Turli zardoblarni yuborish



Download 238,5 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2022
Hajmi238,5 Kb.
#507469
1   2   3   4
Bog'liq
Turli zardoblarni yuborish

Klinik manzarasi. Yuqorida qayd qilinganidek, difterit kasalligida turli a'zolar zararlanishi mumkin, shuning uchun uning; klinik manzarasi ham qaysi a'zoning ko'proq zarar-langanligiga qarab, turlicha namoyon bo'lishi mumkin. Kasallikning tomoq, burun, halqum, traxeya, teri va jinsiy a'zolar zararlanadigan turlari farqlanadi. Ba'zan bir nechta a'zo bir mahalda zararlanishi ham mumkin.
Kasallikning yashirin davri 2-10 kun davom etadi. Yosh bolalarda ko'pincha tomoq difteriyasi uchraydi. Tomoq difteriyasi yallig'lanish jarayonining tarqalishiga va zaharlanish belgilariga qarab mahalliy, tarqalgan va toksik turlarda namoyon bo'ladi.
Tomoqning mahalliy difteriyasi ancha yengil o'tadigan tur hisoblanib, bunda yallig'lanish jarayoni mahalliy xususiyatga ega bo'ladi va zaharlanish alomatlari deyarli uchramaydi. Bodomcha bezlari shishadi. Bo'g'mada hosil bo'ladigan fibrin «parda»bu turda asosan bodomcha bezlaridan nariga o'tmaydi. Kasallik holsizlanish ishtahaning pasayishi, yutinish paytida tomoqda og'riq bo'Hshi va tana haroratining ko'tariHshi bilan boshlanadi.
Tomoqning mahalliy difteriyasi pardali, orolchali va kataral turlarga bo'linadi. Burmaning pardali turida bodomcha bezlari qizarib shishadi, unda oqimtir tuproq rang parda hosil bo'ladi. Pardani yulib olish ancha qiyin, chunki u fibrinli xususiyatga ega bo'lib, ostki to'qimalar bilan mustahkam birikkan va uning chegaralari aniq bo'ladi.
Orolchali turida parda noaniq chegaraga ega bo'lib, kichik-kichik orolchalar tarzida bodomcha bezlarida joylashgan bo'ladi.
Tomoq bo'g'masi kataral turining klinik tashxisi ancha murakkab, chunki bunda bodomcha bezlari faqat qizaradi, ularda parda hosil bo'lmaydi, kasallikning bu turida tashxis asosan bakteriologik tekshirishlar natijasiga qarab aniqlanadi.
Ko'rinib turibdiki, bo'g'maning bu turlarida yallig'lanish jarayoni mahalliy bo'lib, organizmning umumiy zararlanishi kuchli emas.
Tomoqning toksik difteriyasi bola organizmining kuchli zaharlanishi, haroratning balandligi va fibrinli «parda»ning tomoq chegaralaridan chiqib, boshqa a'zolarga tarqalishi bilan kechadi. Tana harorati 39—40°C ga ko'tariladi, bodomcha bezlari va ular atrofidagi to'qimalar shishadi, bolaning rangi oqarib, madorsizlanadi, qayta-qayta qusadi. Tomir urishi tez va zaif bo'lib, bolaning ahvoli tez orada og'irlashadi. Shish pastga bo'yin va ko'krak qafasining teri osti yog' qatlamiga hamda yuqoriga lunj va qovoqlarga tarqaladi. Shish ustidagi terining rangi odatda o'zgarmaydi. Bolaning tovushi bo'g'iq va burnidan gapirganday chiqadi. Kasallikning boshlanishida tomoqda paydo bo'lgan difteriya pardasi aksariyat hollarda, qisqa vaqt ichida qalinlashadi va ko'kimtir-tuproq rangiga kiradi. Parda tomoq chegaralaridan chiqib yumshoq va qattiq tanglaygacha tarqaladi. Toksik difteriyada ko'pincha boshqa a'zolarning ham zararlanishi kuzatiladi. Yurak tovushlarining jarangdorligi pasayadi, sistolik shovqin paydo bo'ladi bu o'zgarishlar asosan yurak mushaklarining zararlanishi tufayli kelib chiqadi. Aksariyat hollarda buyrak, asab sistemasi faoliyatining buzilish alomatlari kuzatiladi.
Toksik difteriya uch darajadagi og'irlikda kechadi.
I darajasida teri osti yog' qavatining shishi bo'yingacha,
II darajasida shish o'mrov suyagigacha
III darajali og'irlikda esa shish o'mrov suyagidan ham pastga
tarqaladi.
Shishning tarqalish darajasi ko'pincha organizmning zaharlanish darajasiga mos keladi va uning og'irligini ifodalaydi.
Toksik difteriyaning o'ta og'ir o'tadigan turi gipertoksik va gemorragik difteriyadir. Gipertoksik difteriya mahalliy o'zga-rishlardan tashqari, markaziy asab sistemasining va yurak-tomir a'zolari faoliyatining chuqur buzilishi bilan kechadi va «yashin ichligida»bir necha kun ichida bemorning o'limi bilan tugaydi.
Gemorragik difteriya ham og'ir holda kechadi va kasallikning bu turida boshqalaridan farqli, burundan, milklardan, me'da-ichak sistemasidan qon ketishi va bola badanida gemorragik toshma paydo bo'lishi kuzatiladi. Bu turdagi difteriyaning asorati jiddiy bo'lib, ko'pincha o'lim bilan tugaydi.

Download 238,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish