To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Davlat korxonalarini turli qismlarga bo‘lib, ularni



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

2.4. Davlat korxonalarini turli qismlarga bo‘lib, ularni 
alohida-alohida sotish
Davlat  korxonalarini  turli  qismlarga  bo'lib  yuborib,  ulami  alohida- 
alohida  sotish  orqali  davlat  korxonalari  xususiylashtirilishi  mumkin. 
Bunda yirik korxonalar bir nechta korxonalar majmuasidan iborat bo'ladi. 
Mazkur  korxonalardan  yaxshi  daromad  keltiradigani  alohida  korxona 
sifatida sotib yuborilishi mumkin.
Bundan tashqari xususiylashtirishni  amalga oshirish usullaridan yana 
biri  bu  korxonaning  mol-mulklarini  sotib  yuborib,  tushgan  mablag'lar 
bilan uning qarzlarini qoplash hamda korxonani butunlay tugatish usulidir. 
Mazkur usul korxonaning iqtisodiy ahvolini yaxshilash imkoniyati mavjud 
bo'lmagan  vaziyatlarda  qo'llaniladi.  Ayniqsa  Polsha  davlatida  mazkur 
usuldan keng foydalanilgan.
Davlat  korxonasi  qismlarga  bo'lib  sotilganda,  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  va  xususiylashtirish  obyektining  sotuv  narxini  ommaviy  mulk
171


obyektlarini  tasarruf  etuvchi  belgilanadi.  Sotuv  narxini  belgilashda 
obyektning  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  vaqtidagi 
qiymatiga 
asoslaniladi 
hamda 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish  o ‘tkazilayotgan  paytda  qaror  topgan  haqiqiy  bahosi 
hisobga olinishi lozim.
Aksiyadorlik jamiyatini nafaqat butun korxonani, balki uning alohida 
bo‘linmalarini 
xususiylashtirish 
natijasida 
tashkil 
etish 
mumkin. 
Bo'linmani  xususiylashtirish  to‘g ‘risidagi  qaromi  bo'linmaning  mehnat 
jamoasi mustaqil, ya’ni butun korxona mehnat jamoasining roziligisi qabul 
qilishi mumkin. Bunday tartib xususiylashtirishni tezlashtirishga qaratilgan 
bo‘lib,  ko‘pgina  hollarda  tarkibiy  bo‘linmani  ajratish  natijasida  yagona 
xo'jalik ishlab chiqarish komplekslari tarkibi buzilishiga olib kelgan1.
Har  bir  xususiylashtiriladigan  korxonaga  nisbatan  davlat  mulk 
qo'mitasi  xususiylashtirish  rejasini  tasdiqlaydi.  Tasdiqlangan  rejada 
xususiylashtirish usuli, tashkiliy-huquqiy shakli o'z aksini topadi.
“Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to'g'risida”gi 
qonunning  14-moddasiga  muvofiq,  davlat  tasarrufidan  chiqariladigan  va 
xususiylashtiriladigan  obyektlaming  kim  oshdi  savdosini  o'tkazish  uchun 
ommaviy  mulk  obyektlarini  tasarruf  etuvchilar  kim  oshdi  savdosi 
xizmatlarini  tashkil  etadilar,  bu  xizmatlar  O'zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  tartibga  muvofiq  ish 
ko'rishi belgilangan.
Xaridor  tomonidan  sotib  olinmagan  obyekt  “respublika  yoki 
munitsipal  mulk”  bo'lib  turadi.  Bunday  hollarda  “mulk  obyektlari” 
tasarruf etuvchi  korxonani  tugatib,  uning  mol-mulkini  bo'lak-bo'lak  qilib 
sotib borish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkinligi o'z ifodasini topgan.
Nazarimizda,  mazkur  qonunning  14-moddasiga  qo'shimcha  band 
sifatida  “mol-mulkini  bo'lak-bo'lak  qilib  sotib  borish  to'g'risida  qaror 
qabul  qilinsa,  ushbu  mol-mulk  qonunda  belgilangan  tartibda  baholanishi 
va  haqiqiy  real  baho  asosida  sotiladi”  degan  normani  kiritish  lozim. 
Bunday  holda  ushbu  bo'lib  sotilayotgan  mol-mulk  asossiz  ravishda, 
xo'jako'rsinga sotilishining oldi olingan bo'lar edi.
Mulk  sotilganda  uning  bahosi  real,  to'g'ri  bo'lishi  lozim.  Shuning 
uchun,  mol-mulk  sotilganda  uning  bahosini  aniqlash  O'zbekiston 
Respublikasining  “Baholash  faoliyati  to'g'risida”gi  qonun  talablariga 
muvofiq  amalga  oshirilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Shuningdek,  davlat 
tasarrufidan 
chiqarilayotgan 
(xususiylashtirilayotgan) 
korxonalar
1 Лаптев B.B. Акционерное право -М.:  1999. -116 с.
172


(obyektlar) mol-mulkini baholash qiymati “O'zbekiston Respublikasi mol- 
mulkni baholash milliy tizimi” standartiga muvofiq belgilanadi.
Qonunga muvofiq, baholash obyektining bozor qiymati deganda, eng 
ehtimol  tutilgan  narxi  tushunilib,  unga  ko'ra  mazkur  baholash  obyekti 
ochiq  bozorda  raqobat  sharoitida,  bitimning  taraflari  barcha  zarur 
axborotga  ega  bo'lgan  holda  o'z  manfaatlari  yo'lida  oqilona  va  ixtiyoriy 
ravishda  harakat  qiladi,  bitim  narxining  baland-pastligida  esa  biron-bir 
favqulodda  holatlar,  shu  jumladan  taraflardan  birining  ushbu  bitimga 
qo'shilish majburiyati aks etmaydi.
Agar  biron-bir  baholash  obyektini  baholashdan  majburiy  o'tkazish 
talabi mavjud bo'lgan normativ hujjatda yoki baholash obyektini baholash 
to'g'risidagi  shartnomada  (matnda  bundan  buy on  shartnoma  deb 
yuritiladi)  qiymatning  aniq turi  ko'rsatilgan  bo'lmasa,  mazkur  obyektning 
bozor qiymati belgilanishi lozim.
O'zbekiston  Respublikasining  “Baholash  faoliyati  to'g'risida”gi 
qonuni1  5-moddasiga  muvofiq,  baholash  obyektlari jumlasiga  quyidagilar 
kiradi:
alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
shaxsning  mol-mulkini  tashkil  etuvchi  ashyolar  majmui,  shu 
jumladan muayyan turdagi (ко‘char yoki ko'chmas) mol-mulk;
mol-mulkka  yoki  mol-mulk  tarkibidagi  ayrim  ashyolarga  bo'lgan 
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
talab qilish huquqlari, majburiyatlar (qarzlar); 
ishlar, xizmatlar, axborot;
intellektual  mulk  obyektlari  va  qonun  hujjatlarida  fuqarolik 
muomalasida bo‘lishi  mumkinligi  belgilangan  boshqa  fuqarolik  huquqlari 
obyektlari.
Baholashni  o'tkazish  davlatga  to'la  yoki  qisman  qarashli  baholash 
obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan:
baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, 
ishonchli  boshqaruvga  topshirish  yoki  ijaraga  berish  maqsadida  ulaming 
qiymati aniqlanayotganda;
baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanilayotganda; 
baholash  obyektlari  sotilayotganda  yoki  o'zga  shaxsga  boshqacha 
tarzda o'tkazilayotganda;
baholash  obyektlari  bilan bog'liq  qarz  majburiyatlaridan  boshqaning 
foydasiga voz kechilayotganda;
1 O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1999 yil, №9, 208-modda.
173


baholash  obyektlari  yuridik  shaxslaming  ustav  fondlariga  ulush 
tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholashni  o'tkazish  baholash  obyektining  qiymati  to‘g ‘risida  nizo 
chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
-mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda;
-ipoteka krediti berilayotganda;
-taraflardan  birining  talabiga  binoan  er-xotinning  mol-mulki 
bo‘linayotganda;
-mol-mulk 
mulkdorlardan 
davlat 
ehtiyojlari 
uchun 
sotib 
olinayotganda  yoki  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqacha  tarzda 
olib qo‘yilayotganda;
-soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  to‘g‘ri  to'lanishi  ustidan 
nazorat o ‘tkazilayotganda majburiyligi belgilangan.
V.Laptev  xususiylashtirish  jarayonida  vujudga  kelgan  aksiyadorlik 
jamiyatlari  umumiy  yig‘ilishi  vakolatlari  o'ziga  xos  xususiyatga  egaligini 
qayd  etib,  uning  xususiyatlari  sifatida  ko'pgina  masalalar  aksiyadorlik 
jamiyatlarining  aksariyat  ko'pchilik  ovoz  bilan  hal  etilishi  lozimligi 
ta’kidlaydi.  Jumladan,  bunday  tartibda  ko'chmas  mulkni  sotish,  ijaraga 
berish,  almashtirish,  yoki  boshqacha  tarzda  tasarruf  qilish  va  jamiyat 
aktivining  10  foizdan  ortig'ini  tashkil  qiladigan  mulk  bilan  bog'liq 
masalalar hal etilishini ta’kidlaydi1.
O'zbekiston 
Respublikasining 
“Aksiyadorlik 
jamiyatlari 
va 
aksiyadorlaming  huquqlarini  himoya  qilish  to'g'risida”gi  qonuni2ga 
muvofiq,  jamiyatni  qayta  tashkil  etish,  jamiyat  kuzatuv  kengashining 
miqdor  tarkibini  belgilash,  uning  a’zolarini  say lash  va  ulaming 
vakolatlarini  muddatidan  ilgari  to'xtatish,  jamiyatning  ustav  fondini 
ko'paytirish  va  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  masalalami  hal  etish 
bo'yicha qaror aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan aksiyadorlaming 
umumiy  yig'ilishida  ishtirok  etayotgan  ovoz  beruvchi  aksiyalaming 
egalari  bo'lmish  aksiyadorlaming  to'rtdan  uch  qismidan  iborat ko'pchilik 
ovozi bilan qabul qilinadi.
E.A.Suxanov  xususiylashtirish  shakllaridan  biri  bu  davlat  va 
munitsipal  korxonalami  “kommersializatsiya”  (tijoratlashuv  -   M.B.)  ni 
ko'rsatadi.  Bu  iborada  ma’nosida  odatda,  korxonalar  tarkibidan  uning 
bazasi  sifatida  yangi  yuridik  shaxslar  -   mustaqil  xo'jalik  jamiyatlarini 
tashkil  etish  tushuniladi.  Kommersializatsiya,  ya’ni  tijorat  tashkilotlarini 
tashkil etish -  trestlar, kombinatlar mulki asosida tashkil etilgan  va boshqa
1 Лаптев B.B. Акционерное право. -М .:  1999. -121  с.
Н O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1996 yil, №5-6, 61-modda.
174


“davlat 
korxonalari” 
hisoblangan 
boshqaruv 
tuzilmalari 
xo‘jalik 
jamiyatlari  xususiylashtirish  to‘g‘risidagi  maxsus  qonun  qabul  qilingunga 
qadar  maishiy  xizmat  ko‘rsatish  va  savdo  sohasida  keng  qo'llanilgan.  Bu 
esa “kichik xususiylashtirish”ning Ya’ni mayda va ba’zi  o'rta korxonalami 
xususiylashtirishning asosiy shakli edi1, deb fikr bildiradi.
V.Laptev 
esa 
“kommersializatsiya” 
iborasi 
normativ 
aktda 
ifodalangan  bo'lib,  iqtisodni  davlat  tasarmfidan  chiqarish  bosqichida 
korxonalami  kattalashtirish,  keyinchalik  esa  -   davlat  va  munisipal 
korxonalami  tijorat  shaklidagi  korxonalarga,  aksiyadorlik  jamiyatlariga 
aylantirish tushunilgan deb ta’kidlaydi2.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  2004-yil 
16- 
avgustdagi  №101-sonli  “Asosiy  vositalami  balansdan  chiqarish  tartibi 
to‘g ‘risidagi  Nizomni  (yangi  tahrirda)  tasdiqlash  haqida”3gi  Buyrug'iga 
muvofiq, Asosiy vositalar balansdan:
a) tugatish;
b) sotish;
v) ayirboshlash;
g) bepul (tekinga) berish;
d) ustav kapitaliga ta’sis ulushi ko‘rinishida berish;
e) uzoq muddatli ijara shartnomasi bo'yicha berish;
j) kamomad yoki talafot aniqlanishi;
z)  ishtirokchining  yuridik  shaxs  ishtirokchilari  tarkibidan  chiqishida 
asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilish natijasida hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar:
a)  belgilangan  xizmat  muddati  tugaganidan  (to'liq  eskirish  hisoblab 
yozilganidan) keyin;
b)  jismoniy  eskirish,  halokatlar,  tabiiy  ofatlar,  foydalanishning 
risoladagi shart-sharoitlarini buzish oqibatida yaroqsiz holga kelganlari;
v) ma’nan eskirganlari;
g) tegishli davlat organlarining qarorlari bo'yicha chiqib ketadiganlari;
d) korxona va tashkilotlaming qurilishi, kengaytirilishi, rekonstmksiya 
qilinishi,  zamonaviylashtirilishi  va  texnik  qayta  jihozlanishi  munosabati 
bilan chiqib ketadigan hollarda ulami tugatish munosabati bilan balansdan 
hisobdan chiqarilishi mumkin.
1 Маттеи У., Суханов E.A. Основные положения  права собственности. -М .: Юрист.  1999. -363 с.
2 Лаптев В.В. Акционерное право. -М.:  1999. -116 с.
3  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  2004  yil  29  avgustdagi  № 140]-son  bilan  ro’yxatga  olingan, 
2004 yil  8 sentyabrdan kuchga kirgan // O ’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari  to’plami,  2004 yil, 34-35-son, 398- 
modda.
175


Ayni  vaqtda  tiklanishi  mumkin  bo'lmagan  yoki  iqtisodiy  jihatdan 
maqsadga muvofiq bo'lmagan asosiy vositalar tugatilishi kerak.
Korxona  va  tashkilotlaming  qurilishi,  kengaytirilishi,  rekonstruksiya 
qilinishi,  zamonaviylashtirilishi  va  texnik  qayta  jihozlanishi  munosabati 
bilan  asosiy  vositalar  tugatiladigan  hollarda  komissiya  hisobdan 
chiqarishga  taqdim  etilgan  asosiy  vositalaming  yuqori  tashkilot  yoxud 
korxona  yoki  tashkilot  mol-mulkining  mulkdori  tomonidan  tasdiqlangan 
korxona  va  tashkilotlaming  qurilishi,  kengaytirilishi,  rekonstruksiya 
qilinishi,  zamonaviylashtirilishi  va  texnik  qayta  jihozlanishi  rejasiga 
muvofiqligini  tekshirishi  kerak.  Bunday  reja  bo'lmagan  taqdirda korxona 
yoki tashkilotni boshqarish organlarining qarori bo'lishi kerak.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar (byudjet 
tashkilotlaridan  tashqari)  o 'z  asosiy  vositalarini  boshqa  korxonalaming 
ustav  sarmoyasiga  ta’sis  shartnomasiga  asosan  ulush  sifatida  berishlari 
mumkin.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish