Bank xizmatini tabaqalashtirish eng samarali uslublaridan biri – raqobatchilar bilan solishtirganda yanada sifatli servisni doimiy taklif qilishdir. Xizmatlarni iste’mol qilishga maqsadli segment xaridorlarini jalb qilish - mijozlarning sifatli xizmat olish talabini qanoatlantirish demakdir.
Banklarning faoliyat ko’rsatish tijorat tavsifi marketingni keng qo’llashni talab etadi. Bank sohasida marketing xususiyati nafaqat bank ishlarini tijoratlashtirish va pul resurslarini samarali foydalanishni ta’minlash, balki barcha bank faoliyati ob’ekti bo’luvchi pul aylanimi xususiyatlari bilan belgilangan bo’ladi. Shu bilan birga bank marketingi birinchi navbatda xo’jalikda naqdsiz hisob-kitoblarni takomillashtirish hisobiga pul aylanishini tezlatishga mo’ljallanadi.
Banklarning faoliyat ko’rsatish tijorat tavsifi marketingni keng qo’llashni talab etadi. Bank sohasida marketing xususiyati nafaqat bank ishlarini tijoratlashtirish va pul resurslarini samarali foydalanishni ta’minlash, balki barcha bank faoliyati ob’ekti bo’luvchi pul aylanimi xususiyatlari bilan belgilangan bo’ladi. Shu bilan birga bank marketingi birinchi navbatda xo’jalikda naqdsiz hisob-kitoblarni takomillashtirish hisobiga pul aylanishini tezlatishga mo’ljallanadi.
Har bir mahsulot ishlab chiqaruvchisi shu jumladan bank ham o’z mijozlarini ya’ni maqsadli bozorini tanlab olishi zarur, Xalq banki ham maqsadli auditoriya tanlashda marketing me’zonlariga va bank qadriyatlariga asoslanib o’z mijozlariga hizmat korsatadi. Bank missiyasiga kora Xalq banki pensiya va nafaqalar bilan taminlash bo’yicha faol hizmat koratadi va bank audiytoriyasi aholining keksa yoshli qatlami koproq ekaniga guvoh bolishimiz mumkin sanaladi.
AT “Xalq banki” Payariq tumani filialida foydalanadigan axborot-kommunikatsiya siyosati
Komunikatsiya siyosati har qanday Tovar iste’molchiga yetib borishi uchun muhim omillardan hisoblanadi , shu bois bank tizimida ham komunikatsiyaning o;rni beqiyosdir. Xalq bankida hozirda “Call center” faoliyatini juda yaxshi tarzda olib bormoqda. Masofaviy hizmat ko’rsatishni tashkil etish maqsadida 2020 yilning may oyida Jizzax shaxrida “Call center”aloqa markazi ishga tushirildi. Ushbu markaz aholi va mijozlarning qo’ng’iroqlarini qabul qilib bank mahsulotlarini hamda xizmat turlari bo’yicha masofaviy xizmatlar ko’rsatib kelmoqda.
“Call center” ikkita yo’nalishda faoliyat yuritib bormoqda, hususan:
Mijozlarga masofaviy xizmatlarni ko’rsatish.
Mijozlarga ma’lumotlar berish va konsalting xizmatlarini ko’rsatish.
Mazkur “Call center”da 2020 yil davomida 105374 ta mijozga xizmat korsatildi.shu bilan birgalikda muammoli va e’tirozli murojaatlar 3 kun ichida hal etilmoqda. Xozirgi paytda “Call center” bir kunda o’rtacha 1024 nafar mijozga masofadan xizmat korsatmoqda.
“Call center” mijozlarga “SMS Xabarnoma” xizmatini ulash, hisobvaraqlarni “Mobil Banking” va “Internet banking” interaktiv hizmatlariga biriktirish va bu hizmatlarni ochirish va qayta tiklash, plastic kartalari faoliyatini to’xtatish va tiklash masofaviy hizmatlarini korsatib kelmoqda.
Bankda AT yo’nalishi bo’yicha yangi tashkiliy tuzila qayta ishlab chiqildi. Buning sababi masofadan mijozlarg ahizmat ko’rsatish siatini yanada oshiirish hisoblanadi.
“Xalq Mobile” ilovasi 2020 yil holatiga yangilangan korinishga kelgan:8 4-jadval