Hamshiralik parvarishi. Hamshiralik parvarishida kun tartibi, parhez katta ahamiyatga ega.
Kasallikning dastlabki kunlarida tomoq, halqum va hiqil-doqda o'tkir yalHg'lanish alomatlari borligi tufayli bemorga faqat suyuq ovqat berish kerak. Keyinchalik bolaning yoshiga qarab, ovqat o'lchamini ko'paytirib borish mumkin. Bemorning ahvoli juda og'ir bo'lib, yutish jarayoni buzilgan bo'lsa, uni zond orqali ovqatlantirish lozim. Agar bemorda miokardit alomatlari bo'lsa, uni qimirlatmay, yotqizib qo'yish kerak. Bemor va uning oila a'zolariga kasallik haqida ma'lumot berish shart.
Profilaktikasi. Kasallikning oldini olishda difteriya tashxisini o'z vaqtida to'g'ri qo'yish, bemor bolalarni sog'lomlardan ajratish, epidemiyaga qarshi mahalliy va umumiy tadbirlarni o'tkazish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |