmoq
shoxlari (oraliq nervidan);
7-bosh barmoqni bukuvchi
kalta va yaqinlashtiruvchi
muskullar; 8-barmoqlarni
bukuvchi yuza muskul
paylari; 9-umumiy barmoq
arteriyasi; 10-xususiy barmoq
arteriyalari va nervlari;
11-xususiy barmoq nervlari
(tirsak nervidan); 12-oraliq va
tirsak nervlari orasidagi
anastomoz; 13-kaftning yuza
arteriya ravog‘i; 14-kaftning
kalta muskuli; 15-tirsak
arteriyasining chuqur shoxi;
16-no‘xatsimon suyak;
17-tirsak arteriyasi;
18-barmoqlarni bukuvchi
yuza muskul; 19-panjani
bukuvchi tirsak muskuli;
20-kaftning uzun muskuli.


51
lanadi. Ikkala nervni o‘zaro bog‘lovchi tolalar ularning boshqa shoxlarini ham
bir-biri bilan tutashtirishi mumkin. Buning natijasida bosh barmoqning kaft yuza-
si bilan jimjiloqning ulnar (tirsak) tomonigina mos ravishda oraliq va tirsak nerv-
laridan sof innervatsiyalanar ekan.
Qolgan barmoqlarning kaft terisi aralash innervatsiyalanadi. Oraliq nerv-
idan barcha chuvalchangsimon muskullarni ta’minlovchi shoxlar ham chiqadi.
Aponevroz osti bo‘shlig‘i kletchatkasi barmoqlarga boruvchi tomir-nerv tutam-
lari bo‘ylab komissural teshiklar orqali barmoq asoslari terisi ostidagi komissural
bo‘shliq kletchatkalari bilan tutashgan. Kaft aponevrozining komissural teshiklarni
yon tomonlardan chegaralovchi bo‘ylama tutamlaridan chuqurga qarab, kaftning
chuqur ko‘ndalang boylami (lig.metacarpeum transversum profundum)ga birikuv-
chi, bo‘ylamasiga yo‘nalgan 1 juftdan vertikal to‘siqlar ketadi. Har bir bo‘ylama
tutamning ostida shu barmoqqa boruvchi bukuvchi muskul paylari va sinovial
g‘iloflari joylashgan bo‘lib, vertikal to‘siqlar shu paylarning yon yuzalari bo‘ylab
tortilgan va pay qinlari uchun alohida kanallar hosil qiladi.
Pay qinlari kanallarini bir-biridan kaftlararo kanallar ajratib turadi. Bu kanal-
lar distal tomonda komissural teshiklarga ochiladi, proksimal tomonda aponevroz
osti kletchatkasiga davom etadi; ularda umumiy barmoq arteriyalari va nervlari
hamda chuvalchangsimon muskullar o‘tadi.
O‘rta o‘rindiqning pay osti kletchatka bo‘shlig‘i pastda chuvalchangsimon
muskullar bo‘ylab ular birikadigan joyga, to‘rtala barmoq proksimal falangalarining
orqa (dorsal) tomoniga, yuqorida kaft usti kanali orqali bilakning Paron-Pirogov
kletchatka bo‘shlig‘iga davom etadi (32-rasm).
Kaftning chuqur fassiyasi (kaft suyaklararo fassiyasi) ostida, kaft suyaklar-
aro muskullarining ustida bilak arteriyasi bilan tirsak arteriyasining chuqur shoxi
o‘zaro anastomozlashib, chuqur kaft arteriya yoyi (arcus palmaris profundus)ni
hosil qiladi (30-rasm). Undan 3-4 ta kaftning kaft yuzasi arteriyalari (aa.metacarpae
33-rasm. Qo‘l panjasining orqa yuzasi.
1-orqa suyaklararo muskullar; 2-bosh
barmoqni yozuvchi uzun muskul payi;
3-”tamakidon” dagi bilak arteriyasi;
4-bosh barmoqni yozuvchi kalta
muskul payi; 5-bilak nervining yuza
shoxi; 6-oldingi suyaklararo arteriya;
7-yozuvchi muskul paylarini tutib
turgich; 8-panjani yozuvchi tirsak
muskuli; 9-tirsak nervining kaft orqa
shoxi; 10-beshinchi barmoqni yozuvchi
muskul payi; 11-kaft orqa arteriyasi;
12-orqa barmoq arteriyalari;
13-xususiy kaft barmoq
arteriyalarining orqa shoxlari;
14-barmoqlarni yozuvchi muskul
paylari.


52

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish