Reja: Fizika tarixi fanining jamiyatni taraqqiyoti bilan o’zaro bog’liqligi



Download 17,42 Kb.
Sana26.11.2022
Hajmi17,42 Kb.
#873218
Bog'liq
FIZIKA TARIXI FANINING PREDMETI


FIZIKA FANINING PREDMETI
Reja:
1.Fizika tarixi fanining jamiyatni taraqqiyoti bilan o’zaro bog’liqligi.
2.Milliy mafkurani shakllanishida fizika tarixi fanining o’rni.
3.Fizika tarixi fanining ta’lim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati.

Fizika tarixi — fizika fanining shakllanishi va rivojlanishini o’rganish bilan shug’ullanadi, ya’ni uning rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni aniqlashdan iborat. Fizika tarixining mazmuni fizikaning rivojlanish bosqichlari bo’yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki fizika fanining rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim. Ma’lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog’liqdir. Iqtisodiy sharoitlar, ijtimoiy ishlab chiqarish usullari, jamiyatning butun hayoti uchun, shu jumladan, fan uchun zarur zaminni yaratadi. Fizikaning rivojlanish qonuniyatlari tarixini o’rganish bilim nazariyasini boyitishda hamda hozirgi davrda Fan va jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligini bilishda katta ilmiy ahamiyatga ega. Fanning rivojlanishida iqtisodiy va siyosiy omillardan tashqari mantiqiy, ya’ni fandagi mavjud ichki qarama-qarshiliklar ham muhim omil bo’lib hisoblanadi. Masalan: yorug’lik tabiati to’g’risidagi ikki xil nazariya (dualizm) zarracha va to’lqin nazariyasi o’rtasidagi qarama-qarshilik va h.k.


Hozirga qadar fizika tarixi to’g’risida turli tillarda juda ko’p darsliklar, asarlar yozilgan. Ammo ushbu asarlarning aksariyatida tabiiy fanlar, shu jumladan, fizika tarixi — bir yoqlama, ya’ni yevropacha usulda yozilgan. O’rta asrlar (V — XV asr) da fizikaga ulkan hissa qo’shgan Sharq, ya’ni musulmon sharqi tamoman yoritilmay kelindi. Ushbu davrda fan va madaniyat "musulmon renessansi" (X - XII) deb yuritiladi va u eng qadimgi dunyo (ellinlar) fani va madaniyati bilan XVII — XVIII asr Ovrupo madaniyati o’rtasida bog’lovchi (ko’prik) vazifasini o’tagan.
O’zbekiston Respublikasi 1997 yilda milliy ta’lim konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu dasturda qayd etilishicha, ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish ko’zda tutilgan. Ushbu muammo darsliklarni, o’quv dasturlarini milliy mafkuraga mos holda tuzishni taqozo etadi. Fizika tarixi, ta’lim tarbiya jarayonining bir bo’lagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan tarixiy adolatsizlikni tuzatish maqsadida o’rta asrda Sharq fani va madaniyatini o’quv dasturlariga kiritish tarixiy zarurat bo’lib hisoblanadi. Masalani ikkinchi tomoni Respublikamiz hayotida milliy mafkura shakllanayotgan hozirgi kunda yoshlarga sharq fani va madaniyatini o’rta asrlarda rivojini ochib berish orqali Ona zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar: Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, al- Xorazmiy, al-Farg’oniylar hayoti va ularning fan olamiga qo’shgan ulkan hissalarini yoshlarga yetkazish orqali ularda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi hissiyotlarni ham yuzaga keltirgan bo’lamiz. Milliy mafkuramizning maqsadi komil insonni tarbiyalash ekan, milliy qadriyatlarimizning asosi hisoblanmish buyuk allomalarimizning boy madaniy merosini yetarli darajada o’rganmasdan turib uni amalga oshirib bo’lmaydi. O’rta asrda sharqda fan va madaniyat markazlari bo’lib 1) Bog’dodda al-Ma’mun, 2) Xorazmda Ma’mun va 3) Samarqandda Ulug’bek akademiya maktablari hisoblanadi.
XIV-XVI asrlar O’rta Sharqda temuriylar renessansi deb atalmoqda. Ushbu davrda: Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Jomiy, Kamol Xo’jandiy, Behzod, Mirxond va Bobur singari avlod-ajdodlarimizning jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissalari yoritilmay kelinayapti.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi jahon miqyosiga chiqayotgan bir paytda uning milliy mafkurasini shakllantirishda milliy qadriyatlarimizni, milliy g’ururni, vatanparvarlikni yoshlar ongiga singdirishda avlod-ajdodlarimizning fan va madaniyatga qo’shgan hissasini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Afsuski, milliy merosimiz juda ham kam o’rganilgan, ularni o’rganishdan kutilmagan yangiliklar kelib chiqishi mumkin.
O’rta asrlarda yetishib chiqqan allomalar qomusiy olimlar bo’lishgan: Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Forg’oniy, Ulug’bek, Beruniy, Forobiylar tabiiy fanlar qatorida, musiqa, til, mantiq, tarix fanlari sohalarida ham zabardast asarlar yaratishgan.
1. Fizika tarixining o’quv jarayoniga kiritilishi bilan o’quvchilarda fizika faniga nisbatan qiziqish uyg’otiladi. U yoki bu hodisani ifodalovchi qonuniyatni ochilishiga doir lavhalar, hikoyalar, olimlarning chekkan mashaqqatlari sabr va matonatlari, umidsizliklar, muvafaqqiyatsizliklar o’quvchilarda hayratlanish jarayonini vujudga keltiradi va ularning o’quv materiallarini ongli ravishda o’zlashtirishiga olib keladi.

2. Fizika tarixining o’qitilishi — o’quvchilar bilimining sifatini va o’quv jarayonining samaradorligini oshiradi, o’quvchilarni noto’g’ri fikrlashdan qaytaradi. Misol: Aristotel fikriga ko’ra, Yer massasi katta jismlarni kuchliroq tortadi va kattaroq tezlanish beradi, Galiley tajribalari ko’rsatadiki, Yer barcha jismlarga bir xil tezlanish beradi (g=9,8m/s2). Bilish jarayoni murakkab bo’lib, biz nisbiy haqiqatlardan absolyut haqiqatga boramiz, ya’ni fanning rivojlanishi (evolyusiyasi) bilan tanishamiz, inson tafakkurining cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligiga iqror bo’lamiz.


3. Fizika tarixi fani, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. O’quvchilar u yoki bu qonuniyatning ochilish tarixini o’rganish jarayonida, qarama-qarshi fikrlar va ularning tajribada tasdiqlanishi yoki inkor etilishi va haqiqatning ochilishi orqali o’quvchilarning mustaqil bilim egallashlariga olib keladi.
4. Fizika tarixini o’rganish o’quvchilarni vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ular ongiga milliy mafkurani singdirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi komil insonning tarbiya va bilimiga bog’liqdir. Olimlarning hayoti, xulq-atvori, qilgan kashfiyotlari o’quvchilarda milliy g’urur, vatanparvarlik xislatlarini shakllanishiga xizmat qiladi.
5. Fizika tarixini o’rganish jarayonida u yoki bu qonuniyatning ochilishida yo’l qo’yilgan xato fikrlar va bu fikrlarning tajribada inkor etilishi aniqlanadi va buxakda o’quvchilarda xato fikrlar tug’ilishidan saqlaydi. Masalan: "efir", "teplorod", “magnit zaryadlari” tushunchalarining yuzaga kelishi va ularni inkor etilishi tafsilotlari.
6. Fizika tarixini o’rganish jarayonida buyuk olimlarning pedagogik faoliyati bilan tanishiladi. al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Ulug’bek, Rezerford, Kapisa kabi olimlar ilmiy izlanishlarini pedagogik faoliyatlari bilan birgalikda olib borishgan.
7. Fizika tarixini o’rganish orqali fizika fanini o’qitish uslubiyati ham boyiydi, ya’ni olimlarning u yoki bu nazariyani yaratishda yo’l qo’ygan kamchiliklari va xato fikrlari ushbu qonuniyatni endi o’zlashtirayotgan o’quvchida ham yuz berishi mumkin. Shu tufayli o’qituvchi oldindan o’quvchida yuz berishi mumkin bo’lgan kamchilikni ko’ra bilishi va uni dars jarayonida e’tiborga olishi uchun imkoniyat tug’iladi. U yoki bu tabiat hodisasini o’rganish, hayratlanishdan boshlanadi, tarixiy lavhalar, evrika va h.k. muammoli dars jarayonida muammoli vaziyatni yuzaga keltirish uchun foydalanish va shu orqali darsning samaradorligini oshirish mumkin.
Fizika fani tarixi juda ham keng soha bo’lib, o’rta maktab dasturiga hammasini ham kiritib bo’lmaydi. Bu masala qanday hal qilinishi kerak? Fizika tarixidan tanlab olinadigan mavzular zamonaviy va elementar bo’lmog’i kerak, ya’ni zamona talabiga javob beradigan va o’quvchilarga tushunarli bo’lishi kerak. Bular fundamental fizik nazariyalar: energiya va impulsning saqlanish qonuni, nisbiylik nazariyasi, zarracha-to’lqin dualizmi, yaqindan va uzoqdan o’zaro ta’sir, elementarlik tushunchasi va h.k.lar.
Shunday qilib fizika tarixi fani o’quv jarayoni va tarbiyaning ko’pgina muammolarini hal etish bilan birgalikda, fizika fanini o’qitish uslubining ham rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Tarixiy hujjatlardan dars jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish tavsiya etiladi:
1) tarixiy voqyea va hujjatlar asosida kirish so’zi bilan muammoli vaziyatni yuzaga keltirish orqali darsning samaradorligini oshirish;
2) o’tilgan mavzuni yakunlashda o’quvchilar bilimini bir tizimga keltirish maqsadida tarixiy hujjatlardan foydalanish;
3) o’quvchilar bilimining ishonarli bo’lishiga erishish uchun buyuk kashfiyotlar, fundamental tajribalar tarixini bayon etish;
4) o’quvchilar shaxsini takomillashtirish, milliy mafkura va tarbiyani amalga oshirish maqsadida buyuk olimlar hayoti va ilmiy faoliyatidan ayrim lavhalarni keltirish;
5) tarixiy mazmundagi masalalardan dars jaryonida foydalanish. Tarixiy hujjatlarni ushbu shaklda bayon etish shartli bo’lib, ba’zan, bir necha usullar birgalikda qo’llanilishi mumkin. O’tilayotgan mavzu ishonarli bo’lishi uchun tarixiy tajribalar, kashfiyotlar, chizmalar, grafiklar, rasmlar, modellar orqali tushuntiriladi. Xuddi shuningdek, moddiy va abstrakt modellar, kinofilmlardan foydalanish ham mumkin.
O’rta maktab fizika kursida 100 dan ortiq fizik olimlar nomi qayd etiladi. Ushbu olimlarning hayoti va ilmiy kashfiyotlari qanchalik darajada va qanday tartibda berilishi kerak. Albatta, o’quv rejasida keltirilgan vaqt davomida barcha olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatini to’la yoritishning imkoniyati yo’q. Shu sababli ba’zi olimlar hayotidan ayrim lavhalarni, jumladan, dars mavzusiga mos kelganlarini tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Ba’zan olimlar tomonidan aytilgan hikmatli so’zlar, masalan,T. Yung aytganidek, «Odam qilgan ishni boshqa odam ham bajara oladi» yoki olimlar tomonidan aytilgan hazil-mutoyibalar darsning qiziqarli o’tishiga sabab bo’ladi.
Buyuk olimlar hayotidan lavhalar keltirish orqali yoshlarda mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni shakllantirishga erishiladi. Masalan: al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, Qori Niyoziy, R.Bekjonov, A.K. Otaxo’jayev kabi olimlarimizning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritish orqali milliy g’urur, iftixor, mustaqillik, ozodlik g’oyalarini o’quvchilar ongiga singdirish imkoniyati yaratiladi.
Olimlar hayoti bilan tanishish jarayonida ularning faqat ijobiy tomonlari olinmasdan, balki, turmushda va ilmiy izlanishda yo’l qo’ygan xato va kamchiliklari to’g’risida ham to’xtash maqsadga muvofiqdir. Masalan V. Tomson va Klauziuslarning «Olamning issiqlik halokati» to’g’risidagi fikri yoki "Efir", "teplorod" nazariyasi tarafdorlarining noilmiy fikrlari darsning qizikarli bo’lishiga xizmat qiladi.
Dars jarayonida buyuk fizik olimlarning dunyoqarashi va ilmiy kashfiyotlari haqida ma’lumotlar berish orqali darsni qiziqarli o’tish va uning samaradorligini oshirish kabi bir qator didaktik vazifalarni amalga oshirish mumkin.
Galileyning ilmiy izlanishlari Kopernikning geliosentrik nazariyasini isbotlash bo’lsa, Plank tomonidan kvant nazariyasining yaratilishi issiqlik nurlanishi klassik nazariyasining tajriba natijalari bilan mos kelmasligiga sabab bo’ldi. Olimning u yoki bu sohada olib borgan izlanishlari sababining yoritib berilishi kashfiyotning to’laqonliligini ta’minlab, o’quvchilar tomonidan o’quv mavzusining o’zlashtirilishini osonlashtiradi.
Kurchatovning segnetoelektriklar sohasidan atom energiyasi sohasiga o’tish sababi, Eynshteyn atom bombasini yaratishda ishtirok etib, so’ngra uni tinchlik maqsadlarida foydalanish to’g’risidagi harakatlari hamda ilmiy izlanishlarda yuz beradigan qiyinchiliklarni yoritish kabilar ta’lim jarayonining qiziqarli bo’lishini taminlaydi.
Olimning ilmiy faoliyatini yoritishda quyidagi muammolarga e’tiborni qaratish lozim:
1) olimning u yoki bu mavzuni tanlashiga sababchi bo’lgan omillar (iqtisodiy, siyosiy, mantiqiy);
2) muammoni hal etishda qo’llagan uslubi, dunyoqarashi;
3) fan kishilarining fanga nisbatan munosabati;
4) ilmiy izlanishlardagi qiyinchiliklar;
Download 17,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish