4-rasm. Xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bo’yicha xizmat ko’rsatish shoxobchalarining keng rivojlangan tarmog’i . Ushbu tizimlar sizga davlatimizning istalgan joyidan, istalgan yo’nalishda siz uchun qulay vaqtda pul o’tkazmasini jo’natish va qabul qilishda yordam beradi.
Pul o’tkazmasini jo’natish uchun Sizga quyidagilar kerak bo’ladi: Istalgan Bank bo’limiga murojaat qilish; Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish; Oluvchining F.I.Sh. ini aytish (qo’shimcha ma’lumot oluvchining raqami); Oluvchi pulni qabul qilib olishi mumkin bo’lgan davlatni tanlash; Shu bilan birga, pul o’tkazmasini chet elga yuborayotganda, o’tkazma summasi va Bank vositachilik haqini milliy valyuta - So’mda to’lashingiz (naqd pulda yoki bank plastik kartalari orqali), oluvchi bo’lsa uni chet el valyutasida qabul qilib olishi mumkin.
Pul o’tkazmasini qabul qilish uchun sizga: Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish; Operatorga pul o’tkazmasining nazorat kodi, summasi va valyutasini taqdim qilish; Pul o'tkazmasini qabul qilish. Shu bilan birga, chet eldan kelgan pul o’tkazmasini o'z ixtiyoringizga ko’ra qisman yoki to’liq miqdorda milliy valyuta (So’mda qabul qilib olishishingiz mumkin) kerak bo’ladi
Sug’urta xizmatlari Jismoniy shaxslar uchun Xalq banki ijtimoiy vazifalarning hal etilishida Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajaruvchi ishonchli va barqaror bankdir. Biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini majmuiy sug’urta himoya qilishni ta’minlash, mikrosug’urtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlariga faol rivojlantirib olg’a surish uchun «Xalq sug’urta» sug’urta kompaniyasini tuzdik.
«Xalq sug’urta» kompaniyasi O’zbekistonning sug’urta bozoridagi faoliyatini 2011 yil may oyida boshlagan. Ustav fondi 1,5 mln. yevro miqdorida shakllantirilgan kompaniya Xalq bankining 100% shu’ba korxonasi hisoblanadi. Germaniya jamg’arma kassalari Fondi va O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan yaqin hamkorlik kompaniyaga qisqa muddat ichida mikrosug’urtalash xizmatlarini boshlash, sug’urta xizmatlarini tarqatish tarkibi va yo’llarini belgilab olish imkonini berdi:
baxtsiz hodisalardan sug’urtalash quyidagilar: Maktabgacha tarbiya ta’lim markazlari tarbiyalanuvchilari; Boshlang’ich ta’lim maktablarining o’quvchilari; O’rta maxsus ta’lim muassasalarining o’quvchilari; Oliy o’quv yurtlarining tinglovchilari; Oila a’zolari; Sportchilar; Jismoniy shaxslar; Bank omonatchilari.
sug’urtalashning boshqa turlari quyidagilar hisoblanadi: Kasallik holati yuzasidan sug’urtalash; Avtotransport vositalarini majmuaviy sug’urtalash; Garovga qo’yiladigan avtotransport vositalarini majmuaviy sug’urtalash; Mashinalar, mexanizmlar va uskunalarni buzilishdan sug’urtalash; Mulkni sug’urtalash; Garovga qo’yiladigan mulkni sug’urtalash; Mulkni zarar yetkazishdan, yong’indan va tabiiy ofatlardan sug’urtalash; Yo’lda bo’lgan mulkni sug’urtalash; Kredit qarz oluvchisini sug’urtalash; Qurilish-montaj xavf-xatarlarini sug’urtalash; Majmuaviy sug’urtalash (ipoteka).
Sug’urta xizmatlari Yuridik shaxslar uchun Xalq banki ijtimoiy vazifalarning hal etilishida Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajaruvchi ishonchli va barqaror bankdir. Biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini majmuiy sug’urta himoya qilishni ta’minlash, mikrosug’urtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlariga faol rivojlantirib olg’a surish uchun «Xalq sug’urta» sug’urta kompaniyasini tuzdik.
«Xalq sug’urta» kompaniyasi O’zbekistonning sug’urta bozoridagi o’z faoliyatini 2011 yil may oyida boshlagan. Ustav fondi 1,5 mln. yevro miqdorida shakllantirilgan kompaniya Xalq bankining 100% shu’ba korxonasi hisoblanadi. Germaniya jamg’arma kassalari Fondi va O’zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan yaqin hamkorlik kompaniyaga qisqa muddat ichida mikrosug’urtalash xizmatlarini boshlash, sug’urta xizmatlarini tarqatish tarkibi va yo’llarini belgilab olish imkonini berdi.
baxtsiz hodisalardan sug’urtalash: Tashkilot (kompaniya) xodimlari Bank xodimlari;
javobgarlikni sug’urtalash: Aksiyadorlik jamiyatining investorlar oldida; Bojxona brokerlari; Notariuslar; Sud boshqaruvchilari; Advokatlar; Rieltorlar; Baholovchilar; Banklarni majmuiy sug’urtalash; Moliyaviy xavf-xatarlarni sug’urtalash; Yo’lda bo’lgan mulklarni (yuklarni) sug’urtalash; Majmuiy sug’urtalash (ipoteka); Garovga beriladigan mulkni sug’urtalash; Transport vositalarini majmuiy sug’urtalash; Garovga beriladigan transport vositalarini sug’urtalash; Temir yo’lda harakatlanuvchi sostavni sug’urtalash; G’alla ekinlarini (bug’doy, paxta) hosil bermaslikdan sug’urtalash; Tadbirkorlarning mablag’larini jalb qilish.
Korporativ mijozlarga xizmat ko’rsatish an’anaviy ravishda Xalq banki faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelmoqda. Xalq bankida xizmat ko’rsatilishi har bir mijozga individual yondashuvni, uning istaklariga o’ta e’tiborli bo’lishni hamda uning iltimoslari va istaklarini majburiy ko’rib chiqishni ko’zda tutadi. Bank mutaxassislari mijozning istagiga ko’ra kasbiy maslahat berishi va oqilona qaror qabul qilishda yordam berishi mumkin.
Bank o’z korporativ mijozlariga an’anaviy bank xizmatlarining keng ko’lamini taqdim etadi, chunonchi: Hisob-kitob-kassa xizmatlari; Kreditlash; Ish haqi loyihalari; G’aznachilik operatsiyalari va hokazo.
Hozirgi vaqtda Xalq banki korporativ mijozlarga o’zining eng qimmatli va asosiy aktiviga ko’rsatiladigan xizmatlarning sifatini va servisni yaxshilashga qaratadi.
Ilovalar 1-ilova