2.5. Korxonani uning rahbar yoki mehnat jamoasi tomonidan sotib
olinishi
Korxonani uning rahbari yoki mehnat jamoasi tomonidan sotib
olinishi xususiylashtirish bosqichi amalga oshirilayotgan dastlabki
bosqichda ko'p qo'llanildi. Xususiylashtirishning mazkur usulida ishchi
bir vaqtning o'zida ham mulkdor bo'ladi, ham bozor munosabatlari
sharoitida ijtimoiy jihatdan himoyalangan bo'ladi. Ushbu usul AQSHda
keng qo'llaniladi va mazkur korxonalarga soliqlar bo'yicha ko'proq
imtiyozlar berishga harakat qilinadi.
Ko'pgina Sharqiy Evropa davlatlari va sobiq sotsialistik tuzumdagi
davlatlar - Chexiya, Slovakiya, Polsha, Rossiya, Qozog'istonda va boshqa
mamlakatlarda xususiylashtirish davlat korxonalari aksiyalarini arzon
narxda yoki vaucher1 tarqatish yo'li bilan aholiga taqsimlashni nazarda
tutgan.
Mulkni davlat tasarrafidan chiqarish va xususiylashtirishga bunday
yondoshish mazmuni va vaucherlashgan “qiyofasiz” mulkdordan qochish
va o'ziga topshirilgan mulkni to'g'ri tasarmf eta oladigan, faoliyatning
1 Shu o ’rinda ta’kidlash lozimki, dastlabki davrda ayrim olimlar, O’zbekiston jamoatchilik va matbuot namayondalari
respublikamizda vucheriashtirishni tezrok amalga oshirishishni talab qilganlarida, ular avvalo vaucherlashtmshning
hammaga ma’lum bo’lgan afzalliklari - aholini yoppasiga qamrab olish, umumiy tenglik va adolatparvarlik xususiyatini
sanab ko’rsatishardi. Biroq insoniyatning butun tarihi ochiq-oydin ko’rsatdiki, yalpi tenglik, bu ideal bo’lib, unga
intilish mumkin va lozim, biroq unga bugungi sharoitlarda etishish mumkin emas. Rossiya tajribasi
vaucheriashtirishning ko’pgina va hoyat jiddiy kamchiliklarini ochib tashladi. Ko’plab odamlar o’z vaucherlarini darhol
sotib yubordilar. Kam ta’minlangan kishilar to’y o’tkazish, dafn marosimi, kundalik turmushda ehtiyoj patta bo’lgan
noyob narsalarni sotib olish uchun naqd pulga almashtirib, vaucherlaridan darhol qutila qoldilar.
176
dastlabki bosqichidayoq undan samarali foydalanishni ta’minlaydigan
shaxslarga mulk qilib berishdan iboratdir.
V.Butikovning
ta’kidlashicha,
“xususiylashtirishning
birinchi
bosqichida, ya’ni “kichik xususiylashtirish” amalga oshirilgan paytda
mehnat
jamoasiga
imtiyozlar
nazarda
tutilib,
“0 ‘zbeksavdo”,
“O'zmaishiyxizmat”, “Mahalliy sanoat” sohalari xususiylashtirildi”1.
Amaldagi xususiylashtirish to‘g ‘risidagi qonunga muvofiq, ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari aksiyalari uning mehnat jamoasiga
sotilishi mumkin.
Xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan ochiq aksiyadorlik
jamiyatlari aksiyalarini uning mehnat jamoasiga sotish 0 ‘zbekiston
Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‘g ‘risida”gi qonunida nazarda tutilgan.
Xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan ochiq aksiyadorlik
jamiyatlari mehnat jamoasiga sotish mumkin bo‘lgan aksiyalarining soni,
aksiya turi), ulami narxini belgilash tartibi, shuningdek uni toiash tartibi
va muddatlari xususiylashtirish dasturida nazarda tutilishi lozim.
Xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan ochiq aksiyadorlik
jamiyatlari mehnat jamoasiga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga
sotiladigan aksiyalarining narxi, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g ‘risida”gi va 0 ‘zbekiston
Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga
solinadi.
O.Yu.Skvorsovning fikricha, mulk mehnat jamoasi tomonidan sotib
olinganda jamoa korxonasi ustavi bilan har bir xodimni mulkdagi va
daromaddagi ulushi uning ish staji va oylik maoshi va boshqa faktorlami
hisobga olgan holda belgilanishi lozim2.
N.Yu.Kruglova Rossiya Federatsiyasida xalq korxonalarini tashkil
etish, huquqiy holati va ulaming huquq va manfaatlarini himoya qilish
maxsus qonun bilan tartibga solinishini ta’kidlaydi3. Mazkur qonunning
mazmunidan shu narsa kelib chiqadiki, xalq korxonasi deganda
aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasiga (xalq korxonasiga) aksiyalar
paketi ustav fondining 75 foizidan ko‘pini tashkil etadigan aksiyadorlik
jamiyati tushuniladi. Bu degani, birinchidan, tashqi aksiyadorlar “bir
aksiya-bir ovoz” tamoyili asosida jamiyat faoliyatining muhim masalalari
bo‘yicha ovozlar talab qilinadigan qarorlarga qarshi ovozlar soniga ega
1 В.Бутиков. Рынок ценных бумаг. -Ташкент: 1996. -121 с.
2 Скворцов О.Ю. Приватизационное право. -М .: ЗАО «Бизнес школа «Интел-Синтез», 1999. -294 с.
3 Федеральный закон РФ «Об особенностях правового положения акционерных обществ работников (народных
предприятий)» от 19 июля 1998 г. № 115-ФЗ.
177
bo'lmaydi. Shunday qilib, mehnat jamoasi o ‘zining manfaatlariga mos
keluvchi istalgan qaromi qabul qilishi mumkin. Ikkinchidan, xalq
korxonasi aksiyalari ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalariga nisbatan
bir shaxsdan boshqa shaxsga kamdan-kam o ‘tkazib turiladi1.
N.Yu.Kruglova fikrini davom ettirib, u yoki bu tijorat tashkilotini
xalq korxonasiga aylantirishning maqsadga muvofiqligi va imkoniyati bir
qator holatlar bilan belgilanadi:
birinchidan, tijorat tashkiloti ishtirokchilarining ko‘pchiligi xohishi
bilan. Ya’ni, tijorat tashkilotini xalq korxonasiga aylantirish ko‘pchilik
ovoz bilan amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, xalq korxonasini tashkil etish tashqi aksiyadorlar
mulkiy manfaatlariga zarar yetkazmaslik imkonini berishi lozim. Bunda
xalq korxonasiga aylantirish to'g'risidagi shartnomada tijorat tashkiloti
qayta tashkil etilishi munosabati bilan tashqi aksiyadorlarga tegishli
bo'lgan aksiyalaming nominal bahosi o'zgarmaslik sharti nazarda tutilishi
mumkin.
Uchinchidan, ishlab chiqarish qudratining keng doirasini tashkil etish
imkoni bilan xalq korxonasini tashkil qilish imkoni bo'ladi2.
Mulkchilik shakli xodimlar mehnati samaradorligi belgilashda
muhim hisoblanadi. Xususiylashtirish natijasida tashkil etilayotgan
aksiyadorlik jamiyatlari o'zida xususiy va jamoat mulkining ijobiy
jihatlarini mujassamlab, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
Mulkchilikning bunday shakli inson shaxsi va uning hayotda muayyan
yutuqlar sari intilishiga yordam beradi.
V.Butikovning
fikricha,
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish dasturidan tashqari Ya’ni, mehnat jamoasi nodavlat
yuridik shaxslari va fuqarolar arizasi asosida amalga oshiriladi.
Bunday holda xususiylashtirish amalga oshirilganda aksiyadorlik
jamiyati muassisi bo'lib davlat mulk qo'mitasi, shuningdek, ariza beruvchi
nodavlat yuridik shaxslar va fuqarolar bo'ladi3.
Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish davlat mulkini
mehnat jamoasi tomonidan sotib olish (bir vaqtning o'zida yoki muayyan
muddatda haqini to'lash sharti bilan) yo'li bilan yoki mazkur mulkni
tekinga topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Mehnat jamoasi tomonidan tasdiqlanadigan jamoa korxonasi ustavi
mehnat jamoasi a’zolari o'rtasida sotib olingan mulkni tasarruf etish
tartibini belgilaydi.
J Круглова Н.Ю. Коммерческое право. Учебник. -М.: Русская Деловая Литература, 2000. -206 с.
2 Круглова Н.Ю. Юкоридаги манба. -236 с.
3 В.Бутиков. Рынок ценных бумаг. -Тошкент: 1996. -124 с.
178
O.Yu.Skvorsovning fikricha, ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini
uning mehnat jamoasiga sotish usuli bilan xususiylashtirishning o ‘ziga xos
xususiyati shundaki, bunda mulk huquqining
0
‘tishi murakkab yuridik
tarkibga ega. Bunda xususiylashtiriladigan korxonani ochiq aksiyadorlik
jamiyatiga aylantirish yoki bo‘lmasa, aksiyadorlashtirish, ya’ni ushbu
korxona mehnat jamoasiga mazkur aksiyalami kelgusida sotish zamriy
shart hisoblanib, bu holat muhim rol
0
‘ynaydi1.
Rossiya Federatsiyasida korxonani mehnat jamoasi tomonidan sotib
olishi masalasiga doir bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. V.Laptev
xususiylashtirish natijasida yuzaga keladigan aksiyadorlik jamiyatlarida
o‘ziga xos aksiya turlari A va В tipidagi aksiyalar mavjud bo'lishini
ta’kidlaydi. A tipidagi aksiyalar imtiyozli hisoblanadi va ustav kapitalining
25 % miqdorida chiqariladi hamda xususiylashtiriladigan korxona mehnat
jamoasiga birinchi variant bo‘yicha imtiyozni qo‘llab bepul tarqatiladi2. В
tipidagi aksiyalar bu shunday qimmatli qog‘ozki, bunda qimmatli qog‘oz
vaqtincha xususiylashtirilganga qadar davlatga tegishli bo‘lib turadi. A
tipidagi aksiya singari ular imtiyozli hisoblanadi, lekin u xususiy shaxsga
va tashkilotlarga begonalashtirilganda oddiy aksiyalarga ayirboshlanadi.
Xususiylashtirish amaliyotida mehnat jamoasiga imtiyoz berishning
uch varianti shakllangan, lekin ikkinchi va uchinchi variantda A tipidagi
aksiyalar
chiqarilmaydi.
Ikkinchi
variantda
mehnat
jamoasiga
xususiylashtiriladigan korxonaning 51 % oddiy aksiyasi beriladi.
Uchinchi variantda esa bir guruh ishchilar va boshqa shaxslar mehnat
jamoasi roziligi bilan davlatga tegishli aksiyalami bir yil mobaynida
boshqaradi, bir yil muddat o'tgach esa, xususiylashtirilgan korxona oddiy
aksiyalaming 30 % ni olish huquqiga ega bo'ladi. Bunda boshqa xodimlar
bunday aksiyalaming 20 % ni olish huquqiga ega bo‘ladi. Boshqa
holatlarga to‘xtalmagan holda shuni ta’kidlash mumkinki, aksiyalami A va
В tipiga bo‘linishi mehnat jamoasiga imtiyoz berishning birinchi varianti
uchun xarakterlidir.
Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat
korxonasi mehnat jamoasining a’zolari korxonani quyidagi manbalar
hisobiga sotib olishlari mumkin:
-sof foydaning mehnat jamoasi a’zolari mulki bo‘lgan qismi;
-amortizatsiya ajratmalari hamda mehnat jamoasining mulki bo‘lgan
va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
-bank kreditlari va o ‘zga qarz mablag‘lari,
1 Скворцов О.Ю. Приватизационное право. -М.: ЗАО «Бизнес школа «Интсл-Синтсз», 1999. -100 с.
2 Лаптев В.В. Акционерное право. -М .: 1999. -117 с.
179
-mehnat jamoasi a’zolarining shaxsiy mablag‘lari,
-davlat mulki bo‘lmagan boshqa mablag‘lar.
Bunday holda davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan davlat
mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.
Davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilayotganda va
xususiylashtirilayotganda “mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga
chiqqan shaxslarga” ham korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat
jamoasining a’zolariga aksiyalar va boshqa mulk bo‘lib-bo‘lib haq to‘lash
orqali
sotilishi
mumkinligi
“Davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish to‘g ‘risida”gi qonunda belgilab qo'yilgan.
Mehnat jamoasining a’zolari, ular tomonidan tuzilgan xo‘jalik
jamiyatlari shirkatlar boshqa sharoitlari teng bo‘lganida o ‘zga fuqarolar va
yuridik shaxslarga nisbatan davlat korxonalarining mol-mulkini sotib olish
chog‘ida, 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari esa boshqa xaridorlarga
nisbatan ustuvor huquqqa ega boiadilar.
Shunisi e’tiborliki, davlat korxonasining mol-mulki shu korxona
mehnat jamoasi tomonidan sotib olinsa mazkur korxona balansida turgan
ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining
qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qo‘shilmaydi.
Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan
korxonalar mehnat jamoalarining a’zolariga bir qator kafolatlar berilgan
bo‘lib ular quyidagilar:
-davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish
amalga
oshirilayotgan davrda korxona ma’muriyati ilgari tuzilgan jamoa
shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburligi;
-egalik huquqi yangi mulkdorga o'tgan kundan boshlab olti oy
davom mulkdor bilan korxona mehnat jamoasi o'rtasida yangi jamoa
shartnomasi tuzilishi.
Qonun chiqaruvchi tomonidan bunday qoidaning belgilanishi
korxona mehnat jamoasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga
chiqarishda asosiy vazifa hisoblanadi.
Xulosa o ‘mida shuni ta’kidlash lozimki, xususiylashtiriladigan
korxonaning mehnat jamoasi korxonani sotib olish huquqiga ega bo'lgan
shaxslar ichida alohida o ‘ringa ega. Chunki, ular har qanday
xususiylashtirish usulida muayyan imtiyozlardan foydalanadi. Korxona
ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda mehnat jamoasi imtiyozli
shartlarda aksiyalami sotib olishi mumkin. Shuningdek, mehnat jamoasi
boshqa fuqarolar singari xususiylashtiriladigan mulkni auksionda
imtiyozdan foydalanmagan holda ham olishlari mumkin.
180
Ko'rsatib o'tilgan imtiyozlar xususiylashtirish rejasida nazarda
tutilishi lozim. Lekin, mazkur imtiyozlar faqatgina xususiylashtirish
rejasida aksiyalar sotilishi nazarda tutilsagina amalga tatbiq etiladi. Agarda
aksiyalaming
100%
davlatda
saqlanib
qolsa,
aksiyalar
begonalashtirilmaganligi bois imtiyozlar mavjud boimaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |