To'liq rasmiy nomlanishi: O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki


-jadval AT "Xalq banki" tarkibiy tuzilmasi to'g'risida statistik ma'lumot



Download 0,57 Mb.
bet2/14
Sana12.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#659214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
amaliyot xisoboti 2021 Xoljigitov MANSUR

1-jadval
AT "Xalq banki" tarkibiy tuzilmasi to'g'risida statistik ma'lumot
(2022-yil may oyi holatiga ko’ra)1



Bank tarkibiy tuzilmasi

soni

1

Filiallar

196

2

Minibanklar

1

3

24/7 shoxobchalar

423

4

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari

297

5

Bank xizmatlari markazlari

106

6

Bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar

307

7

Kochma (sayyor) kassalar

1443

AT “Xalq Banki” Payariq filialining Nizomiga ko‘ra filial yuridik shaxs hisoblanmaydi. Bank filiali o‘z faoliyatini amalga oshirishda AT“Xalq Bank” nomidan ish yuritadi. Filialning majburiyatlari bo‘yicha Bank javobgar bo‘ladi. Hamma sohalarda bo’lganidek bank sohasida ham sohani rag’batlantirvchi va faoliyatini tartibga solish uchun ishlab chiqarilgan bir qator nizomlar, qonun, qarorlar va farmonlar mavjud. Quyida ulardan bir nechtasi keltirib o’tilgan bo’lib, so’nggi chiqarilayotgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning ko’pchiligi yurtimizda kichik biznesni qo’llab quvvatlash maqsadida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tashkil etadi.


Filial o‘z faoliyatini “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlariga Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi, kengashi, boshqaruv qarorlariga, bank ustaviga hamda AT “Xalq Banki” Payariq filialining Nizomiga asosan tashkil qiladi.
Filial o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis bajarishga doim tayyor bo‘lishi lozim. Filialning o‘z majburiyatlarini bajarishda iqtisodiy me’yorlarga rioya etishi va o‘z shartnomaviy majburiyatlarini bajarishi bank tomonidan nazorat qilib boriladi.
Filialning kredit resurslari Bankning muddatli, muddatsiz, foizli yoki foizsiz asosda filialga berilgan resurslarni, moliyaviy yordam sifatidagi mablag‘lari, mijozlardan, boshqa bank va kredit muassasalaridan jalb etilgan boshqa mablag‘lar, operatsiya kuni mobaynida taqsimlanmagan foyda hamda boshqa mablag‘lar hisobiga shakllanadi.
Filial AT “Xalq Bank” Nizomida ko‘zda tutilgan quyidagi barcha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega:

  • Jismoniy va yuridik shaxslarning hisob-varaqlari bo‘yicha amaldagi qoidalar asosida operatsiyalar bajarish;

  • Yuridik va jismoniy shaxslardan deposit va omonatlarni jalb etish;

  • Kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;

  • Mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;

  • Chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;

  • Cheklar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;

  • Uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishni nazarda tutuvchi kafolatlar berish (Bosh bank roziligi bilan);

  • Uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;

  • Qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa turdagi operatsiyalarni bajarish;

  • Bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmatini ko‘rsatish;

  • Jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;

  • Moliyaviy lizing va factoring operatsiyalari;

  • Investitsion loyihalarni ekspertiza qilish va moliyalashtirish;

  • Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi.

Kredit va boshqa aktiv amallar bo‘yicha foiz stavkalari va bank operatsiyalarini bajarganlik uchun vositachilik haqi miqdorini filial mijoz bilan tuziladigan shartnomalar asosida va Bankning Kredit siyosati hamda o‘rnatilgan ta’riflardan kelib chiqib belgilangan tartibda mustaqil ravishda belgilaydi. Bunlardan tasqari filial quyidagi huquqlarga ham ega:

  • Filial mablag‘lari yoki kreditlari ishtirokida amalga oshirish mo‘ljallanayotgan obektlar qurilishi, ularni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash bo‘yicha loyiha qarorlari qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini talab qilish;

  • Kredit (lizing) shartnomalaridan kelishilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda shartnomaga muvofiq kredit berishni to‘xtatish va berilgan kredit (lizing) summalarini muddatidan oldin undirib olish;

  • Bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni “to‘lovga qobiliyatsiz”, deb e’lon qilish va bunday qarzdorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda “bankrot”deb topishni so‘rab, xo‘jalik sudida da’vo qo‘zg‘atish.

Filial strukturasi AT “Xalq Bank” strukturasi asosida filialning mavjud shtabiga asosan tashkil qilinadi. AT “Xalq Bank” Payariq filialining strukturasini quyidagi chizma orqali ko‘rsak bo‘ladi.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish