Turli zardoblarni yuborish
Tezkor tipdagi (shok) va sekinlashgan tipdagi (zardob kasalligi) allergik reaksiyalarning oldini olish uchun zardob yuborish zarur bo'lgan hamma hollarda Bezredko bo'yicha modifikatsiyalangan metod bilan desensibilizatsiya qilinadi. Shu maqsadda zardobni 3 ga bo'lib yuboriladi: boshlab teri ostiga 0,1 ml zardob yuboriladi, so'ng oradan 30 daqiqa o'tkazib turib muskul orasiga 0,2 ml, 1—1,5 soatdan keyin esa qolgan hamma dozasi yuboriladi. Zardobni 37—40°C gacha isitib, quymich nervi shoxlaridan holi bo'lgan dumbaning yuqori tashqi kvadrantiga, sekin-asta yuboriladi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2007-yil 30-mart 145-sonli buyrug'i asosida SANPIN № 023907 asosida
Yoshi
|
Emlash turi
|
1-sutkada
|
VGB-1
|
2-5 kun
|
OPV-0 + BSJ,
|
2-oylik
|
OPV1, Rota-1 (rotavirus vaksinasi og'iz orqali), penta-1 (AKDS-1, VGB-2, XIB-1), PNEVMO-1
|
3-oylik
|
OPV2, Rota-2 (rotavirus vaksinasi og'iz orqali), penta-2 (AKDS-2, VGB-3, XIB-2), PNEVMO-2
|
4-oylik
|
OPV-3, penta-3 (AKDS-3, VGB-4, XIB-3), IPV
|
12-oylik
|
QPQ-1, PNEVMO-3
|
16-oylik
|
OPV-4, AKDS-4
|
6 yosh
|
QPQ-2
|
1 sinf (7 yosh)
|
OPV-5, ADS-M-5
|
12-13 yosh
|
VPCh
|
16 yosh
|
ADS-M-6
|
Izoh:
Bolalar ko'kyo'tal, bo'g'ma va qoqsholga qarshi susaytirilgan ko'kyo'tal vaksinasini, shuningdek, bo'g'ma va qoqshol anatoksinlarini AKDS vaksinasini tutgan aralash preparat bilan emlanadi. Mushak ichiga 0, 5 ml dozasida yuboriladi. Emlash kursi 2 oylikda yuboriladigan uch marotabada 30 kunlik oraliq bilan 3 emlashdan iborat bo'ladi. Qayta emlash 16 oylikda bir marotaba o'tkaziladi:
Difteriya
Difteriya (bo'g'ma kasalligi) o'tkir yuqumli xastalik bo'lib yuqori nafas yo'llari (burun, halqum, hiqildoq) shilliq parda-larining yalHg'lanishi va organizmning umumiy zaharlanishi bilan kechadi.
Etiologiyasi. Kasallikni paydo qiluvchi sabab bo'g'ma tayoqchasi coryne bacterium diphtheriae bo'lib, u fakultativ anaerob mikroblar guruhiga kiradi uni 1883-1881-yillarda Klebs va Leffler aniqlashgan. Bo'g'ma tayoqchasining asosiy xusu-siyati uning ekzotoksin ishlab chiqarishi bo'lib, bu xususiyatga qarab, ular toksigen va toksigen bo'lmagan guruhlarga bo'linadi.
Difteriya tayoqchasi past haroratlarga ancha chidamli (20°C da 7 kun davomida tirik saqlanadi), ammo yuqori haroratga chidamsizdir 58°C da 30 daqiqa ichida halok bo'ladi.
Bo'g'ma tayoqchasi bemor bola o'ynagan o'yinchoqlarda va u ishlatgan buyumlarda uzoq vaqt saqlanishi mumkin, lekin zararsizlantiruvchi moddalar (lizol, fenol, vodorod peroksidi, xloramin) ta'sirida tezda halok bo'ladi.
Patogenezi. Bo'g'ma tayoqchasi tomoq, burun va hiqildoq shilliq pardasida o'rnashib, ko'payadi va ko'payish jarayonida; zaharli moddalar toksinlarni ishlab chiqaradi. Difteriya tayoqchasining toksini bevosita to'qimalarga va markaziy asab sistemasiga ta'sir etadi. Toksinning mahalliy ta'siri natijasida shilliq pardaning epitelial to'qimasi nobud bo'ladi, qon tomirlari, kengayib, ularning o'tkazuvchanligi oshadi. Buning oqibatida qon zardobi va oqsillari, asosan fibrinogen to'qimalarga o'tadi va qon zardobining ivishi natijasida shilliq parda-larda ajratib olish qiyin bo'lgan o'ziga xos «parda»hosil bo'ladi (tomoqda, hiqildoqda va h.k.). Bundan tashqari, bo'g'ma qanchalik og'ir turda o'tsa, limfa bezlari, teri osti yog' to'qimasining zararlanishi shunchalik kuchli bo'ladi va ularning shishishi kuzatiladi. Mahalliy o'zgarishlardan tashqari, bo'g'mada organizmning umumiy zararlanishi sodir bo'ladi. Bunda asosan yurak-tomir sistemasida, markaziy va periferik sistemalarda hamda boshqa ichki a'zolarda turn o'zgarishlar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |